Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. “Qotig‘roq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish”
misrasida ham qofiya, ham radif bo‘lib kelayotgan “qish” so‘ziga 
qanday badiiy vazifa yuklanganligini tushuntiring.
2. Ikkinchi baytda qishdagi nochor odamning holati berilgan tasvirni
izohlang.
3. Ushbu she’rni yozishdan Ogahiy qanday maqsadni ko‘zlagan deb
o‘ylaysiz?
Nazariy ma’lumot
LIRIKA HAqIDA 
Lirika – badiiy adabiyotning uch asosiy turlaridan biri. Bu ata-
ma yunoncha “lira” so‘zidan olingan. Lira musiqa asbobi bo‘lib, qa-
dimda she’rlar uning jo‘rligida aytilgan. Epik va dramatik turdan farq-
li o‘laroq lirika voqelikni emas, balki inson ichki olamining suratlari 
bo‘lgan ruhiy kechinma, his-tuyg‘ularni tasvirlaydi. Ayni paytda bu tur-
dagi asarlarning yaratilishida hayot hodisalarining ham o‘rni borligini 
ta’kidlash zarur. Negaki, odam ning tuyg‘ulari o‘z-o‘zidan qo‘zg‘olib, 
harakatga kelavermaydi. Unga ijtimoiy, siyosiy, maishiy yoki tabiiy ho-
disalar sabab bo‘ladi. Odam bekorga xursand bo‘lmagani kabi behu-
daga iztirob chekavermaydi. Hodisalar ruhiyatda kechinmalarga sa-
bab bo‘ladi, sabablar tuyg‘ularni ifodalashga turtki beradi va buning 
natijasida shoirlarning ong-u shuurida she’r tug‘iladi.
1
Afvoji — to‘dalar; 

Qoqimu sinjobu
 
 
kishdin — silovsin, olako‘zanak va qunduz teri-
sidan po‘stin.


109
Lirik asarlar, ya’ni she’riyatning qator o‘ziga xos xususiyatlari 
bor. Avvalo, lirik asarlar asosan she’riy shaklda yoziladi. She’riy shakl 
deyilganda, vaznga solinishi, qofiyalanishi, ma’lum satrlar yig‘indisi 
bo‘lmish bandlardan iborat bo‘lishi nazarda tutiladi. O‘zbek she’riyati-
da barmoq, aruz, erkin (sarbast) vaznlari keng qo‘llab kelinmoqda. 
Ikkinchisi, eng asosiysi, unda insonning ruhiy holat va kechinmalari 
qalamga olinadi. Uchinchisi, ko‘p hollarda poetik maqsad talabi bi-
lan inversiya (gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi)ga murojaat qilina-
di. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, shoirlarning ijodiy izlanishlari 
natijasi o‘laroq XX asr boshlaridan adabiyotimizda nasrdagi she’rlar 
(nasr dagi nazmlar, mansuralar) paydo bo‘ldi. Bunday she’rlar Fitrat, 
Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G‘afurov kabi 
shoirlar ijodida uchraydi. 
Lirik tur o‘z ichida janrlarga bo‘linadi. Janr ma’lum bir she’riy 
shaklni ifodalaydi. Masalan, mumtoz adabiyotda lirik turning g‘azal, 
ruboiy, tuyuq, masnaviy, murabba’, muxammas, tarje’band kabi bir 
necha shakllari, ya’ni janrlari bo‘lsa, boshqa xalqlar she’riyatida so-
net, oda, elegiya, oktava, xokku kabi janrlarni uchratamiz.
She’riy asarni baholashda unda 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə