Ona tili va adabiyoti



Yüklə 22,27 Kb.
tarix23.05.2022
ölçüsü22,27 Kb.
#87736
Ona tili va adabiyoti 22-may


ONA TILI VA ADABIYOTI
1. Quyidagi qaysi gapda vositasiz to‘ldiruvchi uyushgan?
A) Boshimizga kulfat va zahmatlarning aksari yomon tilimizdan, me’yordan ortiq so‘ylaganimizdan kelur.
B) Viqor deb kibr va g‘ururdan, manmanlikdan o‘z fe’lini saqlamoqqa aytilur.
C) Intizom deb ibodatlarimizni, ishlarimizni o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqqa aytilur.
D) Bizni gunohdan saqlaguvchi, harom-xarishdan nafsimizni asrovchi narsa faqat iffatimizdir.

2. Kimyoviy suv molekulasi bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan tashkil topadi. Bunday suv tabiatda uchramaydi va maxsus usul bilan hosil qilinadi. Ushbu gap nutq uslublarining qaysi turiga oid?


A) ilmiy B) rasmiy
C) badiiy D) publitsistik

3. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Mazkur gap haqidagi to‘g‘ri bo‘lmagan hukumni belgilang.


A) ergashgan qo‘shma gap
B) qismlari -sa shart mayli vositasida bog‘langan
C) hol ergash gap
D) ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gap

4. Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo‘naymiz. Ushbu gapda qaysi turkumga oid so‘zlar nisbatan ko‘proq?


A) ravish B) olmosh C) fe’l D) ot

5. Kampirning jig‘ibiyroni chiqdi // ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig‘irig‘ini ko‘tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. Gapda // belgisi o‘rnida qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?


A) tire B) ikki nuqta
C) nuqtali vergul D) vergul

6. O‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to‘g‘ridir, o‘rinsiz ko‘p vaysagan til shafqatsiz yovdir. Gapda nechta yasama so‘z bor va ularning asosi qaysi turkumlarga oid?


A) 4 ta; ot B) 4 ta; ot, sifat, fe’l
C) 2 ta; ot, sifat D) 3 ta; sifat, fe’l

7. Quyidagi qaysi gapda tarkibi beshta ko‘makchi morfemadan iborat so‘z qo‘llangan?


A) Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi.
B) Istiqlol unut bo‘lgan davlatchiligimizni tikladi, yo‘q bo‘lishga mahkum qilingan tilimizni, demakki, millatimizni asradi va aziz qildi.
C) Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma.
D) Sizning qistovingiz bilan ko‘nishga ko‘ndim-u, lekin o‘sha kundan beri o‘zimga kelolmayman.

8. Sizlar ketdingizlar-u, men bechora yetim boladek mung‘ayib qolaverdim. Ushbu gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zning sintaktif vazifasini belgilang.


A) hol B) kesim C) aniqlovchi
D) fonetik hodisaga uchragan so‘z qo‘llanmagan

9. Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap bo‘lagi vazifalarida kela oladi?


1) ega; 2) to‘ldiruvchi; 3) aniqlovchi;
4) kesim; 5) hol.
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4

10. Suhbatingizga sira to‘ymayman, chunki qalbingiz, tuyg‘ularingiz, muhabbatingiz ushbu qor singari beg‘ubor. Gapda fe’l kesim xususidagi noto‘g‘ri hukni belgilang.


A) o‘ziga uyushiq bo‘lakni tobelantirgan
B) mustaqil kesim vazifasida kelgan
C) ikkita gap bo‘lagiga nisbatan hokim bo‘lak vazifasini bajargan
D) bosh gapning kesimi bo‘lib kelgan

11. Odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik; saxovat, himmat kabi ma’nolarni ifodalovchi so‘zni belgilang.


A) muruvvat B) shijoat
C) ma’rifat D) bardosh

12. M: «K?» qolipidagi gap berilmagan qatorni toping.


A) Donodan so‘radilar: «Ey donishmand, kishi uchun eng yaxshi narsa nima?»
B) Yana so‘radilar: «Unda bu xislat bo‘lmasa-chi?»
C) Ha, ishlayapsizmi? – deb so‘rabdi.
D) Olimjon dedi: “Qo‘chqor aka, shu xona mengami?”

13. Qaysi qatorda ovqat so‘zining «odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosi berilgan?


A) ne’mat B) xo‘rak C) oziq D) taom

14. Quyidagi qaysi qatorda metafora usulida ma’no ko‘chmagan?


A) Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga Tunda qo‘ngan shabnam aridi.
B) Mana bu bolalarga tut qoqib bering.
C) Shirmonxon ixtiyoriga bo‘ysunmay oqayotgan ko‘z yoshlarini dastro‘moliga artar ekan, yana xatga termildi.
D) Ichingga kir to‘lmasin, Dil yaprog‘ing so‘lmasin.

15. Quyidagi qaysi gapda ko‘makchi qo‘llanmagan?


A) Avval o‘yla, keyin so‘yla.
B) Bu kitob qo‘liga tushgandan keyin bosh ko‘tarmay mutolaaga tushdi.
C) Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim.
D) Devor usti yomg‘irdan iviy boshladi.

Matnni o‘qing va savollarga javob toping.


Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida bir tabibning hovonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
– Behad gunohkorman, – debdilar, – shu kasalimga qarshi doring bormi?
Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi:
– Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb hovonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovul qil. Ko‘rasan, xastaligingdan asar ham qolmaydi!
Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar:
– Yo Rabbim! Bu dunyo xastaxonasida ne-ne tabiblaring bor!
(“Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so‘zlar” kitobidan)
16. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosini toping.
A) chaymoq B) to‘ldirmoq
B) aralashtirmoq D) olmoq

17. Gapda yordamchi so‘z turkumiga oid nechta birlik qo‘llangan?


A) 8 ta B) 6 ta C) 9 ta D) 10 ta

18. Mazkur matn uchun eng mos sarlavha qaysi?


A) “Qalb davosi” B) “Dunyo xastaxonasi”
C) “Dono tabib” D) “Tavba dorisi”

19. Qaysi qatorda ravish ibora berilgan?


A) ipidan ignasigacha B) istarasi issiq
C) ta’bi tirriq D) ko‘nglida kiri yo‘q

20. Qaysi qatorda so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?


A) bombardimon, eksponant
B) bambardimon, eksponant
C) bombordimon, eksponat
D) bombardimon, eksponat

21. “…Sovuq joylarga ketishga ulgurmagan qarg‘alar traktor ustida g‘ujg‘on o‘ynab, pastga, qazilgan yerga sho‘ng‘iydi. Ammo qarg‘alarning chag‘-chug‘ qilishi endi g‘ashga tegmaydi”. Ushbu parcha quyidagi qaysi asardan olingan?


A) “Dunyoning ishlari” B) “Ikki eshik orasi”
C) “Temir xotin” D) “Omon ovchining o‘limi”

22. Sariqligi uchun “mis shahri” deb ta’riflangan Dizro‘yin shahri quyidagi qaysi asarda tilga olingan?


A) “Boburnoma” B) “Abdulfayzxon”
C) “Devoni lug‘otit turk” D) “Qutadg‘u bilig”

23. “Me’mor” romanida Badianing akasi ismi nima edi?


A) Najmiddin B) Nizomiddin
C) Nosiriddin D) Jamoliddin

24. Badiiy adabiyotda shakldosh so‘zlarni qo‘llash qaysi badiiy san’atni yuzaga keltiradi?


A) tashbeh B) tanosub
C) tajnis D) tazod

25. Aruz vazniga oid bo‘lmagan adabiy unsurni belgilang.


A) radif B) hijo C) rukn D) turoq

26. “Haq saqlasa, balo yo‘q, Haq qarg‘asa, davo


yo‘q”. Ushbu maqol xalq dostonlarining qay biridan olingan?
A) “Rutamxon” B) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”
C) “Ravshan” D) “Alpomish”

27. “Solomon va Absol” asari muallifi kim?


A) Navoiy B) Nizomiy
C) Jomiy D) Dehlaviy

28. 1962 – 1971-yillarda “Qozog‘iston haqiqati” gazetasi muxbiri, “Qozoqfilm” studiyasida muharrir, “Простор” jurnali bo‘lim mudiri, 1971-yildan 1981-yilgacha Qozog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi lavozimida ishladi. Gap qaysi ijodkor haqida?


A) Ch. Aytmatov B) I. Yusupov
C) Sh. Xolmirzayev D) O‘. Sulaymon

29. Pichoq, vilka va salfetka kabi detallar quyidagi qaysi asarda uchraydi?


A) “Hurishni eplolmaydigan kuchukcha”
B) “Botir tikuvchi”
C) “So‘nggi saboq”
D) “Choliqushi”

30. “Oltin devor”, “Istanbul fojiasi” kabi asarlarning janrini belgilang?


A) pyesa B) drama
C) she’riy to‘plam D) roman



Yüklə 22,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə