Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


QO‘SHNICHILIKNINg AHAMIYAtI HAQIDA



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

QO‘SHNICHILIKNINg AHAMIYAtI HAQIDA
Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): “Hz. Jabroil 
qo‘shni haqiga
1
rioya qilish to‘g‘risida menga shu qadar ko‘p va-
siyat (toshpiriq) qildilarki, men uni hatto molimga ham merosxo‘r 
qilib qo‘ysalar kerak, deb o‘yladim”, — dedilar.
* * *
Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: Men Rasululloh (s.a.v.)dan: “Yo 
Rasululloh! Mening ikkita qo‘shnim bor, hadyani shulardan qay-
si biriga berishim kerak?” — deb so‘raganimda, “Qaysi bittasi-
ning eshigi senga yaqinroq bo‘lsa, o‘shanga berasan”, dedilar.
1
Qo‘shni haqi 

 qo‘ldan kelgancha unga yaxshilik qilish, masalan, hadyalar 
berish, ko‘rganda ochiq yuz bilan muomala qilish, ahvolidan xabar olib tur-
ish, iloji boricha moddiy yordam berishdan, agar moddiy yordam qo‘lidan 
kelmaganda, unga ozor beradigan ishlarni qilmaslikdan iborat. Rasululloh 
(s.a.v.) bergan ta’limotga ko‘ra, qo‘shnichilikda din va millat tanlanmaydi, 
barcha tengdir.


136
YAXSHILIKKA YAXSHILIK QILISH 
HAQIDA
Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): “Kim 
moddiy jihatdan birovga yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik 
qay tarilsin. Yaxshilik qilishga qurbi kelmasa, u kishini g‘oyibo-
na maqtasin, chunki maqtash tashakkur o‘rnida o‘tadi. Ammo 
u kishining yaxshiligini yashirsa, undan tongan, yaxshilikni bil-
magandek bo‘ladi. Kim o‘zida yo‘q narsani menda falon narsa 
bor deb maqtansa, ikki qavat kiyim bilan o‘ralgan hisoblanadi”, 
— dedilar.
YAXSHI XULQ SAMArASI
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): 
“Islom jihatidan saviyasi balandlaringiz xayrli bo‘lganidek, axloq 
jihatidan esa eng yaxshilaringiz xayrlidir”, dedilar.
* * *
Muoviya ibn Abu Suf’yon (r.a.) aytdilar: “Men Rasululloh 
(s.a.v.)-dan bir so‘z eshitdim. Shu so‘z tufayli Alloh taolo men-
ga manfaat yetkazadi. Rasululloh (s.a.v.): “Sen kishilar ning aybi 
va kam chiligini surishtirib yursang, ularni bu zib qo‘yasan”, de-
gan edilar. Shuning uchun men ularni buzib qo‘ymay deb kam-
chiliklarini tekshirib yurmayman”
1
.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə