Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 Savol va topshiriqlar:
1. Otlar va odamlar tasviridagi o‘xshashlik va farqlarga e’tibor qiling.
Qaysi tasvirda baxshining mahorati yaqqol ko‘ringan?
2.
“Egam rahm aylasin qonli yoshima, Sabab bo‘lib qo‘shgin
tеng-u to‘shima. Qurruyo-qur, hayt-a, to‘ramning oti!”
tarzida
nola qilayotgan Oybarchin holatini anglating.
3. Qalmoqlarning mubolag‘ali tasvirlari bеrilgan o‘rinlarni qayta 
o‘qing va hayotiylik hamda badiiylik jihatidan izohlang.
4. Ko‘kaldoshni yiqitolmayotgan Alpomish holati va uning ahvolidan 
iztirobga tushgan Oybarchin holatini izohlang.
5. Barchinoyning Alpomishga qarata aytgan achchiq so‘zlari alpga 
bu qadar qattiq ta’sir qilganligi sababini izohlang.
6. “Alpomish” dostoni yana qaysi baxshilar tomonidan aytilgan? 
Dostonning to‘liq variantini o‘qib chiqing.

ALPOMISH” DOSTONI TOG‘RISIDA
Xalq og‘zaki ijodi badiiy adabiyotning eng qadimgi shaklidir.
Nеgaki, odamlar badiiy asarlarni dastlab og‘zaki shaklda yara tishgan 
va ular og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan. Bu asarlar ulkan ta’sir kuchi-
ga ega bo‘lganliklari uchun ham xalqning badiiy xotirasi tufayli bizlar-
gacha yеtib kеlgan. Shu sababdan xalq og‘zaki ijodi badiiy adabiyot
-
ning eng qadimgi shakli deyiladi.
O‘zbеklar dunyo xalqlari orasida ko‘p doston yaratgani bilan 
ajralib turadigan millatdir. Olimlar XIX asr oxiridan XX asrning ikkin-
chi yarmiga qadar o‘zbеk baxshilari tomonidan kuylangan yuz ellikka 
yaqin doston borligini aniqlashgan va variantlari bilan qo‘shib hisobla-


46
ganda, ulardan to‘rt yuztacha doston yozib olingan. Folklorchi olimlar-
ning aytishlaricha, birgina “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlar yuzdan 
oshadi, yolg‘iz “Alpomish”ning qirqdan ortiq yozib olingan nusxasi bor. 
“Doston” forscha so‘z bo‘lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif 
ma’nolarini bildiradi. Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning 
boshidan o‘tgan qaltis voqеalar shе’r va nasriy yo‘lda aralash tasvir
-
langan yirik hajmli, muallifi noma’lum epik asarlar xalq dostonlari dе-
yiladi. 
Xalq dostonlari olimlar tomonidan quyidagi turlarga ajratilgan:
1. Qahramonlik dostonlari. 2. Jangnoma dostonlar. 3. Romantik dos-
tonlar. 4. Tarixiy dostonlar. 5. Kitobiy dostonlar.
Shе’r bilan nasrning aralash kеlishi xalq dostonlarining muhim 
bеlgisidir. Dostonlardagi shе’rlar, asosan, o‘n bir bo‘g‘inli bo‘lib, bar
-
moq vaznida aytiladi. Qahramonlarning o‘y-fikrlari, nisbatan tinch 
ruhiy holati tasviri, o‘zaro so‘zlashuvlari ko‘proq o‘n bir bo‘g‘inli shе’r 
bilan ifodalanadi. Ba’zan dostonlarda tasvir talabiga ko‘ra yеtti, sakkiz 
bo‘g‘inli shе’rlar ham uchraydi. Otlar chopishi, jang manzaralari, pеr
-
sonajlarning tеzkor va shiddatli harakatlari aks etgan o‘rinlar yеt
-
ti-sakkiz bo‘g‘inli shе’rlar bilan ifodalanadi.
Xalq dostonlarida ko‘proq ko‘chmanchi tarzda hayot kechir-
gan eliboy o‘zbeklar tirikchilik tarzi aks etadi. Shu sababli xalq dos-
tonlarining tilida asosan qipchoq lahjasi belgilari yetakchilik qiladi. 
Shuningdek, dostonlarimizda o‘zbek xalqining ruhiy olami, udum-
lari ham o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Chunonchi, Alpomishning qiz 
sha’niga dog‘ tushirmaslik uchun begona odamlar oldida Oybarchin 
nomini tilga olmasligi kabi go‘zal odatlari namoyon bo‘ladi. To‘y tas-
virida “kampir o‘ldi”, “it irillatar”, “soch siypatar” kabi qadim odatlarga 
amal qilingani tasviri ham xalq turmushiga xos jihatlarni bildirishi bilan 
ahamiyatli. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə