Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


dashtga olib chiqishadi va uni o‘ldirish maqsadida  quduqqa tashlab



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 
dashtga olib chiqishadi va uni o‘ldirish maqsadida 
quduqqa tashlab
 
yuboradilar. Ukalarining yechib olingan ko‘ylagini 
qonga botirib, otalariga: “Yusufni bo‘ri yeb ketdi”, — deb ko‘rsatadi-
lar. Ya’qub alayhissalom o‘g‘li qaytib kelguncha necha yillar davomi-
da ayriliq tufayli kecha-kunduz qon yig‘laydi.
 
Demak, shoir: “Ey yor, 
o‘zingni yiroq qilib, meni ayriliqda qiynamagin”, — degan fikrni ifoda
-
lash uchun Ya’qub va Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatga isho-
ra qilmoqda. She’riyatda tarixiy voqea va shaxslar, adabiy qahra-
monlarga ishora qilish 
talmeh
 
(arabcha “nazar solmoq”

san’ati deb 
yuritiladi. 
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,
Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda.
Bu baytda barcha gap bo‘laklari o‘z joyida. Faqat “uzmasmen” 
bilan “ko‘ngulni” so‘zlarining o‘rni almashgan xolos. Gap nima uchun 
baytning birinchi misrasida yorga: “Uzun sochingdan ko‘ngulni uz-
mayman”, — degan oshiq ikkinchi misrada: “Ayog‘ing qayerda bo‘lsa, 
boshim o‘sha yerda”, — deyotgani sababini aniqlashda. Bu gaplar-
ning bir-biriga qanday bog‘liqligi bor? Ma’lumki, mumtoz she’riyatda 
ma’shuqa sochlari uzunligidan uning oyog‘igacha tushib turishi tas-
virlanadi. Xalq orasida uzun sochli ayollarga nisbatan “sochi tovoni-
ga tushadi” degan ibora qo‘llanishini ham eshitgandirsiz, hoynahoy. 
Buning ustiga, qadimda qushlar qildan yasalgan tuzoq bilan ovlan-
gan. Oshiqning ko‘ngil qushi ham ma’shuqaning sochidan qilingan 
to‘rga ilingan, albatta.
Demak, ko‘ngilni bog‘lab olgan soch oyoqqacha tushar ekan
shu sochga shaydo bo‘lib, uning domiga tushgan oshiqning boshi 
yana qayerda bo‘lsin!? Shuningdek, ikkinchi misra ning “Sen qayerda 
bo‘lsang, men ham o‘sha yerdaman” degan ma’nosi ham bor. Oshiq 
ko‘ngli yorning uzun sochlariga bog‘langan va bu bog‘liqlik uzilmas 
ekan, u ma’shuqaning izidan qolmaydi. 


128
“Uzun” va “uzmasman” so‘zlari o‘zakdoshlarga o‘xshab keta-
digan “uz” so‘zi bilan boshlanib, baytga ajib ohangdorlik bag‘ishlay-
di. Ayni paytda, bu ohangdorlik shu so‘zlar ifodalayotgan ma’noni 
kuchaytiradi ham. She’rda o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə