Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


Farhodning o‘limidan quvongan Xusravning xursandchiligi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Farhodning o‘limidan quvongan Xusravning xursandchiligi 
ham, umri ham uzoqqa bormadi. Uning noqobil o‘g‘li Sheruya 
nogahon Shirinni ko‘rib oshiq bo‘lib qoladi. Qizga yetishish 
uchun o‘z otasini o‘ldiradi. Navoiyning fikricha, Sheruya emas, 
davron Xusravdan Farhodning xunini talab qildi! Bu dunyoda 
hech narsa javobsiz qolmaydi. Shirin ham Farhodning ketidan 
bu dunyoni tark etdi. Mehinbonu bu musibatni ko‘tarolmay jon 
berdi. Bu muhabbat mojarolari Chinga ham borib yetgan edi. 
Farhodning ko‘kaldoshi (emikdoshi) Bahrom Armaniyaga ke-
ladi va adolat, tartib o‘rnatadi. Uning talabi bilan Sheruya otasi 
mamlakatga yetkazgan ziyonlar uchun xazinasidan tovon to‘lab, 
yurtiga qaytadi.
Savol va topshiriqlar:
1. Farhodning o‘limi oldidan butun borliq, tabiat bilan vidolashishi,
ulardan uzr so‘rashi, minnatdorchilik bildirishini qanday 
izohlash mumkin?
2. Farhodning ajalga, falakka, dunyo (dahr)ga murojaati berilgan 
baytlarga diqqat qarating, ularni tahlil qiling.
3. Qaysi misralarda vatanga bo‘lgan mehr, sog‘inch o‘z ifodasini 
topgan?
4. O‘lim oldidagi o‘g‘ilning bodi sabo orqali otasi bilan vidolashuvi
Sizda qanday taassurot qoldirdi?
5. “
Manga, ne deyki, ul kofir ne qildi, Qazodin erdi qildi har ne 
qildi
” baytida inson taqdiriga qay tarzda yondashilgan? Bu 
masala yana qaysi misralarda yoritilganligini toping.
6. Farhod o‘zidan ayrilgan onasining holatini qayday tasavvur 
qiladi? Xuddi otasiga bo‘lgani kabi onasiga ham xayolan taskin, 
dalda beradimi? Buning sababini izohlashga urining.
7. “Men ishqni qanday angladim?” mavzusida uy inshosi yozing.
1
Аr – “аgаr” so‘zining qisqаrtirilgаn shаkli.


80

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə