Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


“Buxl erur  borcha sifatdin xasis, Lek saxo javhari asru nafis”



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

“Buxl erur 
borcha sifatdin xasis, Lek saxo javhari asru nafis”
. Lekin saxovat 
kim to‘g‘ri kelsa yoki o‘ziga tanish odamlargagina ehson qilish emas. 
1
Mulk – mamlakat.


52
Saxiy kishi ehtiyojmandlarga ko‘maklashishi, muhtoj odamlarga be-
minnat qo‘l cho‘zishi lozim. Zarurati bo‘lmagan kishilarga saxiylik qi-
lish aqldan emas. Bunday odamlarga shoir 
“O‘yla bulutdekki quruq 
bog‘ uza Yog‘may o‘tub, suvni to‘kar tog‘ uza” 
deb tashbih ish-
latadi. Kishilar saxovatiga ko‘z tikishdan ko‘ra o‘z mehnati bilan kun 
kechirishni Navoiy saxovatdan ham ulug‘ himmat deb biladi. 
Keyingi maqolatda odob masalalari yoritilgan. Adib unda kishi-
lar bilan munosabat va muomala madaniyati, o‘zini tuta bilish, bola 
tarbiyasi va boshqalar to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildiradi. Odob, 
ta vozeni alqaydi, o‘zini tuta bilmaslik, o‘rinsiz kulgi kabi salbiy xis-
latlarni qattiq qoralaydi. Inson munosabatlarda har bir kishining ah-
voliga yarasha muomala qilishi, kattalarga xizmat, kichiklarga shafqat 
etishi lozim deb uqtirgan shoir:
 “Har kishining tavrig‘a loyiq kerak
Surati holig‘a muvofiq kerak. Kimki ulug‘roq anga xizmat ker-
ak, Ulki kichikroq, anga shafqat kerak”
deb ta’lim beradi. Tanosub 
san’ati asosiga qurilgan quyidagi misralarni esa har bir farzand o‘ziga 
dasturi amal deb bilishi kerak:
Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
Tun-kunungg‘a aylagali nur fosh
Birisin oy angla, birisin quyosh.
Maqolatlardan birini Navoiy elga manfaat yetkazish masalalari-
ga bag‘ishlaydi. Insonning hayoti jamiyatda, odamlar orasida kechadi. 
Dunyo insonlarning xayriyati (yaxshiliklari) bilan, jamiyat ezgu ish-
lar bilan obod bo‘ladi. Shuning uchun har bir shaxs qaysi yo‘l bilan 
bo‘lmasin: mehnati yo mablag‘i bilan, shirin so‘zi yoki maslahati bi-
lan el-yurtga foyda yetkazishi kerak. Jamiyat a’zolarining mana shun-
day umumga keltirgan naflari ayni paytda o‘zlariga ham manfaat
-
lidir: 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə