Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchilik ishlari Qo’ylarni urchitish



Yüklə 287,45 Kb.
səhifə6/13
tarix26.03.2023
ölçüsü287,45 Kb.
#103222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchil

Sun’iy urug‘lantirish - zotli qo‘chqorlardan keng foydalanish imkoniyatini tug‘diradi. Sovliqlar va qo‘chqorlarning yaxshi boqilishi qochirishning muvaffaqiyatli o‘tkazilishida juda muhimdir. Qo‘ylarni qochirish, binobarin, qo‘zilatish vaqtining ham amaliy jihatdan ahamiyati katta. Qo‘ychilik xo‘jaliklari konkret sharoitlarga qarab, qo‘ylarni qishda yoki bahorda qo‘zilatishi mumkin. Qishda qo‘zilatiladigai qo‘ylar sentyabr-oktyabr oylarida qochiriladi. Yanvar-fevralda tug‘ilgan qo‘zilar bahorda qo‘ylar yaylovga chiqariladigan vaqtgacha birmuncha o‘sib, o‘t-o‘lanni yeb o‘zlashtira oladigan holga keladi. Shunda ular bahorda tug‘ilgan qo‘zilarga qaraganda yaxshiroq rivojlanadi, jun va go‘shtni ham ko‘proq beradi. Qo‘ylarni qishda qo‘zilatish uchun issiqxonalar bo‘lishi va ko‘p miqdorda sifatli oziq tayyorlab qo‘yilishi zarur.Suruv, otar - qo‘y to‘dasi, podasi. Suruv qo‘y zoti, yoshi, jinsi, rangi va sinflariga qarab tashkil etiladi. Mayda sovliqlar 600-700, qo‘chqorlar 300-500; 4-18 oylik qo‘zilar 700-800; go‘shtga boqiladigan qo‘ylarning 900 va undan ortig‘i bir Suruv bo‘ladi. Sugorish, ozuqa jamg‘arish, g‘aramlash va boshqa og‘ir ishlar to‘liq mexanizasiyalashgan xo‘jaliklarda suruv 1000-1200 boshqacha yetkaziladi. Suruvni 3-4 kishidan iborat cho‘ponlar brigadasi boqadi.Qo‘ylarni oziqlantirish - qo‘y va echkilarni rivojlanitirish O‘zbekiston sharoitida eng qulay chorvachilik tarmog‘i hisoblanadi. Respublikada erkin ravishda haydab boqiladigan saxrolar, tog‘lar va cho‘llar katta maydonni egallaydi. Qo‘ylar bahor, yoz va kuzda yaylovlarda, qishda esa maxsus qo‘yxonalarda boqiladi. Ularga asosan pichan, somon-to‘pon, silos, ildizmevalar, oz miqdorda don yormasi va konsentrat oziqlar beriladi. Qo‘ylarning oziq ratsioni har oyda 1-2 marta ko‘rib chiqiladi. Dag‘al oziqlar ertalab va kechqurun, shirali va konsentrat oziqlar esa kunduzi beriladi. Qoramollarga qaraganda qo‘y-echkilarga oziqa nisbatan kam sarflanadi. Qo‘ylarga beriladigan oziqlar ulardan olinadigan mahsulotlarga, tirik vazniga va ularning fiziologik holatiga bog‘liq Qo‘ylarga qish kunlari ko‘proq oziq sarflanadi, chunki sovuqda o‘zini isitish uchun kaloriya sarflaydi. Oziqalar tejab beriladi. Ko‘p berilsa oyoq ostida qolib ketadi. Qo‘ylar ko‘proq xashak va dag‘al hashak eyishadi. 4-5 marta ovqatlantiriladi va 1-2 marta sug‘oriladi. Qo‘zilarga qaraganda bo‘g‘oz sovliqlar va ona qo‘ylar oziqani ko‘proq talab qiladi. Shuning uchun ularni ajratib olib alohida qo‘shimcha oziqlantiriladi. Katta qo‘ylarga har galgi oziqlantirishda 2 kg silos, 0,4-0,5 kg pichan, 5 kg poxol somon, 1 kg ildizmeva va 0,4 kg kuchli oziq beriladi. Qish kunlari qo‘ylar 2-2,5 kg oziqa birligi talab qiladi. Ona qo‘ylarni kuniga 2 marta sug‘orish lozim. Kichkina qo‘zichalar oxurlardan alohida oziqalar yeyishga o‘rgatiladi; ko‘k beda, maysa o‘tlar, kepak va tuz berib boriladi. Qo‘zilar ko‘proq onalarini emadilar, shuning uchun, ham oziqani kam iste’mol qiladilar. Ular 2-3 oylik bo‘lganda asta bahorgi o‘tlarni o‘tlay boshlaydi.Qo‘zilarni o‘stirish. Yuqorida aytib o‘tilganidek qo‘ylarni qishda qo‘zilatish ucun issiqxona bo‘lgan maxsus qo‘yxonalar qurilishi zarur. Issiqxonaning harorati 6-8 C° bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, lekin havosi quruq bo‘lishi shart. Yetarli miqdorda yaxshi to‘shama solingan quruq xona isitilmasa ham bo‘ladi. Issiqxonaning asosiy qismi ko‘chma to‘siqlar bilan kataklarga ajratiladi. Sovliq bilan qo‘zilar dastlabki ikki kun shu kataklarda saqlanadi. Yangi tug‘ilgan qo‘zi 15-20 daqiqadan keyin tik turib onasini ema oladigan bo‘ladi. Qo‘zi bilan sovliqning yonboshiga bo‘yoq bilan vaqtincha raqam yoziladi, bo‘yoq yomg‘irda yuvilib ketmaydigan, ammo qo‘y junini fabrikada yuvganda ketadigan bo‘lishi kerak. Ikki kundan keyin sovliq bilan qo‘zilar 7-10 boshdan saqmonlarga ajratiladi. Qo‘zilar ulg‘aygan sari saqmonlar yiriklashtiriladi. Qo‘zilar 5-8 kunlik bo‘lganida saqmondagi sovliqlar soni 25-30, qo‘zilar 20-30 kunlik bo‘lganida esa - 250 boshga yetkaziladi. Qo‘ylardan go‘sht bilan birgalikda jun va teri olinadi, yiliga ikki marta jun qirqiladi.Junning turlari. Jun - hayvon tanasining tuk qoplamidir. Undan to‘qimachilikda va namat-kigiz tayyorlashda foydalaniladi. Qo‘y juni qo’yidagi tolalardan iborat: momiq (ingichkaligi 15-30 mkm keladigan, ingichka, jingalak tuklar), qillar (ingichkaligi 50-150 mkm keladigan to‘g‘ri yoki bir oz jingalak uzun tuklar), oraliq tuklar (uzunligi va ingichkaligi jihatdan momiqbilan qil oralig‘idagi jun tolalari). Tuklarning bu uchala turiga ham yog‘ aralash ter shimilgan bo‘ladi. Junda o‘lik dag‘al, mo‘rt, to‘g‘ri bo‘yoq yuqmaydigan tuklar uchraydi, ba’zan uchiga yog‘ aralash ter shimilmagan, quruq uzun qillar ham bo‘ladi. O‘lik tuklar va quruq uzun qillar junning sifatini pasaytiradi. Tuklarning bir xilligiga va ingichkaligiga qarab jun qo’yidagicha turlarga bo‘linadi:Mayin jun - hammasi momiqdan iborat, ya’ni tuklarining ingichkaligi 25 mkm dan ziyod emas. Bunday tuklar jingalak, juda pishiq va mayin bo‘ladi. Shunday jun beradigan qo‘ylar mayin junli qo‘y deb ataladi.

Yüklə 287,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə