Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

lirik qahramon
tu 
shun 
cha 
siga to‘xtalib o‘tamiz. Ba’zan lirik qahramon shoirning 
o‘zi bo‘ladi. Masalan, Boburning hasbi hol xarakteridagi she’rlarida 
bo‘lgani kabi. Lekin ko‘p hollarda lirik qahramon shoirning o‘zi bo‘l-
may, balki kechinmalari, ruhiy holati tasavvur qilinib, shoirning “men”i 
orqali tasvirlanayotgan ijodkor fantaziyasidagi qahramon bo‘ladi.
Ushbu she’rdagi nochor ahvoldagi lirik qahramon ham 
Ogahiyning o‘zi bo‘lmay, jamiyatdagi kambag‘alligi tufayli hamdard-
likka loyiq bo‘lgan odamlardir. Bunday tasvirdan shoir ikki maqsadni 
ko‘zlagan bo‘lishi mumkin. Birinchisi, mubolag‘a bilan o‘z holini bayon 
etib, xondan yordam olish bo‘lsa, ikkinchisi, xonning e’tiborini jamiyat-
dagi nochor qatlamga qaratish, ularga ko‘mak berishni uyushtirish. 
Shoyad o‘zgalardek Ogahiy va Ogahiydek o‘zgalar tarabnok (xur-
sand) bo‘lsa. Shu o‘rinda ham shoirning ijoddagi o‘ziga xosligi, betak-
rorligi ko‘rinib turibdi.
* * *
Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun,
Hamisha tole’ying feruz bo‘lsun.
Bo‘lub ayyomi navro‘zing muborak,
Zamiring inbisot anduz
1
bo‘lsun.
1
Inbisot anduz – quvonch tarqatuvchi.


103
Qilib partavfikanlik
1
ayni adling
Quyoshoso jahonafruz
2
bo‘lsun.
Sango doyim bo‘lub davlat qushi rom,
Shikorandoz-u
3
dastomuz
4
bo‘lsun.
Aduv vahshilarini sayd etarg‘a
O‘q-u tig‘ing uqob-u
5
yuz bo‘lsun.
Kishikim istasa sarkashlik etmak, 
Boshi yo‘lingda oning tuz
6
bo‘lsun.
...Ko‘rub lutfingni har tun Ogahiyning
Nasibi ishrati navro‘z bo‘lsun.

Savol va topshiriqlar:
1. Shoir 
“Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun”
, — der ekan, kundalik
hayotingda faqat bayramlardan iborat bo‘lsin degan tilakdan 
boshqa narsani ham ko‘zda tutganmi?
2.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə