Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)


Savol va topshiriqlar:
1. Furqat umr yo‘lining qaysi jihatlari uning ijodida aks etganligini
so‘zlang.
2. Shoirning ma’rifatchilik yo‘nalishidagi asarlari vujudga kelishi 
omillarini ayting. 
3. Furqat she’riyatidagi g‘urbat tushunchasi qanday ma’nolarni 
anglatishi to‘g‘risida fikrlaringizni bildiring.
G‘AzALLAR
Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar,
Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar
1
.
1
Abri nayson – ko‘klam buluti. 


116
Nastaran

yuvib yuzni, yosuman
2
tuzib o‘zni,
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshti olamg‘a, 
Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar
3
.
Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah,
Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar.
Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin, 
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar
4
.
Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan
5
,
Kiydi ko‘k qilib sunbul zulfini parishonlar.
Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog‘imkim,
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.
* * *
Furqatning 
„Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar“ 
g‘aza-
li – tabiat lirikasining namunasi. Unda ko‘klam kelishi bilan tabiat-
da ro‘y berayotgan go‘zal o‘zgarishlarni g‘oyat sinchiklab kuzatgan 
shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Birinchi baytda shoir bahor 
kelib, zimistonlar ketgan ekan, do‘stlarini g‘animat bu damlarda gulis-
tonlarda sayr etishga chaqiradi.
Mumtoz adabiyotda uzoq intiq kutib, orzuga yetgan damlar-
dan oldingi intizorlik davrini qorong‘ulik sifatida tasvirlash o‘ziga xos 
an’ana. Masalan, Navoiy Farhodning tug‘ilishini “Shabistonida tug‘di 
bir yangi oy” deb tasvirlaydi. Misrada “shabiston” so‘zi xoqonning 
o‘g‘il ko‘rguncha bo‘lgan davrdagi farzandsizlik hasratida o‘tkazgan 
yillarni ifodalaydi. Ogahiy bahor kelgunga qadar hukm surgan azobli 
qish kunlarini soyaga mengzaydi: “Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z”. 
Shuning uchun ham shoir o‘tkinchi umrni go‘zallik qo‘ynida ezgulik 
bilan kechirishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o‘tkinchi 
1
Nastaran – gul turi
2
Yosuman (jasmin) – gul turi; 
3
Biyobon – dast, cho‘l; 
4
Giribon – 
yoqa;
 5
Savsan – gulsafsar, qo‘g‘agul.


117
– “g‘animat”. Matla’dan so‘ng shoir o‘zini muvozanatdan chiqargan, 
hayajonga solgan ko‘klam manzarasini chizishga tutinadi. Ko‘z ol-
dingiz da dilbar bahor tongining latif manzarasi namoyon bo‘ladi: sub-
hiy shabnamlardan ko‘m-ko‘k maysalarning yashnab turishi, bahor 
buluti onda-sonda tashlab turgan tomchilar va Yaratganning san’ati-
ga lol-u qoyil oshufta ko‘ngil... O‘zbek tilining ifoda imkoniyatlaridan 
mahorat bilan foydalangan shoir shunchaki axborot berib qolmay, 
g‘azalxonda kuchli his-tuyg‘u uyg‘otishga erishadi: 
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, 
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar.
Furqat ko‘klam manzarasini o‘z holicha tasvirlamaydi, uni jon-
lantiradi. U atrofdagi har bir unsurni – masalan, nastaran, yosuman 
va nargis gullarini dilga yaqin kishiga munosabati nuqtayi nazari-
dan tasvirlaydi. Ularda „yoronlar“, ya’ni yor-jo‘ralarga intizorlik, intiq-
lik ko‘radi. Kishi ko‘zini quvontirayotgan bahoriy ko‘katlar shunchaki 
go‘zal emas, balki yaqinlarni kutib olishga hozirlik ko‘rayotganligi sa-
bab go‘zaldir: 
Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, 
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. 
Ko‘klamning eng sara chechaklari sara odamlar – yoronlarni 
kutib olishga hozirlik ko‘rishadi. Furqat tabiatni tinimsiz harakatda 
ko‘rsatadi. Ko‘klam manzarasi, undagi o‘zgarishlarni, almashinishlarni 
jonli tasvirlaydi:
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga, 
Tog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar.
Tabiat go‘zalligiga oshufta lirik qahramon uygo‘q bir saharda 
chaqmoq chaqdi – butun olamga o‘t tutashganday bo‘ldi. Ketidan 
momaqaldiroq gumburlab tog‘lar larzaga keldi, biyobonlarni titratib 
yubordi. Shoir jonlantirish orqali g‘oyat go‘zal lavha yaratgan. 


118
She’rning beshinchi baytida qo‘llangan taqlidiy so‘zlar g‘azal 
musiqiyligini oshirgan, oldingi misralarni kuchaytirishga, yangi tafsilot-
lar bilan mustahkamlashga xizmat qilgan. Unda jonli narsalar holati 
tilga olinadi. Furqatdan oldin o‘rganilgan siymo – Ogahiyning ishqiy 
g‘azallari tahlilida ko‘rildiki, maqta’dan oldingi ikki bayt ijtimoiy, falsafiy 
mazmun kasb etardi. Sakkiz baytli mazkur she’rda ham oltinchi bayt-
dan g‘azalga ijtimoiy ma’no kirib kela boshlaydi:
Bulbul o‘qug‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.
Baytda g‘unchaning gul bo‘lib ochilishi jarayoni husni ta’lil 
san’ati vositasida o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Husni ta’lil biror tas-
vir yoki holatni unga umuman aloqasi yo‘q boshqa narsa bilan dalil-
lash, yolg‘on bo‘lsa-da, chiroyli sabab keltirish. Ko‘klamning shundoq 
farahli ertasida bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo‘ngan 
gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yubora-
di. Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi (Aslida g‘un-
chaning yozilishi bulbulning nolasiga aloqasi yo‘q edi). Nima uchun 
bulbul subhidamda xazon faslini eslaydi? Buning sababi yettinchi 
baytda ochiladi. Chunki dunyodan vafo ahli kechganlar. Xalqimizdagi 
azadorlarning ko‘k kiyish udumidan shoir bu baytda unumli foydalan-
gan. G‘azalning maqta’sida shoirning vafo ahlining nohaq ranjitilishi
-
ga, qadr topmaganligiga kuyunchak munosabati aks etadi: 
Kuymasun bu savdodan ne uchun dimog‘imkim, 
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar. 
Albatta, adolatparvar shoir donolarning g‘ussa chekib, no-
donlarning shod yashashidan ozorlanadi va buni murakkab ramzlar 
vositasida jozibali ifodalaydi. Shoir o‘z davri uchun g‘oyat dolzarb 
bo‘lgan adolat va ma’rifat muammolarini faqat faslning go‘zalligini 
kuylashga bag‘ishlanganday tuyuluvchi she’rning zamiriga ustalik bi-
lan singdirib yuborgan. 


119
* * *
Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar hinodin lolarang,
G‘ozadin
1
yuzlarda tob-u
2
, o‘smadin qoshlar tarang.
Za’faroniy ko‘ylak uzra arg‘uvoniy
3
kamzihur,
Ro‘ymol og‘ushidin peshonaning ahvoli tang.
Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok
4
,
Qo‘l bilakuzukdin muzayyan
5
, nuqradin og‘izda chang.
Gavhar osqon halqalar siymin banogo‘shinda
6
band,
Ko‘rinur zulfi tunida subhi sodiqdek arang.
G‘amza birla o‘lturur, gah jilvalar birla yurur,
Turfa bir noz, ofarin, purishva tannoz-u satang.
Aql-u hush eltar agar tursa, paritek silkinib,
Odamizod ichra ham mundoq bo‘lurmi sho‘x-u sha’ng
7
.
Yo‘q qutulmoqliq manga ul ofati jon dastidin,
Qasdima qoshlar kamon, payvasta mujgonlar xadang
8
.
Ul parivash ishqidin goh telbadurman, goh sog‘,
Chunki bordur oramizda gohi sulh-u gohi jang.
Javrlarkim, Furqat, ul sho‘xi jafojo‘
9
ayladi,
Muncha bedod-u sitam qilmas musulmong‘a farang
10
.


Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə