Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


Farhod yigit yoshiga yetdi. Lekin tug‘ma ishq ta’sirida do-



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Farhod yigit yoshiga yetdi. Lekin tug‘ma ishq ta’sirida do-
imo g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan edi. Buning sab-
abini o‘zi ham tushuntirib berolmas edi. Otasi uning g‘amlarini 
aritmoq uchun turli tomoshalar, bazmlar, ziyofatlar uyushtir-
di. Foydasi bo‘lmadi. Shunda xoqon Farhodning ko‘nglini olish 
uchun yilning to‘rt fasliga moslab to‘rt oliy qasr qurdirish fikri-
ga keldi. Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachi-ustozi Mulkoro bu 
ishga ma’mur etib tayinlandi. Xitoyning mashhur me’mori Boniy, 
naqqoshi Moniy hamda tosh yo‘nuvchi Qoran qurilishga jalb 
etildilar. Farhod qurilish bo‘layotgan yerga kelib ustalarning ish-
larini ko‘rdi. O‘z hunarlarini mislsiz san’at darajasiga yetkizgan
toshni ham saryog‘dek kesayotgan uch ustod ishidan hayratga 
tushdi. U shunchaki kuzatuvchi, tomoshabin bo‘lib qolmasdan 
ularning hunarlarini o‘rganishga kirishdi. Oxiri shu darajaga ye-
tdiki, bu kasblarni ustoz lari darajasida o‘zlashtirdi, hatto ba’zisi-
dan o‘zib ham ketdi. 
Nihoyat bahor, yoz, kuz va qish fasliga moslab qurilgan 
shohona qasrlar bitdi. Xoqon ularda bir yillik bazm tadorigini 
ko‘rishni buyurdi. Maqsad – o‘g‘lidagi g‘amginlikni ketkazish. 
Farhodda esa o‘zgarish yo‘q – o‘sha-o‘sha mahzun edi:
Biravkim zor yig‘lab – yig‘lab ul zor,
Topib ko‘ngli el ozoridin ozor.
Chiqorib so‘zlig‘ so‘z

boshidin dud,
Sovug‘ oh aylab ohin otasholud
2
.
Bo‘lub el anduhidin ko‘ngli g‘amnok.
Yaqo chokin ko‘rib, ko‘ksin qilib chok.
Biravkim ishqdin qilsa rivoyat,
So‘rub hardam mukarrar
3
ul hikoyat.
1
 
“So‘zlig‘ so‘z” birikmаsini hаm “yoniq so‘z”, hаm “so‘zli yonish” mа’nоsidа tushunish 
mumkin, chunki o‘zbеkchа “so‘z” “kаlimа” mа’nоsini bеrsа, tоjikchа “so‘z” “kuyish” 
mа’nоsidа kеlаdi; 
2
Оtаshоlud – yoniq, dаrdli, оtаshin; 
3
Мukаrrаr – tаkrоr.


61
Tafahhus aylab
1
andin ko‘p nishone,
Nishonin ko‘nglida asrab nihoni.
Visol ichra zamirin
2
shod topib,
Alamdin xotirin ozod topib.
Yetishgach hajr sharhi zor yig‘lab,
Iki ko‘z aylabon xunbor
3
yig‘lab.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə