Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

FARHOD VA SHIRIN

(dostondan parchalar)
“Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusida-
dir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yo-
zilgan. Muallif bu asarni “shavq dostoni” deb ataydi. Sababi unda ishq 
kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ishq ulug‘lanadi. Bu shunday ishqki, 
u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir 
so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, 


54
olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va oxir 
borib Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir. Binobarin, dos-
tonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan. 
Ijodda o‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan bu doston 
an’anasiga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin” 
shaklida mashhur edi. Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi. Lekin 
u komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bil-
guvchi xudbin shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhab-
batiga ham, yozilajak dostonidagi yetakchi timsol darajasiga ham lo-
yiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh qahramon qilib oldi va bu bilan dos-
tonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish 
xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik edi. 
Yozib jon mushafidan ikki oyat,
Debon Farhod-u Shirindin hikoyat
degan shoir o‘z dostoniga “Farhod va Shirin” nomini beradi. 
Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u 
shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi 
va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshla-
nadi. Birdan-bir orzusi farzandlik bo‘lish edi. Maqsadiga yetish uchun 
ko‘p nazrlar qildi, talay tangalar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi, 
otasizlarga otalik qildi. Xayriyalari zoye ketmadi. Alloh iltijolarini ijobat 
qilib, unga o‘g‘il ato etdi.
Shabistonida
1
tug‘di
2
bir yangi oy
3
,
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy
4
.
Ochildi bog‘ida bir otashin vard,
Demaykim vard
5
, balkim shu’layi dard.
Kiyurdi ilgiga davron nigine
6
,
Nigin o‘rnida la’li otashine,
1
Shаbistоn – tungi yotoqxona; 
2
Тug‘di – tug‘ildi; 
3
Yangi оy – istiоrаviy yo‘l bilаn 
Fаrhоdni bildirаdi, uning tug‘ilishi qоrоng‘u kеchаdа yangi оyning pаydо bo‘lishigа 
qiyoslаngаn; 
4
Меhri оlаmоrоy – оlаmni yorituvchi quyosh; 
5
Vаrd – аtirgul; 
6
Nigin – 
uzuk, uzukning ko‘zi, muhr. 


55
Yuzinda ishq asrori
1
yozilg‘on,
Ichinda dard ta’vizi
2
qozilg‘on.
Nigin-u la’l yo‘q, duri shabafro‘z
3
,
Dema dur, gavhare, lekin jahonso‘z
4
Eshilgan rishtasi
5
tobi vafodin,
Teshilgan bag‘ri hakkoki qazodin
6
.
Ko‘zida ashk

selidin asarlar,
Damida
8
oh dudidin xabarlar.
Muhabbat nuri ollinda huvaydo
9
,
Jamolida vafo tug‘rosi
10
paydo.
Falak deb dard elining shohi oni,
Malak
11
deb dard o‘ti ogohi oni.
Tushub ishq ahli ichra har taraf jo‘sh,
Chu tug‘di o‘tda sayr aylar Siyovush
12
.
Vafo xaylida g‘avg‘o shodlig‘din,
Biri-birga muborakbodlig‘din.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə