Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


tashxis (shaxslantirish) san’ati deb ataladi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

tashxis
(shaxslantirish) san’ati deb ataladi.
 
Yana bir 
holat.
 
Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek, 
oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini
 
qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, 
albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi. 
Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin gulning 
uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q joydan shoirona 
lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga 
aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash 
husni ta’lil
(chiroyli 
dalillash) deyiladi.
 
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas onikim, qoldi qanda?
Avvalo, lug‘at yordamida notanish so‘zlar ma’nosi aniqlab olina-
di: tamanno qilmoq — orzu qilmoq;
 
la’l — lab, la’lning o‘zi qimmatba-
ho qizil toshdir; qanda — qayerda. Misralardagi gap bo‘laklarini odat-
dagi tartibga keltiramiz: Ko‘nglim la’l kabi qizil labingni orzu qilgan 
edi, (lekin hech bir) kishi labingning qayerda ekanligini bilmaydi. 
O‘ylang-chi, shoir ma’shuqaning labi qayerda ekanligini hech 
kim bilmasligini aytish bilan nima demoqchi bo‘lyapti? Sharq mum-
toz she’riyatida noziklik — go‘zallikning belgisi. Bu baytda “Yorning 
og‘zi juda ham tor”, — degan oddiygina fikr bildirilayapti. Lekin Atoyi 
uni shoirona tarzda yorning og‘zi shu qadar kichikki, kishi har qancha 
tikilsa ham labi qayerdaligini topa olmaydi shaklida ifodalamoqda. 
Yorning og‘zi tor degan ma’no bo‘rttirib, o‘ta kuchaytirib berilmoqda. 
Adabiyotshunoslikda juda bo‘rttirish yoki o‘ta kuchaytirib tasvirlash 
mubolag‘a
deyiladi.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda.
Baytdagi “baytul hazan”ni arabchadan so‘zma-so‘z tarjima 
qilsak, “g‘am uyi” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda kuchli iztirob
qayg‘u ma’nosi ifodalanmoqda. Baytda “Ey husni Yusuf (kabi yor), 
bukun sen meni Ya’qubdek qilib qayg‘u uyiga solib qo‘ymagin“ tar-
zidagi mazmun berilayotganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Misralardagi 
Yusuf, Ya’qub obrazlari ishora qilayotgan ma’noni tushungan kishi 
baytni to‘la idrok eta oladi.
 


127
Rivoyatga ko‘ra, payg‘ambar Ya’qub alayhissalomning o‘n bir 
o‘g‘li bo‘lib, kichik o‘g‘li husnda tengsiz Yusufni jonidan ortiq suyar
bir dam bo‘lsa ham oldidan jildirgisi kelmas ekan. Otasining Yusufni 
o‘zlaridan ortiq ko‘rayotganiga hasad qilgan o‘gay akalari uni o‘yna-
tib kelamiz deb

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə