Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

ishtiqoq
(arabcha “so‘zdan so‘zni ajratish” ma’nosida) tasvir vositasi hisobla-
nadi. Shu g‘azalning uchinchi baytidagi “Chu jonimdan aziz jonona 
sensen” misrasida qo‘llangan “jon” va “jonona” so‘zlari o‘zakdosh 
bo‘lib, ishtiqoqni hosil qilgan. Tahlil etilayotgan g‘azalning “Ayog‘ing 
qanda bo‘lsa, boshim anda» misrasidagi “ayoq” va “bosh” o‘zaro qa-
rama-qarshi ma’noli (antonim) so‘zlardir. She’rda bu xildagi qarshi-
lantirish asosiga qurilgan badiiy tasvir vositasi 
tazod
(arabcha “zid 
qo‘yish” ma’nosida) deyiladi. “Ko‘ngul olding, begim, yoshurmog‘ing 
ne?” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalda boshqa bir she’riy san’atni 
uchratish mumkin:
Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum,
Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne?
Ko‘ngul shishasida mehring mayidir,
Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne?
Xalq orasida “qoni qaynadi” degan ibora bor. U iztirob tufay-
li tuyg‘ulari junbishga kelgan kishi holatiga mos keladi. Avvalgi bayt-
da oshiq yorga qarata “La’ling (labing) raqiblarga tabassum qilyapti, 
g‘ussadan (mening) qonimni toshirmog‘ing (qaynatganing) nimasi?” 
demoqda. Keyingi baytda oshiqning ko‘ngli shishaga, yorga muhab-
bati esa mayga mengzatilgan. Ma’shuqaning jafo qilishini ana shu 
ishq mayi quyilgan ko‘ngil shishasiga tosh urishga o‘xshatilmoqda. 
“Toshurmoq“ hamda “tosh urmoq” so‘zlari omonim (shakldosh) so‘z 
ekanligini payqagan bo‘lsangiz kerak. She’rda shakldosh so‘zlarni 
qo‘llash orqali san’at yaratish 
tajnis
(“jins dosh” ma’nosida) deyiladi.
Eslab qoling: mumtoz she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan “shisha”, 
“ko‘za”, “ayog‘” (idish), kosa kabi timsollar zamirida, aksariyat hollar-
da, 
ko‘ngul
 
(qalb, yurak) tushunchasi, “may”, “sharob”, “boda” so‘zlari 
ostida 
ishq, muhabbat, mehr
ma’nolari yashiringan bo‘ladi. Demak, 
ular ramziy

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə