Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


ODAM OtA-ONASINI HAQOrAt QILMAYDI



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

ODAM OtA-ONASINI HAQOrAt QILMAYDI
Abdulloh ibn Amri rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallo-
hu alayhi vasallam: “Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri 
ota-ona 
si 
ni haqorat qilmoqdir!” — dedilar. Shunda: “Yo 
Rasululloh, odam o‘z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog‘i 
mumkin?” — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: “Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini 
haqorat qilgan bo‘lur”, — deb javob qil dilar”. 
QArINDOSH-UrUg‘LArIgA MeHr-OQIBAtLI ODAMNINg 
rIzQI ULUg‘ BO‘LMOg‘I HAQIDA 
Abu Hurayra raziyallohu anhu: “Men Rasululloh sollallo-
hu alayhi vasallamning “Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin 
desa, qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!” deganlarini 
eshitganmen”, — deydilar. 
BeMOrLIK KAFFOrAtI VA ALLOH tAOLO NINg 
“KIMNINg QILMISHI YOMON erSA, JAzO tOrtg‘USIDIr!” 
DegAN KALOMI SHArIFI XUSUSIDA
Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zav-
jalari Oyisha onamiz raziyallohu anho bunday degan erkanlar: 
“Musulmon kishiga yetadirgan har bir musibat, hattoki badani-
ning biror yeriga kirgan tikan ham, uning gunohiga kafforat 
bo‘lg‘usidir”.
* * *
Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, 
Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday debdir-
lar: “Mo‘min odam balo-qazolarga toqat etmoqlikda sabza gi-
yoh monanddir. Chunkim mo‘min har tarafdin shamol esganda 
egilib, so‘ng yana qaddini tiklab olg‘uvchi sabza giyoh yanglig‘ 


134
balo-qazolarga chidab, yengilmag‘aydir. Fojir (osiy) odam ersa, 
mo‘rt arz (kedr) og‘ochi
1
kabidir, Alloh taolo uni, istasa, birdani-
ga sindira olur!”.
* * *
Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, 
Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday degan er-
kanlar: “Alloh taolo qaysi bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa, 
o‘shanga biror musibatni yuborgaydir”.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə