Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


III bob. O‘zbeK ADAbIYOTI — RUHIY TARbIYA VOSITASI



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

III bob. O‘zbeK ADAbIYOTI — RUHIY TARbIYA VOSITASI
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 
19-sen tabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan 
nutqidan.
 


130
dosh olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga 
hech shubha yo‘q. Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi 
tarbiyasida o‘sgan. U yoshligidan aql-idrokli, o‘tkir zehnli va ma’rifatga 
havasi kuchli bo‘lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo‘r qiziqish 
bilan egallaydi. 
Manbalarda ko‘rsatilishicha, u o‘n yoshidan boshlab o‘z yur-
tidagi turli rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shu ningdek, Abdulloh 
ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to‘plamlarini mutolaa 
qilib, yodlagan, ustozi Shayx Doxiliy bilan hadis rivoyatchilari haqida-
gi qizg‘in bahslarda qatnashgan. 825- yili o‘n olti yashar al-Buxoriy 
onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo‘l tutadi, muqaddas sha-
harlar Makka va Madinani ziyorat qiladi. Olti yil Hijozda yashab, hadis 
ilmi dan o‘z bilimini yanada oshirish maqsadida o‘sha paytda ilm-fan-
ning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, 
Bag‘dod kabi shaharlarda yashaydi. U joylardagi mashhur olimlar-
dan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta’lim oladi, yirik olimlar 
davrasida il miy bahslar-u munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga 
dars ham beradi. Imom al-Buxoriy hayotining ko‘p qismi xorijiy ellar-
da, musofirchilikda o‘tadi. 
Yana bir vatandoshimiz termizlik mashhur muhaddis Abu Iso 
at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird, ham safdosh hisobla nib, ular-
ning o‘zaro munosabatlari ibratli bo‘lgan. Uzoq yillar Sharqning tur-
li-tuman mamlakatlariga safar qilgandan keyin umrining oxirlarida 
al-Buxoriy besh (863–868) yil Nishopurda ya shab, madrasada hadis 
ilmidan dars bergan. O‘sha paytda Nishopur musulmon Sharqidagi 
eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli ko‘p mashhur 
olimlar shu shaharda to‘plangan edilar. Al-Buxoriyning at-Termiziy bi-
lan uchrashuvi ham Nishopurda yuz berib, diyorimizdan chiqqan ikki 
mashhur muhaddis o‘rtasida unutilmas, qizg‘in ilmiy bahslar, ko‘pdan-
ko‘p ijodiy, do‘stona uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. At-Termiziyning 
yozishicha, u o‘z asarlari uchun ko‘p ma’lumotlarni al-Buxoriy bi-
lan uchrashuvlaridan olgan. Shu bilan birga al-Buxoriy ham at-Ter-
miziyning bilimini yuqori baholab: “Men sendan ko‘rgan foyda sen 
mendan ko‘rgan foydadan ortiqroq”, deb unga nisbatan chuqur hur-
matini bildirgan. At-Termiziy o‘z ustozi va safdoshi al-Buxoriyni butun 


131
umri davomida hurmatlab, unga samimiy sadoqatda bo‘lgan. Arab 
tarixchisi Shamsuddin az-Zahabiyning “Tazkirat ul-Hufoz” (“Hofizlar 
haqida tazkira”) nomli asarida yozishicha, at-Termiziy o‘z ustozining 
vafoti tufayli qattiq qayg‘uga botib “ko‘p yig‘laganidan hatto ko‘zlari 
ko‘r bo‘lib qolib, uzoq yillar ko‘zi ojiz holda yashadi”.
Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o‘zining go‘zal xulq-at-
vori, odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi 
bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan. U zehni o‘tkirligi va yod-
lash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g‘oyat shuhrat qo-
zongan. Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod 
bilgani qayd qilingan.
Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, o‘z vatani Buxoroda ko‘plab 
shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul 
bo‘ladi. Ko‘pchilik uni hurmat qilgan, ammo ba’zi hasadgo‘y, qora ni-
yatli kishilar al-Buxoriyni ko‘rolmas edilar. Natijada, hasadgo‘ylar-
ning xatti-harakati tufayli Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy 
bilan al-Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab shuki, amir 
olimdan huzuriga kelib “Al-jome’ as-sahih”, “At-ta’rix” kitoblarini o‘qib 
berishni talab qiladi. Lekin al-Buxoriy “Men ilmni xor qilib, uni hokim-
lar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo‘lsa, o‘zi izla-
sin. Lekin Alloh oxi rat kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilgani 
uchun meni kechiradi”, degan javobni aytadi. Amirga javob yoqmay, 
fitnachi, bo‘htonkor shaxslarning gapiga kirib al-Buxoriyga shaharni 
tark etishni buyuradi. Shundan keyin al-Buxoriy Samarqandga qa rab 
yo‘l oladi. Birmuncha muddat Xartang qishlog‘ida o‘z shogirdlari va 
qarindosh-urug‘larinikida yashagandan keyin og‘ir kasalga chalinib, 
hijriy 256- yil (melodiy 870- yil 1- sentyabr) 60 yoshida vafot etadi va 
shu yerda dafn qilinadi.


Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə