Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Til tarixining “Eski turkiy adabiy til” bosqichi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

Til tarixining “Eski turkiy adabiy til” bosqichi.
XI–XIV asrlarda O‘rta va Markaziy Osiyoda til vaziyati. 
Qoraxoniylar davrida turkiy adabiy til. Mo‘g‘ullar istelosi davrida 
turkiy til. Chingiziylar tasarrufidagi davlatlarda turkiy tilning 
mavqei. Oltin O‘rda davlatida, Chig‘atoy ellarida davlat tili masalasi.


361
Eski turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari. Eski turkiy til 
davrida yozuv. Arab alifbosi negizida shakllangan turkiy yozuv. 
Uyg‘ur va arab youvlarining parallel qo‘llaniluvi – hayotning 
ijtimoiy-siyosiy, madaniy taqazosi sifatida.
Mahmud Koshg‘ariy va uning turkshunoslik, xususan, 
tilshunoslik sohasidagi ishlari. “Devonu lug‘atit turk” – turkiy tillar 
tarixini o‘rganishda muhim manba. 
Turkiy adabiy til taraqqiyotida Yusuf Xos Hojib, Adib Ahmad 
Yugnakiy singari adiblarning xizmatlari.
Turkiy ellarda mo‘g‘ullar istelosidan keyingi ko‘tarilish. XIII va 
XIV asrlarda turkiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklar.
Eski turkiy til yodgorliklarining fonetik tizimi. “Birlamchi” 
cho‘ziq unlilar masalasi. Turkiy til fonetik tizimida yuz bergan 
o‘zgarishlar, fonetik hodisalar. 
Turkiy tilning grammatik qurilishida yuz bergan o‘zgarishlar. Ot 
va uning kategoriyalari, sifat, son, olmosh turkumlarining o‘ziga xos 
belgilari. Fe’l va uning shakllari. Ravish. Yordamchi so‘zlar. 
Til tarixining “Eski o‘zbek adabiy tili” bosqichi. 
XV–XVI asrlarda O‘rta va Markaziy Osiyoda til vaziyati. 
Temuriylar davlatida davlat tili va rasmiy yozuv masalalari (uyg‘ur 
va arab alifbolari). Mavlono Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy singari 
adiblarning adabiy til taraqqiyotiga qo‘shgan ulushi. Turkiy tilning 
yuksalishida 
Alisher 
Navoiyning 
xizmatlari. 
Navoiyning 
“Muhokamatu-l-lug‘atayn” asari va uning tahlili. Husayn Boyqaro
Zahiriddin Bobur, Muhammad Solih, Muhammad Shayboniyxonning 
adabiy til tarixidagi xizmatlari.
Eski o‘zbek tili(“chig‘atoy turkiysi”)ning fonetik xususiyatlari. 
Unlilar tizimi (a, ä, e, ā, ï, i, u, ü, o, ö). Ularning ochiqlamasi. 
Hozirgi o‘zbek tilidagi ā tovushining tarixiga doir. Klassik o‘zbek 
tilida singarmonizm. Singarmonizm – eski o‘zbek tilining temir 
qonuni sifatida. Undoshlar tizimi. Eski o‘zbek tilida undoshlar 
tizimida yuz bergan o‘zgarishlar. 
Ot va uning kategoriyalari. Ko‘plik, forsiy va arabiy ko‘plik 
shakllari. Egalik. Kelishik qo‘shimchalari. Sifat va uning muhim 
belgilari. Son va uning belgilari. Olmoshlar. Eski o‘zbek tilida fe’l va 
uning shakllari. Yordamchi so‘zlar.


362
Eski o‘zbek tilida gap va uning muhim belgilari. Klassik 
matnlarda gaplarni ajratish o‘lchovlari. Sodda gap. Gapning ifoda 
maqsadiga ko‘ra turlari. Gap bo‘laklari: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol.
Qo‘shma gaplar va ularning turlari: bog‘lovchili va bog‘lovchisiz 
bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap. Ergash gapning 
bosh gapga birikish usullari. 
-kim, čun
bog‘lovchili ergashgan 
qo‘shma gaplar. Ko‘chirma gap. Arab va fors tillariga xos ayrim 
sintaktik-grammatik formalarning turkiy matnga, turkiy gap 
qurilishiga ta’siri masalasi. Eski o‘zbek tilida matn uslubi. Uning 
o‘ziga xos belgilari. Gapdagi leksik, morfologik, sintaktik 
munosabatlarning, gap qurilishining matn uslubiga ta’siri masalasi. 
O‘zbek mumtoz she’riyati uslubi. Nasriy asarlar uslubi. Maktublar va 
ularning uslubi.
O‘zbek adabiy tilining XVII–XIX asrlardagi taraqqiyoti.
Abulg‘oziy Bahodirxon, Turdi Farog‘iy, Boborahim Mashrab
Xuvaydo, Shermuhammad Munis, Muhammad Sharif Gulxaniy, 
Amiriy, Jahon otin – Uvaysiy, Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li 
Ogahiy, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad 
o‘g‘li Furqat singari adiblarning adabiy til taraqqiyotidagi xizmatlari. 
Turkiy tillar tarixi, o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganish sohasida 
turkshunoslik va tilshunoslik oldida turgan vazifalar.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə