Energetika


Mustaqil yechish uchun masala



Yüklə 158,84 Kb.
səhifə6/11
tarix30.12.2023
ölçüsü158,84 Kb.
#165401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yuqori haroratli jarayonlar-3

Mustaqil yechish uchun masala
Quyidagi berilganlarga asoslangan xolda uch qatlamli silindrik devorli shaxta tipidagi EQP ning issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali issiqlik oqimini aniqlang.
L= 2500 mm, d1= 700 mm, d2= 900 mm, d3= 1150 mm, d4= 1850 mm. Ichki yuza xarorati t1=1150, tashqi yuza xarorati t4= 90, qatlamlarning issiqliq o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentlari: λ1 = 0,755+0,00058t12, λ2 = 0,5+0,00016t23, λ3 = 0,314+0,00035t34.
4– AMALIY MASHG‘ULOT


Elektr qarshilik pechlarining qizdirish rejimini o‘rganish va uning issiqlik xisobi. Qalpoq tipidagi pech parametrlarini xisoblash

Elektr pechlarining issiqlik xisoblari iste’mol qilingan va belgilangan quvvatlar, ularni issiqlik parametrlari, ya’ni solishtirma elektr energiya isrofi, issiqlik bo‘yicha FIKi va pechni isitish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Umumiy xolda EQPlarda energiya xarajatlari tarkibi:


1) Pechdagi asosiy foydali energiya;
2) Yordamchi qurilmalarni qizdirish uchun sarf bo‘lgan energiya (tara, issiqlikka chidamli aravachalar va x.z.);
3) Issiqlik isroflari (pechdagi);
4) Futerofkaga sarf bo‘lgan energiya;
5) Elektr yo‘qotish (ozroq).
EQPlarda energiyani tashkil etuvchilari quyidagilar: a) EE; b) ekzotermik reaksiya energiyasi(ya’ni pechni va maxsulotni qizitish paytidagi energiya); v) qo‘shimcha issiqlik manbalari energiyasi(gaz garelkalari).
Davriy rejimdagi elektr pechini issiqlik muvozanati matematik tarzda quyidagi formuladan aniqlanadi:
ΣW= Wfoy+ Wyor+ Wisr+ Wak+ Wee isr (4.1)

bu yerda ΣW- pechni ish sikli bo‘yicha umumiy energiya kelish yig‘indisi;


Wfoy- foydali energiya; Wyor- yordamchi qurilmalarni isitish uchun kerak bo‘lgan energiya; Wisr- pechni issiqlik isroflari yig‘indisi; Wak- futerovkani isitish yoki qizitish paytidag to‘plangan energiya; Wee isr- elektr energiya isrofi.
Uzluksiz rejimda ishlovchi EQP larning issiqlik muvozanati
ΣQ= Qfoy+ Qyor+ Qisr+ Qel.isr (4.2)

formula orqali aniqlanadi.


ΣQ- keltirilgan quvvat yig‘indisi; Qfoy- pechni foydali quvvati; Qyor- yordamchi qurilmalarni qizitish uchun ketgan quvvat; Qisr- pechni issiqlik isroflari yig‘indisi quvvati; Qel.isr- pechni elektr isroflari quvvati.
Davriy rejimdagi pechlarni FIK
(4.3)

Uzluksiz rejimdagi pechlarni FIK


(4.4)

Davriy rejimdagi pechlarni solishtirma energiya sarfi


ω= ΣW/ G (4.5)

G- qizdirilishi lozim bo‘lgan yuk (kg yoki t).


Uzluksiz rejimdagi pechlar uchun
ω= ΣQ / g (4.6)

g- pechni foydali unumdorligi (kg/s, t/s).


Pechlarni FIK va solishtirma energiya sarflari ko‘pincha texnik iqtisodiy o‘lchovlarni takomillashtirish darajasini belgilaydi. Lekin, FIK dan xam solishtirma energiya sarfi ko‘proq axamiyatga ega.
Iste’mol qilingan quvvatni aniqlash uchun (davriy rejimdagi pechni) issiqlik muvozanati bergan natijalarga ko‘ra qaysi vaqtda eng ko‘p quvvat iste’mol qilinayotganini bilish kerak. Ko‘pincha bu vaqt τqiz yukni qizitish paytidagi vaqtga to‘g‘ri keladi. Lekin bu vaqtni o‘zida yordamchi qurilmalarni qizitish yordamida issiqlik isroflarini kompensatsiyalab turish kerak, yoki sovub qolgan futerovkani isitib yoki qizitib turish xam mumkin.
Davriy rejimdagi pechni iste’mol qilgan quvvati:
R= ΣW/ τqiz (4.7)

Ko‘p xollarda davriy rejimdagi pechlarni Wak qiymatini chiqarib yuborish mumkin. Chunki bu qiymat futerovkani qizishi uchun ketgan energiya bo‘lib, futerovkani yukni yuklagan yoki to‘kayotgan paytidagi vaqtda qizdirib olib energiyani isrofini oldini olishimiz mumkin. Bu vaqt oralig‘ida yukni yuklashga ketgan energiya, futerofkani qizishi uchun xam yetadi.
Uzluksiz rejimdagi pechni iste’mol quvvati (elektr isrofi 0 ga teng deb olgandagi):
R= Qfoy+ Qyor+ Qisr (4.8)

Eng ko‘p iste’mol quvvati ortiqcha quvvat koeffitsiyenti K ni xisobga olib, pechni o‘rnatilgan quvvati aniqlanadi:
R= K • R (4.9)

K-ortiqcha quvvat koeffitsiyenti.


Agar iste’mol quvvati 300 kVtdan yuqori bo‘lsa, K=1,2÷1,4 oraliqda qiymat olinadi; agar 100-300kVtgacha bo‘lsa, K=1,25÷1,5; agar 100 kVtgacha bo‘lsa, K=1,3÷1,6 oraliqda qiymat olinadi.



Yüklə 158,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə