Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Yuqorida berilgan ma’lumotlardan Xojaning oilaviy muhiti 
haqida sizda qanday tasavvur uyg‘ondi?
2. “Kechadur” g‘azalining yuqorida sharhlanmagan keyingi uch 
baytini tahlil qiling, shoirning mahoratini izohlang.
3. Xojaning adabiyotimizda tutgan o‘rni, ijodining ahamiyati haqida
fikr yuriting.
HIKOYAT
Kunlardan bir kun bir podshoh bor edi. Bisyor odil erdi.
Bir kun vazirina aydi:
– Haj tavof qilmoqg‘a borurman, san borurmusan?
Vazir aydi:
– Ey podshohim, taxtni bo‘sh qo‘yub, Ka’bag‘a borsangiz, 
el-xaloyiq boshtoq bo‘lmasmu?! – tedi.
Podshoh aydi:
– Boshtoq bo‘lmas, yo‘q ersa, manga haj qilg‘on hojining savo-
bin sotg‘un olib bering, qiyomatda hojilar birla turgayman.
Vazir „Podshoh uchun haj sotg‘un olmoq kerak“ deb istab yurur 
erdi, bir kimarsag‘a yo‘luqti. Ul kishi aydi:
– Falon yerda bir zohid borturur. Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘ 
boribturur va taqi haj qilibturur va hech kishining oshin yemas, anga 
boring. Ul bir haj sotsa, podshoh uchun oling.
Borib ul zohidni podshohg‘a olib keldilar. Podshoh aydi:
Ey zohid, bir yo‘li qilg‘on hajingning savobin bizga soturmi-
san? 
Zohid aydi: – Nega olursiz?
Sulton aydi: – Ming qizil tanga berayin.
Zohid aydi: – Ming qizil tanga oz turur.
Sulton aydi: – Ey zohid, oz bo‘lsa, o‘n ming qizil tanga berayin.
Zohid aydi: – Oz turur.
Sulton aydi: – O‘zing na tilasang tilagil.
Zohid aydi: – Ey podshohim, bir haj na bo‘lg‘ay, yigirma hajim-
ning savobini sizga berayin, siz bir soat adl qilg‘oningning savobini 
manga bering.


91
Sulton aydi: – Ey zohid, bir soat adl qilg‘onning savobi na 
bo‘lur?
Zohid aydi: – Bir soat adl qilg‘onning savobi odamlarning va 
farishtalar ning va hurlarning ibodatidin ortuq turur.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə