Energetika



Yüklə 158,84 Kb.
səhifə1/11
tarix30.12.2023
ölçüsü158,84 Kb.
#165401
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yuqori haroratli jarayonlar-3



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


NAMANGAN MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI


AVTOMATIKA VA ENERGETIKA FAKULTETI
" ENERGETIKA " kafedrasi
YUQORI HARORATLI JARAYONLAR
fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun
uslubiy qo‘llanma

60710600 – «elektr energetika» ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun


NAMANGAN 2023

Tuzuvchilаr: “Energetika ” kafedrasi prof. N.Sharibayev


“Energetika ” kafedrasi assistenti R. Toshmatov
Uslubiy qo`llаnmа «Yuqori haroratli jarayonlar» fаnining аsоsiy bo`limlаrini o`z ichigа оluvchi tаjribа ishlаrini bаjаrish uchun tuzilgаn.
Tаjribа ishlаri mаxsus stеndlаrdа bаjаrilаdi. Ulаrni bаjаrilishi tаlаbаlаrdа fаn hаqidа аniq mа`lumоtlаr o`rganish imkoniyatini yaratadi hamda bilimlаrini оshirаdi.
Tаqrizchilаr: NamMQI “Energetika ” kafedrasi t.f.n (PhD) To’ychiyeva. M
Uslubiy ko`rsatma Namangan muhandislik texnologiya instituti “Energetika” kafedrasining 20__ yil ____ dagi yig`ilishida muhokama qilingan va institut ilmiy metodik kengashiga ko`rib qiqib tasdiqlash uchun tavsiya qilingan, bayonnoma №__

Uslubiy ko`rsatma institut ilmiy metodik kengashining 20__ yil _____dagi yig`ilishida ko`rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya qilingan, bayonnoma №__



Kirish

Fanning maqsadi – elektr texnologik qurilma va tizimlarni ishlash asoslari, turlari va tavsiflarini talabalarga o‘rgatishdir.


Fanni o‘qitishninig vazifasi talabalarninig ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan elektr texnologik qurilma va tizimlarning ishlash prinsiplarining nazaray asoslarini yaratish va ekspluatatsiya qilish kabi masalalarni o‘rganishdan iborat.
Ushbu fanni o‘rganishdan asosiy maqsad elektr ta’minoti tizimiga kiruvchi turli Elektr texnologik qurilmalar va tizimlar kabi elektr iste’molchilarning tuzilishi, ishlash prinsipi, turlari, energetik va ishchi xarakteristikalar va shu kabilarni o‘rganishdan iboratdir.
Ta’lim yo‘nalishining ishchi rejasida belgilanishiga ko‘ra fanga ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun tegishli miqdorda soatlar ajratilgan. Fanning ma’ruza mashg‘ulotlarida elektrotexnologik qurilmalar va jarayonlarning nazariy asoslarini o‘rganish va amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida nazariy olingan bilimlarini elektrotexnologik qurilmalar namunalari va ularda qo‘llaniladigan aloxida elementlarining ishlashi, ularning xarakteristikalarini tajribalarda mustaxkamlash ko‘zda tutilgan.
Amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish davomida elektrotermik qurilmalar, ularda qizdirish rejimlari, qurilmaning bir va ko‘p qatlamli yassi devorlarida issiqlik isrofini xisoblash, elektr qarshilik pechlarining qizdirish rejimini o‘rganish va uning issiqlik xisobi, “Qalpoq” va “Konveyer” kabi tipdagi pech parametrlarini xisoblash ko‘rinishida o‘qitilishi rejalashtirilgan.



Yüklə 158,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə