Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


“Obi hayvondek suzuk suv har taraf



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

“Obi hayvondek suzuk suv har taraf 
aylab ravon, Qildi sahrog‘a tarovat o‘zgacha paydo bahor».


97
Bu baytda tashxis san’atini mohirona qo‘llagan shoir tog‘lardan 
mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go‘zalga 
o‘xshatadi. Bahor ana shu suzuk suvi bilan sahroga o‘zgacha tarovat 
bag‘ishlagan. Keyingi misralarda bahoriy yel rayhonlarga Masihdek 
“toza jon” ato qilgani, gul yuzi ochilib, qumri-yu bulbullarning unga 
vola-yu shaydo bo‘lganlari, lola soqiysi qo‘lidan ishrat ahliga qadah 
tutilgani kabi tasvirlar orqali bahor ko‘tarinki zavq, hayajonli shavq 
bilan vasf qilinadi. Bu go‘zalliklarni madh etgan shoir uni g‘animat 
bilib, qadrlashga chorlaydi:
 “Gulshan ichra bazm etib jomi tarab 
no‘sh aylali Kim, g‘animatdur necha kun, ey qadi ra’no, bahor». 
Shuningdek, “Baland aylab quyoshg‘a poya navro‘z”, “Bahor ay yomi 
bo‘lmish o‘ylakim bog‘i Eram sahro” g‘azallarida ham bu ko‘rkam 
faslning beqiyos nazokatlari kuylanadi. “Ilohi, har kuning navro‘z 
bo‘lsin” g‘azalida bu she’r yaratilgandan buyon barchaning diliga jo 
bo‘lgan ohorli yangi yil tilaklari izhor etilgan:
Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun,
Hamisha tole’ying feruz bo‘lsun.
Bo‘lub ayyomi navro‘zing muborak,
Zamiring inbisot anduz bo‘lsun.
“Ta’viz ul-oshiqin”dagi ishqiy g‘azallar nafaqat Ogahiy ijodining, 
balki butun o‘zbek mumtoz adabiyotining sara namunalari hisoblana-
di. “Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo‘lub boshingdin aylansun”, 
“Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina”, “Ey sho‘x, ko‘zi 
qoshinga olam gado, man ham gado” g‘azallari Ogahiyning yuksak 
badiiy mahoratini, chinakam san’atkor shoir ekanligini tasdiqlaydi. 
Ayniqsa, “Ustuna” radifli g‘azali o‘zining jozibasi, badiiy kashfiyotlarga 
boyligi bilan ajralib turadi: 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə