Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Imom Buxoriy hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumotga 
ega bo‘ldingiz. Shu bilganlaringiz asosida bu zotning insoniyat 
oldi dagi xizmatlari haqida mushohada yuriting.
2. Boshqalarga yaxshilik qilish mavzusida hadis toping va uning 
mazmuniga mos keladigan maqol, she’riy parcha yoki 
ajdodlarimizning hikmatlaridan topishga harakat qiling.


132
3. Oilaviy kutubxona, axborot-resurs markazlarida saqlanayotgan
kitoblardan yoki internet tizimidan foydalangan holda Imom 
Buxoriy hayoti haqida qo‘shimcha ma’lumotlar toping. Ularni 
do‘stlaringiz bilan o‘zaro o‘rtoqlashing, ma’lumot almashing.
4. Oilangiz yoki do‘stlaringiz davrasida Imom Buxoriy hayoti va 
hadislar to‘g‘risida suhbat quring. 
HADISLARDAN NAMUNALAR
ONANI rOzI QILISH HAQIDA
Bahz ibn Hakim (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bo-
bosi aytdi: “Rasulullohdan: “Ey Rasulalloh, men yaxshiligim-
ni kimga qilsam bo‘ladi?” — deb so‘radim. “Onangga”, dedilar. 
Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh: 
“Onangga”, deyaverdilar. To‘rtinchi marotaba so‘raganimda: 
“Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga”, dedilar”.
OtA-ONA HAQINI ADO QILISH HAQIDA
Abu Muso Ash’ariy (r.a.)ning o‘g‘li Abu Burda (r.a.)ning aytish-
laricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) bir yamanlik odam o‘z onasi-
ni opichlab, xonayi Ka’bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. U 
odam quyidagi baytni ohang bilan o‘qirdi: 
Onayi zorim uchun bo‘ynimni eggan tevaman, 
Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam. 
U shuni o‘qib turib Abdullohga qaradida: “Ey Abdulloh ibn 
Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila 
olma dimmi?” — deb so‘radi. “Yo‘q, bu xizmating seni tug‘ish 
vaqtida onangni qiynab tutgan to‘lg‘oqlarining bittasiga ham 
barobar emas”, — dedi. Keyin Abdulloh ibn Umar (r.a.) xonayi 
Ka’bani tavof qildilar va maqomi Ibrohimga borib, ikki rakat 
namoz o‘qib olib, menga qarab: “Ey, Abu Muso Ash’ariyning 


133
o‘g‘li! Mana shu yerda o‘qiladigan ikki rakaat namoz o‘zidan il-
garigi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, dedilar”.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə