Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari


V. Yo'l davomida ishni rejalashtirish haqida



Yüklə 286,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix30.01.2022
ölçüsü286,44 Kb.
#83287
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-maruza

V. Yo'l davomida ishni rejalashtirish haqida 

Yo'l  davomida  ish  istiqbolini  yorqin  tasavvur  qilish  uchun  oldindan  o'quv  materialining 

choraklar bo'yicha taxminiy taqsimlanishi bilan tanishish muhimdir. 

 

Birinchi o`nlikni o`rganishda narsalarni sanash, 1-10 sonlarining nomlarini, ketma-ketligi, 



belgilanishini,  sonlarni  taqqoslashning  turli  usullarini  (predmetlarning  mos  to’plamlari  ustida 

amallar  bajarish  asosida  va  taqqoslanayotgan  sonlarning  qatorida  egallangan    o`rni  bo`yicha 

sonlarning tarkiblarini) o`zlashtirib olish nazarda tutiladi. 

 

O`quvchilarda  o`qitishning  dastlabki  vaqtlaridayoq  ba'zi  muhim  umumlashtirishlar 



shakllanadi, masalan natural qatoridagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo`lishi aniqlanadi, 

qatorning  ixtiyoriy  soni  bilan  undan  oldin  keladigan  va  keyin  keladigan  sonlar  orasidagi 

munosabatlar o`rnatiladi va h k. 

 

  O`nlik  ichida  sonlarni  o`rganishda  nol  soni  bilan  ham  tanishiladi.  Bunda  nol  bo`sh  



to`plam  xarakteristikasi  sifatida  kiritiladi.  Amaldagi  dasturga  asosan  ikkinchi  o`nlik  alohida 

konsentrga  ajratilmaydi.  Ammo,  100  lik  ichida  nomerlashni  o`rganishda  1  sinf  matematika 

darsligida  oldin  11-20,  so`ngra  21-100  ichida  nomerlash  qaraladi.  Sonlarni  nomerlashni 

o`rganishda  2-o`nlikni  o`rganish  sonlarning  o`nli  tarkibini  va  raqamlarning  o`rin-qiymati 

prinsipini  yaxshi o`zlashtirishga  yordam beradi,  o`quvchilar uchun  yangi bilimni shakllantiradi, 

ya'ni sanoq birligi sifatida o`nlik tushunchasini shakllantiradi.  

Shu  bilan  birga  sonlarni  og`zaki  va  yozma  nomerlash,  shu  sonlarning  o`nli  tarkibi  o`rganiladi. 

Sonlarning natural ketma-ketligi va o`nli tarkibini bilganlik asosida 13-1, 17-1, 10-3,  16-6, 19-10 

ko`rinishdagi qo`shish va ayrish hollari qaraladi. 

Sonlarni  1000 va ko`p xonali sonlar ichida nomerlashni o`rganishda yuzlik, minglik tushunchalari 

bilan  tanishadilar,  yangi  sanoq  birliklari  hosil  bo`lish  prinsipini,  sinf  tushunchalarini 

o`zlashtiriladi. 

Uncha katta bo`lmagan sonlar o`quvchilarda matematik tushunchalarni o`zlashtirish uchun yaxshi 

sharoitlar  yaratadi.  Bolalar  bog`chalari  va  tayyorlov  sinflarida  sonlarni  va  arifmetik  amallarni 

o`rganish bilan bog`liq bo`lgan bir qator masalalarni qaraladi: 

-  10 ichida sanash ko`nikmalarini o`zlashtirish; 

-  tartib va sanoq sonlar birliklari tarkibi

-  sonning ikkita kichik sondan iborat tarkibi

-  qo`shni sonlar orasidagi munosabatlar

-  to`g`ri va teskari sanoq;… 

10 ichida sanash sanashni egallash asosi chunki   boshqa xona birliklari ham xuddi oddiy birlar 

kabi sanaladi. Birinchi o`nlik sonlarning nomlari va belgilanishi boshqa istalgan ko`p xonali sonni 

o`qish va belgilash uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Shu sababli o`qituvchining birinchi navbatdagi 

vazifasi  1-sinfga  kelgan  bolalarning  matematik  tayyorgarligi  darajalarini  aniqlashdan  iborat. 




Bunday  tekshirishni  bolalarni  maktabga  qabul  qilish  vaqtida,  yoki  dastlabki  mashg`ulotlar 

davomida amalga oshirish mumkin. Bilimlarni tekshirishda atmosfera samimiy bo`lishi kerak. 

Bolalarning bilimlarini va malakalarini  aniqlash uchun quyidagicha ish olib borish lozim. 

1. Sen sanay olasanmi? Sanachi. 

2. Bu doirachalarni sana. Doirachalar qancha (7-9ta). 

3. Stolda nechta qalam bo`lsa, chap qo`lingga shuncha qalam ol. (4-7 dona). 

4. Qaysi doirachalar ko`p: qizillarmi yoki ko`klarmi (6 ta  qizil, 7 ta kichik ko`k doiracha). 

5. Rasmga qara («Sholg`om» ertagi) va kuchukcha oldida mushukdan keyin, nevara bilan mushuk 

orasida nimalar (kimlar) turibdi? 

Tekshirishning borishida bolalar geometrik figuralarni taniy olishlari va farq qila olishlarini, sodda 

misol va masalalarni yecha olishlarini aniqlash maqsadga muvofiq. 

Birinchi o`nlik sonlarni o`rganishda tayyorgarlik davri va raqamlari haqida  sonlar bilan 

tanishtirish davri ajratiladi. 

Tayyorgarlik davrining  asosiy vazifasi o`nlik ichida nomerlashda zarur bo`ladigan bilimlar

malakalar va ko`nikmalarni aniqlash, ularni to`ldirish va sistemalashtirishdan iborat. 


Yüklə 286,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə