Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


ILK VA O‘RTA ASRLARDA MARKAZIY OSIYODAGI TIL



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

ILK VA O‘RTA ASRLARDA MARKAZIY OSIYODAGI TIL 
VAZIYATI 
VI–VIII asrlarda bir chegarasi Oltoydan tortib markiziy 
Mo‘g‘ulistonga qadar, ikkinchi yog‘i Sharqiy Turkistondan 
tortib Kaspiyga qadar ulkan hududda amal qilgan Birinchi va 
Ikkinchi ko‘k turk xoqonliqlarining rasmiy tili turkiy til edi. 
Saltanatning davlat va jamiyat boshqaruvi, xalqaro diplomatik 
munosabatlari, rasmiy yozishmalar turkiy tilda olib borilgan. 
Rasman ko‘k turk yozuvi amalda bo‘lgan. Badiiy adabiyot, 
ilmiy va tarixiy asarlar, xonlarning tuzuklari, yorliqlari va chet 
ellar bilan yozishmalari turk tilida va ko‘k turk yozuvida 
bitilgan. Hatto turkiy til Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab xalqaro til 
sifatida amal qilgan. Ko‘k turk xoqonliqlari keyinchalik uning 
o‘rnida yuzaga kelgan uyg‘ur xoqonlig‘i zamonida Markaziy 
Osiyoda, ayniqsa Buyuk ipak yo‘lida keng yoyilgan sug‘d 
tiliga, o‘rni bilan tabg‘ach (xitoy) tiliga ham e’tibor qaratilgan. 
Masalan, monumental matnlar bitishda, turkiy til bilan barobar, 
sug‘d, ba’zan tabg‘ach tillaridan ham foydalanilgan. Buni 
o‘sha kezlardan qolgan ikki, uch tilli bitiglarda ham 
kuzatishimiz mumkin. Chunonchi, 732 yili tiklangan Kul tigin 
bitigi ikki tilli: asosiy matn turkchada, toshning ters yuzida 
xitoycha yozuvi ham bor. To‘quz o‘g‘uz (uyg‘ur) xoqoni Alp 


21
Bilga (xitoy manbalarida Baoi) xotirasiga 820–821 yillarda 
tiklangan Qorabalg‘asun obidasi uch til – turkiy, sug‘dcha va 
xitoy tilida bitilgan. Bu dalillar turk muhitida, ona tili bilan 
birga, mazkur tillarga ham alohida e’tibor qaratilganidan 
dalolat beradi. Ko‘k turk xoqonliqlarining ayrim o‘lkalarida, 
xoqonliqqa qaram va unga qo‘shni yurtlarda, turklar bilan 
aralash yashaydigan boshqa qavmlar ichida ikki tillilik ham 
amal qilgan. Masalan, Sug‘dda va xoqonliq hududidagi
sug‘dlar ko‘chib kelib o‘rnashgan ayrim kentlarda, sug‘d-turk 
qo‘shtilliligi, Xorazmda xorazm-turk, qo‘shni Toharda va turk 
xoqonlig‘i, keyinchalik uyg‘ur xoqonlig‘ining Toharga qo‘shni 
viloyatlarida, asosan, to‘xrilar orasida to‘xri-turk qo‘shtilliligi 
ham amalda bo‘lgan. 
O‘tmishda yaratilgan matnlar ichida ikki, uch tillilari ham 
anchagina. Lekin matn ikkitilliligi bilan jamiyat orasidagi 
bilingvizm (qo‘shtillilik) hodisasini qorishtirmaslik kerak. 
Chunonchi, yuqorida qayd etilgan o‘lkalarda xorazm-turk, 
sug‘d-turk, to‘xri-turk qo‘shtilliligi bo‘lgan. Lekin tabg‘ach-
turk qo‘shtilliligi turk jamiyati o‘tmishida uchramaydi. Turkiy 
yodgorliklarda xitoycha matnlarning berilishi xitoy tilining 
mavqeini nazarda tutgan holda shakllangan. Islom davrida 
turklar 
orasida 
arab 
tilining 
o‘rganilishi 
va 
arabiy 
savodxonlikning yuqori darajada bo‘lganligini ham qo‘shtillilik 
hodisasi deb sanamaslik kerak. Turkiy til keyingi davrlarda 
yuzaga kelgan turkiy davlat va saltanatlarning rasmiy tili 
sifatida amal qildi. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu 
lug‘atit turk” asarida turkiy tilning obro‘-e’tibori, boshqa tillar 
o‘rtasidagi mavqei, O‘rta va Markaziy Osiyodagi til vaziyati 
to‘g‘risida to‘la ma’lumot bergan edi. U turkiy tilning Sharq 
xalqlari o‘rtasidagi mavqei xususida to‘xtalib, uni “arab tili 
bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o‘zib borayotgan 
turk tili” deya ta’riflaydi (MK.I.46).
Turk bo‘lmagan jamoalar ichida turk tilini o‘rganishning 
kerakligi xususida yozadi: “Ularning [turklarning] o‘qlaridan 


22
saqlanmoq uchun ularning xatti-harakatlarini mahkam tutmoq 
har bir aqlli kishiga loyiq va munosibdir. Bularga yaqin bo‘lish 
uchun eng asosiy yo‘l – ularning tillarida so‘zlashishdir, chunki 
ular bu tilda so‘zlashuvchilarga yaxshi quloq soladilar, 
o‘zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar. Hatto ular 
o‘z panohida turgan boshqalarning gunohini ham kechib 
yuboradilar. 
Ishonchli bir buxorolik olimdan va nisoburlik boshqa bir 
ishonchli olimdan shunday eshitgan edim, ular bu so‘zni 
payg‘ambarga nisbat berib aytgan edilar: payg‘ambar 
qiyomatning belgilari, oxir zamon fitnalari va o‘g‘uz 
turklarining xuruji haqida gapirganda, shunday degan edi: turk 
tilini o‘rganing, chunki ularning hukmronligi uzoq davom 
etadi. 
Hadisning to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligining javobgarligi 
aytgan kishilar gardaniga. Agar to‘g‘ri bo‘lsa, turk tilini 
o‘rganish vojib(zarur)dir; hadis to‘g‘ri bo‘lmagan taqdirda ham 
uni o‘rganish zarurligini aql taqazo qiladi (MK.I.43–44).
Mahmud Koshg‘ariy o‘z asarida turkiy qavmlarning 
yerlashuvi, bu o‘lkalardagi xalqlarning tillari to‘g‘risida ham 
keng ma’lumot beradi. Asarda ta’kidlanishicha, Rumga yaqin 
birinchi qabila 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə