Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

nima
va 
qanday
aytilayotgani 
g‘oyat muhim sanaladi. Buni quyidagi bayt tahlili bilan tushuntiramiz:
Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,
Kelsun, yuzumni evursam, balo manga. (Bobur)
Baytda lirik asarga xos barcha xususiyatlar jamlangan. She’riy 
shaklda, ya’ni vaznga solingan (aruz o‘lchovida), qofiyalangan (beva-
fo – balo). Shuningdek, “keltursa” fe’li sintaktik vazifasiga ko‘ra kesim 
bo‘lib kelayotgan bo‘lsa ham, gapning oxirida emas, boshida kelmoq-
da. Ega va boshqa bo‘laklar undan keyin joylashgan, demak, inver-
siya bor. 
Voqelik – lirik qahramonning ishqqa giriftor bo‘lishi va ma’shu-
qaning bevafoligi. Lekin she’rda mazkur holatni bayon qi lish asosiy 
maqsad emas, balki ishq tufayli oshiq boshiga tushgan ichki iztirob-
larni tasvirlash muhim. Ma’shuqaning bevafoligi tufayli oshiq ichki qiy-
noqlar girdobida qoladi (yuz balo boshiga kelayotgan oshiq holatini 
tasavvur qiling). Ko‘rayotgan shuncha jafosiga qaramay oshiqning ke-


110
chinmalari – ko‘ngilda bergan qarori o‘zgacha. Jafo qiluvchiga (yorga) 
gina-kudurat qilmaydi, yozg‘irmaydi, undan voz kechmaydi, aksincha, 
u keltirayotgan balolarga quchoq ochadi. Sababi oddiy: suyuklidan 
kelayotgan azoblar ham sevimli. Bu, yuqorida ta’kidlanganidek, 
ni-
mani 
aytilayotgani. 
Endi, shu kechinma va tuyg‘ular 
qanday
aytayotganiga e’tibor 
qaratamiz. Birinchi va ikkinchi misralardagi “yuz” so‘zlari omonim 
(yuz soni va inson tanasining qismi) bo‘lib, ularning qo‘llanilishi taj-
nis san’atini yuzaga keltirmoqda. Ikkinchi misradagi “yuz” so‘zini ikki 
ma’noda tushunish mumkin: birinchisi, yordan kelayotgan balolardan 
yuzimni o‘girsam, menga balolar bo‘lsin ma’nosida. Ikkinchisi, birinchi 
misradagi “yuz balo” iborasidagi “yuz”ni ayirsam, menga qolgani balo 
bo‘ladi ma’nosida.
Keyingi “yuz” bir o‘rinda qo‘sh ma’noni berayotgani iyhom 
san’atini hosil qilmoqda. Ayni paytda baytni yaxlit holda a) to‘rtta gap-
dan; b) uchta gapdan iborat murakkab qo‘shma gaplar tarzida tahlil 
qilsa bo‘ladi. 
To‘rtta gap tarzidagi tahlili: 1) o‘sha bevafo menga yuz baloni 
keltirsa; 2) kelsin, ya’ni o‘sha balolar kelaversin (to‘liqsiz gap); 3) agar 
balolardan yuzimni o‘girsam (nomustaqil kesimli gap); 4) balo manga 
bo‘lsin. 
Uchta gap tarzidagi tahlili: 1) o‘sha bevafo menga yuz balo-
ni keltirsa; 2) agar ulardan yuzimni o‘girsam; 3) menga balo kelsin. 
Ikkinchi misra boshidagi “kelsun” misra oxiridagi ega va to‘ldiruv-
chidan iborat “balo manga” uchun kesim vazifasini o‘tamoqda.
Ko‘rinadiki, lirikada nimaning qanday aytilayotganini tahlil qilish 
uning san’at asari sifatidagi qimmatini, o‘ziga xos badiiyatini, shuning-
dek, shoir mahoratini ochishning omili bo‘lib xizmat qiladi.


111

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə