Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 
Savol va topshiriqlar:
1. Xalq dostonlarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsating.
2. Xalq dostonlarining turlarini ayting.
3. Dostondagi shе’rlarda bo‘g‘inlar sonining oz-ko‘pligi sababini
tushun tiring.


47
ALISHeR NAVOIY
(1441–1501)
Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va an’anasi mavjud. 
“Xamsa” yozishni ozarbayjonlik ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy bosh
-
lab bergan. Lekin u bu asarini avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja 
asosida yaratmagan. Nizomiy 1173—1179- yillarda Arzinjon hokimi 
Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazi-
nasi”) nomli pandnoma yozadi. 1180—1181- yillarda Iroq hukmdori 
To‘rg‘ul II ning iltimosiga ko‘ra “Xusrav va Shirin” dostonini yarata-
di. 1188- yilda Shirvonshohlardan Axsatan I Nizomiyga “Layli va 
Majnun” dostonini yozishni buyuradi. 1196- yilda hukmdor Alovuddin 
Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan Bahrom haqida “Haft paykar” 
(“Yetti go‘zal”) yoziladi. 1196—1201- yillarda “Iskandarnoma” yaratila-
di. Shu tariqa 1173—1201- yillar oralig‘ida – 28 yil davomida muallif-
ning besh dostoni dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan so‘ng adibda turli yil-
larda bitilgan bu dostonlarni jamlab, yagona bir nom bilan atash fikri 
tug‘ilgan va “Panj ganj” (“Besh xazina”) nomi bilan mashhur bo‘lgan 
birinchi “Xamsa” vujudga kelgan. 
Nizomiydan yuz yildan so‘ng asli shahrisabzlik turkiy qavmlar 
avlodidan bo‘lgan Xusrav Dehlaviy (1253—1325) o‘zining “Xamsa”sini 
1299—1301- yillarda yozib tugalladi. U “Matla’ ul-anvor” (“Nurlarning 
boshlanmasi”), “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, “Hasht behisht” 
(“Sakkiz jannat”), “Oyinayi Iskandariy” (“Iskandar oynasi”) dostonlari-
ni yozib, Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotda xam-
sachilik an’anasi paydo bo‘ldi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə