Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


“Mushkin qoshini hay’ati ul chashmi jal-



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

“Mushkin qoshini hay’ati ul chashmi jal-
lod ustina, Qatlim uchun nas keltirur “nun” eltibon “sod” ustuna».
Arab alifbosida “nun” qoshga, “sod” ko‘zga o‘xshashligidan foy-
dalanib, shoir yor go‘zalligining o‘ziga xos tasvirini yaratadi. “Nun” 
“sod”ning ustiga qo‘yilsa (ya’ni avval “nun”, keyin unga qo‘shib “sod” 
yozilsa), “nas”, ya’ni “hukm” so‘zi hosil bo‘ladi. Bu hukm (nas)ga ko‘ra 
oshiq qatl etilishi kerak. Chunki “nun”ga o‘xshash mushk rangli qora 
qosh bilan “sod”ga o‘xshash ko‘z o‘zlarining yor yuzidagi ko‘rinishi 


98
(hay’ati) bilan bu hukmni chiqarganlar. Ogahiygacha ko‘z-u qosh-
ni mazkur harflarga tashbih qilish, chashm (ko‘z)ni jallod de yish 
an’anaviy tasvir edi. Lekin harflardan so‘z yasab va uni mazmun
-
ga, tasvirga tatbiq etish – bu yangilik edi. Shoirning ko‘p g‘azallari-
da mana shunday yuksak badiiyatga yo‘g‘rilgan baytlar uchraydi. 
E’tiborli jihati shundaki, asosan ishqiy mavzudagi bunday g‘azallar 
bag‘riga falsafiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy mazmun ham ustalik bilan 
singdirib yuboriladi. Ba’zan g‘azallarda yor timsoli orqali, xususan, 
lirik qahramonning unga murojaatida shohga xos xususiyatlar aks 
etadi. Masalan: 
“Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u 
yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina»
 
yoki 
“Aylansun” radifli g‘azalidagi
Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig‘a bergil,
Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun
kabi baytlarda buni kuzatish mumkin. 
Shuningdek, shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari devondagi 
muxammas, musaddas, ruboiy, tarji’band va qasidalarida ham u yoki 
bu darajada o‘z aksini topgan. Xususan, “Dahr uyi bunyodikim, suv 
uzradur, mahkam emas” tarji’bandi tasavvufiy mazmunga yo‘g‘rilgan 
ijtimoiy-falsafiy ruhdagi asardir. Tarji’bandda dunyo omonat binoga, 
bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va 
insonni unga ko‘ngil berib, aldanib qolmaslikka chaqiradi.
“Qasidayi nasihat” esa Ogahiyning siyosat va davlatga muno-
sa bati, hukmdor fazilatlari va burch-vazifalari borasidagi mulohazalari 
bayon etilgan pandnomadir. Odatda qasidalarda biron-bir voqea yoki 
shaxs ulug‘lanadi, har tomonlama vasf qilinib, benuqson, ideal qiyofa-
da tasvirlanadi. Ogahiyning qasidasi esa odatdagi maqtovlar tizmasi-
dan iborat bo‘lib qolmadi. Shunga ko‘ra adib qasida vositasida ko‘pni 
ko‘rgan donishmand, umr mazmunini anglagan faylasuf sifatida yosh 
xonga nasihatlar qiladi, davlatni boshqarish san’atidan saboq beradi. 
“Qasidayi nasihat” adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning 
yorqin namunasi bo‘lib qoldi.
Ogahiyning kichik she’riy janrlar: ruboiy, tuyuq, ta’rix, fard kabi 
shakllarda ham benazir ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, musovi-


99
yattarafayn (ikki tomonlama teng, bir xil) shaklida yozilgan she’ri ada-
biyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan deyish mumkin. 
She’rni ikki xil – odatdagi yon tarafga hamda yuqoridan pastga tomon 
o‘qisangiz, bir xil matn hosil bo‘laveradi. Bu she’r bilan tanishing.
Ul sho‘xki
ochildi
xat-u
ruxsori
Ochildi
rayohinda
yuzi
gulnori
Xat-u
yuzi
besabr-u qarori
man man
Ruxsori
gulnori
man man
zori
Ogahiy salaflari Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy hamda Munis kabi 
mumtoz adabiyotimizning yorqin siymolari an’analarini davom ettirdi, 
rivoj lantirdi, yangi badiiy kashfiyotlar bilan boyitdi. Uning ijodi shoir lari-
mizning bir necha avlodi uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi.


Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə