Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


Mehinbonu sovchilarni yaxshi ziyofat qilib, sovg‘a-salom-



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Mehinbonu sovchilarni yaxshi ziyofat qilib, sovg‘a-salom-
lar berib, podshohga duoyi salomlar yo‘llab, bir bahona to‘qidi. 
Aytdiki, Shirinning fe’li o‘g‘il bolalarnikidek, o‘q otib, ov qilib 
yuradi. Unga turmush qurish haqida gapirishning hech iloji 
yo‘q, bu haqda gap boshlaguday bo‘lsangiz, o‘zini o‘zi nobud 
qilishi ham ehtimoldan xoli emas. 
Xusrav sovchi keltirgan bu gaplarga ishonmadi, avval-
gidan ham bir tundroq sovchi yuborsa, u ham shu javob bilan 
qaytdi. Bu bir necha bor takrorlandi. Xusrav g‘azab otiga mindi. 
Dostonda bu holat mana bunday tasvirlanadi:
Dedi: “Holim mening ul yerga yetti
Ki, bu nav’ el so‘zumdin nafrat etti.
Yaqindurkim, bu bema’ni fasona,
Erur boshtin-ayog‘ makr-u bahona.
Manga bas ermas erdi bu qadar nang
1
Ki, qilg‘aymen alarg‘a o‘zni hamsang
2
.
Eshitmaklik kerak bu mojaro ham
Ki, qilg‘aylar alar so‘zdin ibo ham.
Erur o‘z baxtig‘a bermak nigunluq
3
,
Zabunlarg‘a ayon qilmoq zabunluq.
Nega xud chiqmasun sung‘ur
4
jahondin,
Ko‘rub shavkat sadosi mokiyondin?
G‘azanfar
5
xud netar changol-u yolin,
Chekar bo‘lsa tishi uyning
6
maholin.

Nаng – оr, uyat, nоmus; 
2
Hаmsаng – оg‘irlikdа bаrоvаr; 
3
Nigunluq – egilishlik, egiklik;
4
Sung‘ur – lоchin, shunqоr (qush);
5
G‘аzаnfаr – shеr, аrslоn; 
6
Uy – sigir.


70
Agar umr o‘lsa ul ayyoralarg‘a,
Demay ayyorakim, makkoralarg‘a.
Sitamdin yetkuray andoq sazoye,
Solay kishvalari ichra baloye.
Ki, qayda bor esa bir hiylapayvand,
Qiyomatg‘a dekin bo‘lg‘ay anga pand”.
Bu so‘zlarni debon azm ayladi bot,
Sipahlar
1
tortibon hayhot-hayhot!
Kerak ishq ahli qul bo‘lmoq bu so‘zga:
“Ki, shahliq o‘zgadur, oshiqliq o‘zga”.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə