Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 Savol va topshiriqlar:
1. Farhoddagi g‘amginlikning sababini Siz qanday izohlaysiz?
2. Shahzoda Farhodning ustalar ishidan hayratlanishida, ularning
kasblariga ko‘ngil berib o‘rganishida uning qanday ma’naviy 
fazilatlari namoyon bo‘lmoqda?
1
Аnfоs – nаfаslаr; 
2
Маhro‘ – оy yuzli. 


67
3. Bosh qahramonning elparvarligi, oddiy xalqqa mushfiqligi qaysi
misra larda o‘z ifodasini topgan?
4. Xoqonning o‘g‘liga taxtni taklif etishi, o‘g‘ilning uni rad etishi tasviri
orqali Navoiy qanday fikrni ilgari suradi? Fikringizni shoir
yashagan davr voqeliklaridan kelib chiqib asoslang.
5.

“Dedi: Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish
odami zod” 
so‘zlari orqali adibning inson tafakkuriga munosaba-
tini sharhlang.
6. Farhodning noma’lum ko‘zgu tilsimini bilish uchun hayotini
xavf-xatarga solib bo‘lsa ham safarga chiqqanligini qanday 
baholaysiz? Sizningcha, u to‘g‘ri ish tutdimi?
7. Shirinning go‘zalligi vasf etilgan o‘rinlarni qayta o‘qing. Shoir uni
qanday tasvirlaganini o‘z so‘zlaringiz bilan bayon eting.
8.
“Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqamu ketkum-
dur oxir?” 
 
bayti orqali inson o‘zi egallagan hunarga qanday
munosabatda bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida fikr yuriting.
9. Shirinning Farhodga murojaatini o‘qing. Qizning sinchkovligi,
insonni qalb bilan taniy bilishi uning qaysi so‘zlarida ko‘rinadi?
Shu paytlarda Ajam bilan Arabda hukm surayotgan Xusrav 
Parviz degan shoh bor edi. Uning bir o‘g‘li bo‘lsa-da, shohlikka 
yaraydigan emas edi. Shoh shuning uchun ham yana bir tag-tug-
li qizga uylanib, o‘g‘il ko‘rish orzusida edi. Shirinning go‘zalligi-yu 
Farhodning unga oshiqi beqaror bo‘lgani ovozasi Xusravgacha ye-
tib bordi. Xusravning Buzurg Ummid degan vaziri maslahati bilan 
Mehinbonuga Shirinni so‘ratib sovchi yuborildi. Mehinbonu davlat-
ni o‘ylasa-yu, rozi bo‘lsa ham, Shirin ko‘narmikan? Farhodning holi 
ne kechadi unda? Mehinbonu sovchilar fikrini Shiringa aytganda, u 
shunday dedi:
Ki: “Ey na’layning

o‘rni qiblagohim!
Harimi nazhating
2
g‘amdin panohim!
Necha yetgay senga mendin malolat,
Necha kelgay manga ondin xijolat.

Nа’lаyn – bir juft kоvush; 

Nаzhаt – ko‘ngil оchish, huzur qilish. 


68
Boshimg‘a tig‘i g‘am sursang ne bo‘lg‘ay,
Bu so‘z deguncha o‘ltursang ne bo‘lg‘ay!?
Meni hindudek otashgahga boshla,
Uzorim xolidek o‘t ichra tashla
Ki, jismim bo‘lsa ul o‘t ichra nobud,
Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.
Malolimdin bari olam qutilsin,
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.
Manga Farhod ishqi tuhmati bas
Ki, chehram ko‘rmayin ul zor-u bekas.
Yiqilmoqdur shiori oh tortib,
Ko‘nguldin nolayi jonkoh tortib,
Qulog‘i mustami’
1
bo‘lmay so‘zumga,
Ko‘zi oylar o‘tub tushmay yuzumga.
Tog‘ ichra sel yanglig‘ oqizib yosh,
Urub tosh uzra hardam seldek bosh.
Xayolim birla ko‘nglin qone’ aylab,
Firoqim ichra umrin zoye’ aylab.
Yuzimdin didai giryoni
2
mahrum,
Visolimdin balokash joni mahrum.
Qolib men ham yiroq ul notavondin,
Nechukkim mendin – ul, men dog‘i – ondin.
Bu bizga hol-u yuz nav’ elda shuhrat,
Ne yuz shuhratki, yuz ming nav’ tuhmat.
1
 
Мustаmi’ bo‘lmоq – qulоq sоlmоq, eshitmоq;
 
2
Didаi giryon – yig‘lоqi ko‘z, yoshlаngаn 
ko‘z.


69
Manga ne yor-u ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur!
Agar Bonu iloje bilsa, qilsun,
O‘zimni o‘ltururmen yo‘qsa, bilsun!”

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə