Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Podshohning adolatli hukmdor ekanligi qaysi o‘rinlarda aks
etgan deb o‘ylaysiz?
2.
“Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘ boribturur va taqi haj qilib-
turur va hech kishining oshin yemas”
jumlasini o‘qib, sizda
zohid haqida qanday taassurot uyg‘ondi?
3. Yigirma hajning savobidan ko‘ra bir soatlik adolatning savobi 
ortiqligi haqidagi fikrga o‘z mulohazalaringizni bildiring.
HIKOYAT
Kunlardan bir kun Iskandar Zulqarnayn Hamadon shahriga ke
-
lib xiroj talab qildi. Hamadon begi bahodir erdi, xiroj bermadi, urush-
ti. Taqi bekning odi Doro erdi. Nechakim urushtilar, Doroni yenga bil-
madilar. Iskandar aydi: ne hiyla qilib Doroni tutg‘aymiz? Vazirlar aydi: 
Doroning bir inoq
1
quli bor, alarga elchilar yiboring, taqi aytsun-
lar: sizlar Doroni o‘ldursangizlar, harna
2
murodlaringiz bo‘lsa oni qi-
lurmiz. Iskandar elchi yibordi. Shul so‘zni aytib elchi borgandan 
so‘ng shul xabarni aytibtudur. Ondin so‘ng ul inoq ikki qul bir ke-
cha Iskandarning yoniga kelib va’dani bir yerda qo‘yub, o‘ldurmaq-
chi bo‘ldular. Ondin so‘ng Iskandarning bir oti Zulqarnayn erdi. 
Yana Iskandar aydi: siz ikkingiz Doroni o‘ldursangizlar, lashkarda 
barchadin yuqori o‘run beroyin, deb va’da qildi ersa, bu qullar bosh 
urdilar
3
. Tonglosi
4
ikki lashkar bir-birisiga saf tortib ro‘baro‘ bo‘ldilar. 
Ondin so‘ng ul ikki inoq qul Doroni o‘ldurub boshini olib keldilar ersa
Iskandar Doroni buyurdi kim, yaxshi qilib e’zoz qilib ko‘munglar, ondin 
so‘ng Doroni ko‘mg‘on yerda ikki dor qiling, bu ikki inoq qulni o‘ldu-
rung, dorg‘a osing, deb amr qildi. Ul qullar aydilar: ey Iskandar, bizga 
1
Inoq quli – hukmdor qattiq ishongan saroy mulozimi ma’nosida; 
2
Harna – har qan-
day; 
3
Bosh urdilar – bosh egdilar, ya’ni rozi bo‘ldilar; 
4
Tonglosi – ertasi.


92
ne va’da qilib erding? Odilturursan, nechun zolim sultonlartek va’dani 
buzarsan? Iskandar aydi: man va’dani buzmasman. Doro sizlarni 
muncha tarbiyat qilib sizlarg‘a o‘run berdi, shartimga butunman, vale 
sizlar xointurursizlar, muncha vaqtdan beri Doro sizlarni tarbiyat qilib 
asradi, sizlarga o‘run berdi, aning haqini bilmadingiz, anga yamonlik 
qildingiz, o‘lturdingiz. Emdi maning haqimni taqi bilmassizlar. Emdi bu 
lashkarda sizlarga yuqori o‘run berurman – dorturur, man shartimda 
tururman. Sizlarning joyingiz bu turur.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə