Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


Xusrav Arman yurtiga lashkar tortdi. Lekin Farhodning bir



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Xusrav Arman yurtiga lashkar tortdi. Lekin Farhodning bir 
o‘zi uning lashkariga bas kelib, dushmanning biror askarini sha-
har qal’asiga yaqinlashtirmadi. Uzoqdan Xusravga tanbeh ham 
berdi:
Bu bo‘lg‘ay dard-u ishq oyini, vah-vah?!
Vafo-u mehr sharti, ollah-ollah?!
Kishi ishqida zor o‘lmoq bu bo‘lg‘ay?!
G‘amidan beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay?!
Ma’nosi: kishida dard-u ishq (oshiqlik) taomili, odati (oy-
ini) shundaymi, ya’ni yorning yurtiga lashkar tortib keladimi? 
Yo Alloh, vafo, mehr sharti shumi? Ma’shuqa (kishi) ishqida zor, 
g‘amida beqaror bo‘lish, seningcha, shunday bo‘ladimi?
Bu savollarga javoban g‘addor shoh hech narsa deyol-
maydi. Raqibini kuch bilan yengolmagan Xusrav uni hiyla bilan 
qo‘lga tushiradi. U o‘z qarorgohida Farhod bilan mubohasaga 
kirishadi:
Dedi: – “Qaydinsen, ey majnuni gumrah?!”
2
Dedi: – “Majnun vatandin qayda ogah?”

Sipаhlаr – askаr, qo‘shin; 
2
Маjnuni gumrаh – yo‘lini yo‘qоtgаn jinni.


71
Dedi: – “Nedur sanga olamda pesha?” 
1
Dedi: – “Ishq ichra majnunluq hamesha”.
Dedi: – “Bu ishdin o‘lmas kasb ro‘zi!” 
2
Dedi: – “Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi”.
Dedikim: – “Ishq o‘tidin ne fasona!”
Dedi: – “Kuymay kishi topmas nishona”.
Dedikim: – “Kuymagingni ayla ma’lum!”
Dedi: – “Andin erur joh ahli
3
mahrum”.
Dedikim: – “Qay chog‘din o‘ldung ishq aro mast?”
Dedi: – “Ruh ermas erdi tang‘a payvast”.
4
Dedi: – “Bu ishqdin inkor qilg‘il!” 
5
Dedi: – “Bu so‘zdin istig‘for qilg‘il”.
Dedi: – “Oshiqqa ne ish ko‘p qilur zo‘r?” 
Dedi: – “Furqat
6
kuni ishqi balosho‘r” 
7
.
Dedi: – “Ishq ahlining nedur hayoti?”
Dedi: – “Vasl ichra jonon iltifoti”.
Dedikim: – “Dilbaringning de sifotin!”
Dedi: – “Til g‘ayratidin tutmon otin!” 
8
.
Dedikim: – “Ishqig‘a ko‘nglung o‘rundur?”
Dedi: – “Ko‘nglumda jondek yoshurundur!”
Dedi: – “Vaslig‘a borsen orzumand?”
Dedi: – “Bormen xayoli birla xursand”.
 
1
Pеshа – kаsb, hunаr; 
2
Мisrа’ning mа’nоsi: Bu ish bilаn kаsb-kоr qilib, tirikchilik o‘tkаzib 
bo‘lmаydi-ku!; 
3
Jоh аhli – mаnsаb аhli, pоdshоlаr;
 4
Bu misrа’dа Fаrhоd ishqning 
undа tug‘ilmаsidаn burun, ya’ni ruh jоngа bоg‘lаnmаgаn pаytdаyoq pаydо bo‘lgаnini
аytyapti; 
5
Inkоr qilmоq – qаytmоq; 
6
Furqаt – firоq, аyriliq, judоlik, yordаn yirоqlik; 
 
7
Bаlоsho‘r – bаlо kеltiruvchi; 
8
Мis rа’ning mаzmuni: tildаn rаshk qilib,(yorimning) оtini 
aytmаymаn; 


72
Dedi: – “No‘shi labidin
1
topqay el bahr?”
Dedi: – “Ul no‘shdin el qismidur zahr” 
2
Dedi: – “Joningni olsa la’li
3
yodi?”
Dedikim: – “Ushbudir jonim murodi”.
Dedi: – “Ko‘ksungni gar chok etsa bebok?”
4
Dedi: – “Ko‘nglum tutay ham ayla deb chok!”
Dedi: – “Ko‘nglung fido qilsa jafosi?”
Dedi: – “Jonimni ham aylay fidosi”.
Dedikim: – “Ishqdin yo‘q juz ziyon bud” 
5
Dedi: – “Bu keldi savdo ahlig‘a sud”.
Dedi: – “Bu ishq tarki yaxshiroqdur!”
Dedi: – “Bu sheva oshiqdin yiroqdur!”
Dedi: – “Ol ganj-u, qo‘y mehrin nihoni!”
Dedi: – “Tufroqqa bermon kimyoni!”
Dedi: – “Joningg‘a hijron kinakashdur” 
6
Dedi: – “Chun bor vasl ummidi xushdur”.
Dedikim: – “Shahg‘a bo‘lma shirkatandesh”!
7
Dedi: – “Ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!”
Dedi: – “Joningg‘a bu ishdin alam bor”.
Dedi: – “Ishq ichra jondin kimga g‘am bor?!”
Dedi: – “Kishvar
8
beray, kech bu havasdin”.
Dedi: – “Bechora, kech bu multamasdin!” 
9
1
No‘shi lаb – lаb shirinligi; 
2
Мisrа’ning mаzmuni: U shirinlikdаn elgа fаqаt zаhаrginа 
tеgаdi; 
3
Lа’l – qip-qizil tоsh. Bu yеrdа so‘z istiоrа tаrzidа yorning lаbini аnglаtib kеlgаn; 
4
Bеbоk – bеpаrvо; 
5
Bud – bоrlik, mаvjudlik; 
6
Kinаkаsh – kеk sаqlоvchi, dushmаnlik 
qiluvchi, o‘ch оluvchi; 
7
Shirkаtаndеsh – shеriklik qiluvchi, shеriklikni fikr qiluvchi; 
8
Kishvаr – mаmlаkаt, vilоyat, yurt; 
9
Мultаmаs – iltimоs.


73
Dedi: – “Ishq ichra qatling hukm etgum!”
Dedi: – “Ishqida maqsudumg‘a yetgum!”
Dedi: – “Bu ishda yo‘q sendin yiroq qatl”.
Dedi: – “Bu so‘zlaringdin yaxshiroq qatl”.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə