Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Iskandar maqsadiga yetishishda nechta hiyla qo‘lladi? Uni
hukmdor va lashkarboshi sifatida qanday baholaysiz?
2. Doroning saroy mulozimlari (ikki quli)ga berilgan jazoni adolatli 
deb bilasizmi?
HIKOYAT
Ayturlarkim, Sulaymon alayhissalomg‘a pashsha
1
kelib yel-
din shikoyat qildi, aydi: yel jihatidin bir lahza bu olamda farog‘at 
bila ucholmon, rizqimiz uchun bisyor tashvishga qolibmiz. Yel sa-
ning farmoningda turur, hukm qilg‘ilkim, bizg‘a mazohim
2
bo‘lmasun. 
Sulaymon alayhissalom aydilar: san so‘zingni arz qilding, emdi yeldin 
so‘rag‘aylukkim, ul ne so‘z der. Yelni chaqirdilar. Yel kelgach, pashsha 
qochib ketti, har necha qaradilar, mavjud bo‘lmadi. Sulaymon alayhis-
salom aydilar: adolat qoidasi butururkim, dodxoh
3
muddai-yu mud-
dao alayh
4
ikkisini barobar turg‘uzub so‘romoq kerakdur, har so‘zlari 
bo‘lsa bir-bir aytg‘oylar, to hokim alarning so‘zin bilib hukm qilg‘oy.
G‘AzAL
Bo‘l adolat masnadi
5
uzra Sulaymoni zamon,
Toki sandin mustafid

o‘lg‘ay bari ahli jahon.
Gar Sulaymondek bo‘lub xalq ichida qilsang maosh,
Bilki, farmoningda bo‘lur olam ichra ins-u jon.
1
Pashsha – bu yerda chivin ma’nosida;. 
2
Mazohim – zahmat yetkazuvchi bo‘lmasin; 
3
Dodxoh – arz tinglaguvchi; 
4
Muddai-yu muddao alayh – da’vo qiluvchi va da’vo qili-
nuvchi (aybdor); 
5
Masnad – taxt; 
6
Mustafid – bahramand.


93
Gar rafiq o‘lsa bu tavfiq-u
1
muyassar bo‘lsa adl,
Shaksiz o‘lur ul kishining manzili bog‘i jinon
2
.
Yaxshi avsof

ila qil ushbu jahon ichra suluk
4
,
To saning avsofing o‘lg‘ay olam ichra doston.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə