Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq 
Farhodga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. U 
ta’limning dast labki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda 
Qur’oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalikdagi fazilat-
larini shunday ta’rif etadi:
Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.
Ne so‘znikim, o‘qub ko‘ngliga yozib,
Dema ko‘ngliki, jon lavhiga
2
qozib.
O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori,
Qolib yodida safha-safha bori.
Ko‘rub chun ishq-u oshiqlik maqolin,
Topib oshufta mahzun ko‘ngli holin.
Aning sharhini takror aylabon ko‘p,
O‘qurda nolayi zor aylabon ko‘p.
Bo‘lub oshiq g‘ami sharhida g‘amnok,
Yaqo chokin o‘qub, aylab yaqo chok.
Kim etsa darddin oz-oz rivoyat,
Qilib ul dard anga ko‘p-ko‘p siroyat
3
.
Kishi ko‘nglin bilib, afgor yig‘lab,
Ne ko‘zda ashk ko‘rgach, zor yig‘lab.
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini
4
kasb etmagan ilm.
 
1
Мurаttаb – tаrtib bеrilgаn, tаrtiblаngаn, tuzilgаn
2
Lаvh – yoyiq nаrsа, tахtа; 
yozuv tахtаsi. So‘z bu yеrdа istiоrа bo‘lib, ko‘chmа mа’nоdа kеlgаn; 
3
Sirоyat – tа’sir, 
ichigа o‘tish, yuqish; 
4
Таhqiq – birоr nаrsаning hаqiqаtini izlаsh, tеkshirib ko‘rish, 
hаqiqаt qilish;


58
Bo‘lub o‘n yoshqa umrining mururi
1
Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zo‘ri.
Ulum
2
avroqi
3
chun bir-bir yopildi, 
Dilovarliq silohi
4
mayli qildi.
... Hamul ilmi balandovoza birla,
Bu yanglig‘ zo‘ri beandoza

birla.
O‘zin abjad
6
o‘qur eldin tutub kam,
Dema donishki, zo‘ri dast
7
ila ham,
Bo‘lub shahlar eshigining gadoyi,
Va lekin ul gadolar xoki poyi.
Anga teng podsholig‘ yo gadolig‘,
Gadoliqqa teng etmay podsholig‘.
Demonkim ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok,
Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok.
Munungdek tiynati pokiga loyiq.
Duosin aytibon poki xaloyiq.
Aning sori sovug‘ yel essa nogoh,
Chekib Chin mulkining xalqi sovug‘ oh.
Qilib el xonumon oning fidosi.
Ne xonumonki, jon oning fidosi.
Ato yuzlanmasun deb dard-u ranje,
Etib har kun boshig‘a sadqa ganje.
1
Мurur – o‘tish, yurish; 
2
Ulum – ilmlаr; 
3
Аvrоq – vаrаqlаr; 
4
ilоh – qurоl-yarоg‘; 
5
Bеаndоzа – chеksiz, chеgаrаsiz; 
6
Аbjаd – аrаb аlifbоsining maxsus tartibda tuzil-
gan sirasi bolib, bunda har bir hаrf ma’lum son qiy matiga ega bo‘ladi. “Аbjаd o‘qur 
el” dеgаndа esа endi mаktаbgа bоrgаnlаr ko‘zdа tutilgаn, chunki bоshlаng‘ich 
mаktаbning birinchi yilidа hаrf tаnish uchun dаstlаb аbjаd o‘rgаtilgаn; 
7
Dаst – qo‘l. 


59
Vale bir zarra dard o‘lg‘ach padidor
1
,
Bo‘lub ul ganjlar birla xaridor.
Asiri dard ichi-yu toshi oning
Ki, to o‘n to‘rt bo‘ldi yoshi oning.


Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə