Rabbonayeva dildora tolipovna


O‘qish fani o‘quv dasturi strukturasining qisqa annotatsiyasi



Yüklə 171,87 Kb.
səhifə5/5
tarix12.02.2022
ölçüsü171,87 Kb.
#83699
1   2   3   4   5
GcqtFX8zQVaIXULyGPfgcIDjT5XAxWTE3oFScjup

O‘qish fani o‘quv dasturi strukturasining qisqa annotatsiyasi

O‘qish fani 1-4-sinflarda jami 438 soat hajmda o‘qitilib, haftasiga 13 soat, shundan 1-sinfda 4 soatdan (jami - 132 soat), 2-sinfda 3 soatdan (jami - 102 soat), 3-sinfda 3 soatdan (jami - 102 soat), 4-sinfda 3 soatdan (jami - 102 soat) o‘qitiladi.


O‘quv dasturida “Uqtirish xati” keltirilgan bo‘lib, unda O‘qish fanining o‘qitishning ahamiyati va unga zamonaviy yondashuvlar, fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘quv dasturidagi mavzularning mazmuni yoritilgan.

Adabiy tushunchalarni anglash tipidagi savol-topshiriqlar mazkur bo‘limda berilmagan. Yuqorida qayd qilingan tasnifga ko‘ra, 1-sinf «O‘qish kitobi»da matnlardan so‘ng asosan qayta xotirlash tipidagi savollar berilgani aniqlandi. Faqatgina bo‘lim yuzasidan o‘tkaziladigan takrorlash darslari uchun savol-topshiriqlar tavsiya qilingan.


  1. sinfda qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlar 68 foizni, qisman izlanuvchanlik tipidagilari 22 foizni, ijodiy tipdagi savol- topshiriqlar 10 foizni tashkil etadi.

  2. sinfda tavsiya qilingan savol-topshiriqlarning 60 foizi 1-, 22 foizi 2-, 12 foizi 3-, 6 foizi 4-tipga mansubligi aniqlandi.

  3. sinfda qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlar 40 foizni, qisman izlanuvchanlik tipidagi savol-topshiriqlar 20 foizni, ijodiy tipdagi savol-topshiriqlar 28 foizni, adabiy tushunchalarni anglash bilan bog‘liq savol-topshiriqlar 12 foizni tashkil qiladi.

Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’lim sohasi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrik standart o‘lchovi orqali aks ettiriladi.

    1. O‘qish texnikasi.

    2. O‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash.

    3. Fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.

Bo‘shlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ona tili o‘qish bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi shart.

O‘qish texnikasi bo‘yicha:

Talablar.

harflarni to‘gri talaffuz etish;

so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish;

gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o‘qish;

gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish;

ohangga rioya qilish;

sanash va ajralaish ohanglarida to‘g‘ri foydalanish;

so‘z urug‘ularida rioya qilish;

ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri talafuz etish.

Matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglash malakasi bo‘yicha:



Talablar.
og‘zaki nutqning to‘g‘ri, ravon, aniq, tushunarli va ta’sirchan bo‘lish;

monolik nutqning ravon bo‘lishi;

daoligik, nutqda ta’sirchan, izchil, mantiqiy jihatning aniq bo‘lishi.

Fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.

imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik;

ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchanligi;

berilgan izohlarning aniqligi;

lug‘atlarning to‘g‘ri va aniq berilishi.



 Ona tili daralarida bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi. Ona tili ta’limda yozuv fani emas. Ona tili ta’lim standarti ko‘satgichlari bolaning fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillika rioya qilingan holda bayon qilaolishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilaydi.
Yüklə 171,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə