Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Hikoyatning ramziy xarakterda ekanligidan kelib chiqib javob 
be ring: shahar qanday ma’noni ifodalamoqda? Uni kutib olgan
odamlar kim va u o‘tqazilgan taxt nimani bildiradi deb o‘ylaysiz?
2. Bosh qahramonning shahardagi farog‘at, ayshga to‘la hayotidagi 
to‘rt kun nima uchun alohida qayd bilan ta’kidlanmoqda?
3. Shahardagi bir yillik hukmdorlik, sizningcha, nimani anglatadi? 
4. Bosh qahramon orolda bino qilgan saroylar, xazina va boyliklar
aslida nima ekanligini tafakkur qiling. 
 
1
Dilpazir – yoqimli, go‘zal; 
2
Dilraboyi noguzir – oldidan ketib bo‘lmaydigan go‘zal; 
3
Dastur – odati; 
4
Jazira – orol; 
5
Ehtimom – diqqat qilish; 
6
Muxtari’ot – topish, kashf 
(ixtiro) qilish; 
7
Xazoyin va dafoyin – xazina va ko‘milgan boyliklar; 
8
Daf’a-daf’a – bi-
rin-ketin, qayta-qayta.


95
MUHAMMAD RIzO OGAHIY
(1809–1874)
Shoir, tarjimon, tarixnavis hamda davlat va jamoat arbo-
bi Muhammad Rizo Ogahiy xalqimiz tarixida o‘ziga xos o‘rniga ega 
bo‘lgan serqirra iste’dod sohibidir. U ijodining ko‘lami, she’riyatining 
ko‘rkamligi va badiiy salmog‘i bilan Navoiydan keyingi o‘rinda turuv-
chi sermahsul va serqirra shoir hisoblanadi. Ayni paytda xalqimiz 
o‘tmishini haqqoniy aks ettirgan bir necha nodir asarlari bilan tarix 
ilmi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan olim sifatida ham e’tirof 
etiladi. Shuningdek, uning juda ko‘plab tarixiy va badiiy asarlarni fors 
tilidan ona tilimizga o‘girib, ularni xalqimizning ma’naviy merosiga 
aylanti rishdagi xizmatlari tahsinga loyiqdir. 
Ogahiy 1809- yili 17- dekabrda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot 
qishlog‘ida Erniyozbek mirob oilasida tug‘ildi. Shu yerda boshlang‘ich 
ma’lumotni oladi. Yoshligida otasi vafot etib, adabiyotimizning yana 
bir yorqin siymosi bo‘lmish amakisi Munisning tarbiyasida bo‘ldi. U 
maktab, keyinchalik madrasa tahsili davomida arab va fors tillarini, 
tarix ilmini puxta o‘rgandi. 1829- yilda Munis vafot etgach, hukmdor 
Olloqulixon uning o‘rniga Ogahiyni mirob (suv ishlari boshqaruvchi-
si) etib tayinlaydi. Suv tanqis bo‘lgan Xorazmda miroblik nihoyat-
da mas’uliyatli vazifa bo‘lib, uni ishonchli va halol odam boshqarishi 
lozim edi. Shu davrdan Ogahiyning davlat va jamoat arbobi sifatidagi 
faoliyati boshlanadi. U davlat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lar ekan, ba-
diiy ijod hamda ilmiy faoliyatini to‘xtatmadi. Saroy tarixchisi vazifas-
ini ham olib borayotgan Ogahiy 1839- yilda Munis boshlab qo‘ygan 
“Firdavs ul-iqbol” (“Iqbol bog‘i”) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 
1825- yilgacha bo‘lgan tarixini yozib tugatdi. 1844- yilda xonlik tarixi-


96
ni shu yilgacha bo‘lgan voqealarini o‘z ichiga olgan “Riyoz ud-davla” 
(“Saodat bog‘lari”) kitobini tamomladi.
1845- yildan Ogahiy hayotidagi og‘ir va musibatli davr boshla-
nadi. Shu yili miroblik ishlari bilan safarda yurganida tasodif tufayli 
oyog‘i qattiq shikastlanadi va hali yigit yoshidayoq to‘shakka bog‘la-
nib qoladi. Shu dard azobini tortayotgan shoir umr yo‘ldoshidan 
ham ajraladi. 1857- yilda miroblikdan iste’fo berishga majbur bo‘ladi. 
Lekin bu musibatlar oldida u chekinmadi. Kuchli iroda, hayotni sevi-
shi Ogahiyni ijodga, izlanishga undadi. 1846- yilda “Zubdat ut-tav
-
orix” (“Tarixlar qaymog‘i”), 1847–1855- yillarda esa “Jome ul-vo-
qeoti sultoniy” (“Sultonlik voqealarining yig‘indisi”) tarixiy asarlari-
ni yozdi. Tarjimalar bilan shug‘ullanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, 
Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, 
Badriddin Hiloliyning “Shoh va gado”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf 
va Zulayxo” va boshqa qator asarlarni o‘zbekchalashtirdi. XIX asrning 
oltmishinchi yillarida “Gulshani davlat” va “Shohidi iqbol” (“Baxt sho
-
hidi”) tarixiy asarlarini yozdi. Ogahiy 1874- yili vafot etdi. 
Ogahiyning asosiy she’riy merosi ona tilida yozilgan bo‘lib, 
“Ta’viz ul-oshiqin” devonida to‘plangan. “Ta’viz ul-oshiqin” – 
“Oshiqlar tumori” degani. Devon ma’rifatparvar shoh va shoir Feruz 
– Muhammad Rahimxon Soniy (ikkinchi)ning taklifi va talabi bilan 
tuzil gan. Bu devon XIX asr o‘zbek she’riyatining benazir namunasi 
hisoblanadi. “Ta’viz ul-oshiqin”da shoirning yigirmadan ortiq janrdagi 
sal kam yigirma ming misrali lirik merosi jamlangan. Ularning 1300 
misradan ortig‘i fors tilida bitilgan bo‘lib, bu Ogahiy zullisonaynlik 
an’anasini munosib davom ettirganligining yorqin dalilidir.
Ogahiy devonidan turli: ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-didaktik, ta biat 
tasviri va boshqa mavzudagi she’rlar joy olgan. Lekin ularning aksari-
yati ishqiy mavzudadir. Shoir ijodida tabiat tasviriga bag‘ishlangan 
bir qator g‘azallar bor. Qish va bahor tasviri chizilgan bu she’rlarda 
Ogahiyning peyzaj ustasi, o‘tkir nigoh egasi ekanligi namoyon bo‘ladi. 
Fasl tarovati, go‘zalligini berishda shoir tashbih, tashxis, sifatlash kabi 
badiiy tasvir vositalarini qo‘llaydi. “O‘yla yetkurdi jahong‘a ziy nat-u 
oro bahor” g‘azalida o‘qiymiz: 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə