Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Musaddasning to‘la matnini o‘qib, unda ifodalangan voqea maz-
munini so‘zlab bering. Unda qanday ruh, kayfiyat yetakchilik qiladi?
2. She’rda qaysi obrazlar ishtirok etmoqda? Ularga ta’rif bering.
3.
“O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek”
misrasini sharh-
lang. Nima uchun shoir sayd - ohuni o‘ziga o‘xshatayapti?
4. Sayd obrazi she’rda faqat ovlangan ohuni ifodalaydimi yoki 
ramziy ma’nosi bormi?
5. Sayyod obraziga munosabat bildiring. U kimlarning timsolini 
gavdalantiradi?
6. Lirik qahramon Sizda qanday taassurot qoldirdi? Ohuga 
munosabatiga ko‘ra uni o‘zingizga yaqin sezyapsizmi?
7. Ushbu she’rga Siz qanday nom (sarlavha) qo‘yardingiz?
KASHMIRDA
Bir qamar siymoni ko‘rdim baldai Kashmirda,
Ko‘zlari mas’hur-u
1
yuz jodu erur tasxirda
2
.
Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob,
Subh kelgach kecha yotib chashmai Iksirda
3
.
Bir ko‘rib chohi zaqan Horut ila Morut
4
ikov,
Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda.
Lam’ai
5
quyg‘och ko‘zidin aning barqi nigoh,
Tezlik javharlari gar bo‘lsa har shamshirda.
1
Mas’hur – joduli; 
2
Tasxir – zabt etish, qo‘lga olish; 
3
Iksir – jannatdagi bir buloq; 
4
Horut 
va Morut – rivoyatga ko‘ra ko‘kdan ingan farishtalar bo‘lib, gunohlari uchun Bobil qu-
dug‘iga tashlanganlar; 
5
Lam’a – porlagan nur.


124
Qoshi uzra xolining asroridin bir nuqtadur,
“Surayi Nun” o‘qudum payvasta har tafsirda.
Forig‘ ermas hech kim ul dilraboning ishqidin,
Zulfiga dilbastalig‘ har bir juvon-u pirda
1
.
Aytdim: “Ey jon ofati, zulfingga bo‘lmishman asir!”
Aydi: “Bu savdoni qo‘y, umring o‘tar zanjirda!”
“Nuqta lab ustida bejodur”, — dedim, aydi kulib:
“Sahv
2
qilmish kotibi qudrat magar tahrirda”.
Aydi: “Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?”
Man dedim: “G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda!”


Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə