Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Hikoyatning mavzusini aniqlang. Uni ijtimoiy hayot voqealariga
bog‘lab tushuntiring.
2. Hikoyatdagi obrazlar qanday insonlarni gavdalantiryapti deb
o‘ylaysiz? Ularning xatti-harakatiga munosabatingiz qanday?
3. Adolat tushunchasini izohlang. Kim, qachon va qayerda qanday 
adolat qilishi mumkinligi haqida fikrlaringizni bildiring?
HIKOYAT
Ayturlarkim, bir jamoat xaloyiq bir kishtiga
5
minib daryoga kirib 
erdilar. Nogoh bir muxolif yel turub, ul kishtini daryoga g‘arq qildi. Ul 
jamoatdin bir kishi taxtaga yobushub qirg‘oqqa chiqti va g‘arq bo‘lmoq-
din xalos bo‘ldi. Ondin so‘ng o‘zini bir obodonlikka yetkuroy deb borur 
erdi. Nogoh ko‘rdikim, yiroqdin bir shaharning qarosi ko‘rundi. Ul taraf-
ga jahd qilib borg‘ondin so‘ng ko‘rdikim, ul shahar ning jami’ odamlari 
chiqibdurlar va uni ko‘rgandin so‘ng uning tarafiga kela boshladilar. 
Alqissa, bu kishini eltib hammomga kiyurib, podshohona liboslar kiy-
durub, otga mindurub, o‘ng-so‘lindin beklar va arkoni davlat ko‘runush 
qilib, eltib, ta’zim va takrim
6
birla taxt ustida o‘lturgizdilar. Taqi pod-
shohona osh kelturub, shulonlar tortdilar. Ondin so‘ng arkoni davlat 
va beklar haram sari ishorat qildilar. Ul kishi taxt din tushub, haramga 
mutavajjih bo‘ldi
7
… (Shu tariqa to‘rt kun o‘tdi) Hosilkim, to‘rtinchi ha-
ramga ishorat qilg‘onda borib ko‘rdi, bir hurili qoyi yori sohib jamol, far-
xundafol
8
, noz masnadida sarafroz va husn taxtida sarvnozdek bo‘lub 
o‘lturubdur. Aning birla suhbati bisyor xush keldi. Andin so‘rdikim: ey 
1
Tavfiq – ko‘mak, yordam, bahramandlik; 
2
Bog‘i jinon – jannat bog‘i; 
3
Avsof – vasfar, 
ta’rifar;
4
Suluk – yo‘l; 
5
Kishti – kema; 
6
Takrim – ikrom; 
7
Mutavajjih bo‘lmoq – yuzlan-
moq; 
8
Farxundafol – baxtiyor.


94
yori aziz, dilpazir
1
va ey dilraboyi nogu zir
2
, man faqir kishi erdim, o‘z 
hojatim uchun bir jamoa xaloyiq birlan bir kishtiga minib, safar ixtiyor 
qilib erdim. Nogoh muxolif yel kishtini g‘arq qilib erdi. 
Ul jamoa barcha halok bo‘ldilar va man salomat qutulib, bu 
diyor ga tushtum ersa, bu turluk davlat manga muyassar bo‘ldi. Hech 
bilmasmankim, bu ne holdur. Bu mushkulni mang‘a hal qilg‘il. Ul pari 
chehra aydi: bu xaloyiqning dasturi
3
budurkim, har yilda saningdek bir 
g‘arib kishini podsho qilurlar va tarixini yozib saqlarlar. Yilkim tamom 
bo‘ldi ersa, ul kishini kishtiga solib, bir jaziraye
4
bordur, eltib, ul jazi-
rada qo‘yarlar. Taqi kelib, borcha xalq chiqarlar shahardin, dag‘i is-
tarlar: har qayda bir saningdek g‘aribni toptilar ersa keltirurlar. Dag‘i 
oni yana bir yilg‘acha podshoh qilurlar. Har yilda bularning dasturi bu-
turur.
...Filhol hukm qildikim, me’morlar va ustolar borib ul jazirada bir 
shahri-maqbul bino qil dilar. Andog‘ ehtimom qildilarkim
5
, olti oyda ul 
shahrning qal’a va bozor va evlari tamom mukammal bo‘ldi. Andin 
so‘ng muxtari’ot
6
birla xazoyin va dafoyin
7
va haramlarni daf’a-daf’a

ul shaharga yibordi. Uch oyda har matoki bor erdi, bu shahardin ul 
shaharga yibordi... Barcha xaloyiq o‘tru kelib, yuz shavq-zavq birlan 
ani eltib, masnadi aysh farog‘ ustida o‘lturg‘uzdilar va to tirik erdi, ul 
gulruh parichehralar birlan umr o‘tkardi.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə