Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Matla’ni tahlil qiling. Uning mazmunidan kelib chiqib, “istig‘no 
eli” birikmasining ma’nosini izohlang.
2.
“Umid etgonimiz aksar saodat bo‘tai haqdin, Agarchi mis 
erurmiz, qimmati tillog‘a bormasmiz” 
baytidagi haqning
sovg‘asi (bo‘tai haq) deganda nima nazarda tutilgan? Bu sovg‘a -
dan umid etganlar qaysi maslak (ta’limot) asosida yashaydilar?
3.
 “Biz ellar - faqr elimiz, parcha nong‘a sabr aylarmiz, G‘araz
dunyo uchun Iskandar-u Dorog‘a bormasmiz”
 
misralarida aks 
etgan qanoat tuyg‘usiga to‘xtaling.
MUSADDAS
Sayding

qo‘yaber, sayyod
6
, sayyora ekan mendek,
Ol domini
7
bo‘ynidin, bechora ekan mendek,
O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nigun
8
, baxti ham qora ekan mendek,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek,
Kes rishtanikim: qilsun chapaklar otub jasta,
Hajrida alam tortib, bo‘ldi jigari xasta.

Kamzarofat – bu yerda nopok ma’nosida; 
2
A’do – yovlar; 
3
Juz – bo‘lak, qism; oz, 
mayda; 
4
Fard – bitta, biror; yakka, yolg‘iz; 
5
Sayd – ov; 
6
Sayyod – ovchi; 
7
Dom – tuzoq; 
8
Nigun – egilgan, bukilgan.


122
Tog‘larg‘a chiqib bo‘lsun yori bilan payvasta,
Kel, qo‘yma balo domi birla oni pobasta,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Besh kun seni davringda bechora xirom
1
etsun,
Ohular ila o‘ynab, ayshini mudom etsun,
Yomg‘ur suvi to‘lganda, tog‘ lolani jom etsun,
Haqqingg‘a duo aylab, umrini tamom etsun,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Tog‘da ochilib lola, yer sabza bahor o‘lsa,
Oxir bu nechuk bedod
2
, olam anga tor o‘lsa,
Chiqmay desa joyidan, uzlatda
3
figor
4
o‘lsa,
Gar chiqsa banogohi domiga duchor o‘lsa.
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Sargashta bu vodiyda bir boshig‘a rahm etgil,
Yoq toqati bandingga, bardoshiga rahm etgil,
Rahm etmasang o‘ziga, yo‘ldoshiga rahm etgil,
Yig‘lab senga termulur, ko‘z yoshig‘a rahm etgil,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Bechorani zulm aylab, qo‘l, bo‘ynini bog‘labsan,
Har sori chekib-sudrab, o‘ldurgali chog‘labsan,
Ko‘ksini jafo birla lola kabi dog‘labsan,
Sot menga, agar qasding olg‘uvchi so‘roqlabsan,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Yo‘q hushi, pari tekkan devonag‘a o‘xshaydur,
Ko‘z yoshi yana to‘lgan paymonag‘a o‘xshaydur,
1
Xirom – yurishi; 
2
Bedod – zulm; 
3
Uzlat – yolg‘izlik; 
4
Figor – yarali.


123
G‘am seli bilan ko‘ngli vayronag‘a o‘xshaydur,
Furqatda bu Sa’dullo hayronag‘a o‘xshaydur,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.


Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə