72
Dedi: – “No‘shi labidin
1
topqay el bahr?”
Dedi: – “Ul no‘shdin el qismidur zahr”
2
Dedi: – “Joningni olsa la’li
3
yodi?”
Dedikim: – “Ushbudir jonim murodi”.
Dedi: – “Ko‘ksungni gar chok etsa bebok?”
4
Dedi: – “Ko‘nglum tutay ham ayla deb chok!”
Dedi: – “Ko‘nglung fido qilsa jafosi?”
Dedi: – “Jonimni ham aylay fidosi”.
Dedikim: – “Ishqdin yo‘q juz ziyon bud”
5
Dedi: – “Bu keldi savdo ahlig‘a sud”.
Dedi: – “Bu ishq tarki yaxshiroqdur!”
Dedi: – “Bu sheva oshiqdin yiroqdur!”
Dedi: – “Ol ganj-u, qo‘y mehrin nihoni!”
Dedi: – “Tufroqqa bermon kimyoni!”
Dedi: – “Joningg‘a hijron kinakashdur”
6
Dedi: – “Chun bor vasl ummidi xushdur”.
Dedikim: – “Shahg‘a bo‘lma shirkatandesh”!
7
Dedi: – “Ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!”
Dedi: – “Joningg‘a bu ishdin alam bor”.
Dedi: – “Ishq ichra jondin kimga g‘am bor?!”
Dedi: – “Kishvar
8
beray, kech bu havasdin”.
Dedi: – “Bechora, kech bu multamasdin!”
9
1
No‘shi lаb – lаb shirinligi;
2
Мisrа’ning mаzmuni: U shirinlikdаn elgа fаqаt zаhаrginа
tеgаdi;
3
Lа’l – qip-qizil tоsh. Bu yеrdа so‘z istiоrа tаrzidа yorning lаbini аnglаtib kеlgаn;
4
Bеbоk – bеpаrvо;
5
Bud – bоrlik, mаvjudlik;
6
Kinаkаsh – kеk sаqlоvchi, dushmаnlik
qiluvchi, o‘ch оluvchi;
7
Shirkаtаndеsh – shеriklik qiluvchi, shеriklikni fikr qiluvchi;
8
Kishvаr – mаmlаkаt, vilоyat, yurt;
9
Мultаmаs – iltimоs.
73
Dedi: – “Ishq ichra qatling hukm etgum!”
Dedi: – “Ishqida maqsudumg‘a yetgum!”
Dedi: – “Bu ishda yo‘q sendin yiroq qatl”.
Dedi: – “Bu so‘zlaringdin yaxshiroq qatl”.
Dostları ilə paylaş: