Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Matla’dagi “Kashmir”, “mas’hur”, “jodu” va “tasxir” so‘zlari orasida-
2. gi ma’noviy bog‘liqlikni sezyapsizmi? Izohlang.
3. Kechasi bilan tiriklik suvi qaynab chiqadigan buloq bo‘yida tuna- 
4. gan oftobning tongdan ma’shuqa boshidan zarra-zarra zar (nur)
5. sochishini qanday sharhlaysiz?
1. Ma’shuqa tasvirlangan baytlarni sharhlab, uning portretini 
2. tasvirlab bering.
3. Oshiq va ma’shuqa dialogini tahlil qiling, sakkizinchi baytdagi 
4. mutoyibani tushuntirishga harakat qiling.
5. Maqta’dagi “Furqat” so‘ziga diqqat qiling. U qanday ma’nolarda 
kelyapti? 
1
Juvon-u pir – yosh-u qari; 
2
Sahv – xato.


125
Nazariya ma’lumot
G‘AzALDA bADIIY TASVIR VOSITALARINING O‘RNI 
Adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu 
san’at turi haqidagi ilm adabiyotshunoslikdir. Quyi sinflardan o‘tmish 
adiblarning eng sara, tanlangan vakillari ijodini aks ettiruvchi mum-
toz adabiyot namunalari bilan tanishib kelmoqdasiz. Asosiy ijod shakli 
she’riyat bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha mum-
toz adabiyotshunoslik deyiladi. Mumtoz ada biyotshunoslik uch qism 
aruz ilmi, qofiya ilmi, badiiyat ilmi. Aruz she’rning vazni (o‘lchovi) 
haqida, ikkinchisi qofiya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko‘ra turlari 
to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arab-
cha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani. 
Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tu-
shunish uchun Atoyi gazallariga murojaat qilamiz:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
 Qizordi gul uyottin anjumanda.
Baytni tushunishni osonlashtirish uchun undagi gap bo‘laklarini 
odatdagi tartibga keltirib olamiz hamda misralarda ochiq ishtirok et-
may, yashirin kelayotgan bo‘laklarni qavs ichida beramiz: (Men) ch-
amanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni 
chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi.
Endi o‘ylab ko‘ring, oddiy til bilan aytganda, shoir nima demoq-
chi o‘zi? Bilib turganingizdek, u: “Mening yorim juda ham chiroyli”, 
— deyapti, xolos. Ana shu oddiy fikrni shoirona badiiy ifodalamoqda. 
Tahlilda Siz xayolga, fikrlaringizga erk bering, tasvirlangan lavhani, 
matnni kengaytirib oling. Yuqoridagi baytni quyidagicha sharhlash 
mumkin: gullar yig‘ini — anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal 
menman”, — deya maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z 
ma’shuqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta go‘zalroq jamol 
egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, 
qiza rib ketdi va shundan keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. Ko‘rib 
turganingizdek, shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. Demak, 
baytda 
jonlantirish
san’ati qo‘llangan. Bu tasvir vositasi mumtoz 


126
ada biyot ilmida 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə