Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari


I. 1-sinfda matematika bilan shug'ullanishning asosiy o'quv-tarbiyaviy vazifalari



Yüklə 286,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix30.01.2022
ölçüsü286,44 Kb.
#83287
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
1-maruza

I. 1-sinfda matematika bilan shug'ullanishning asosiy o'quv-tarbiyaviy vazifalari 

1  -  sinf  programmasi  bundan  keyingi  ta'lim  asoslanadigan  muhim  bilimlar,  malakalar  va 

ko'nikmalarni tarkib toptirishni nazarda tutadi. 1-sinfda son, sanoq, qo'shish va ayirish amallari 

haqidagi tasavvurlar tarkib topishi, sonlar qatori ongli o'zlashtirilishi kerak (bolalar qatordagi har 

bir son qanday hosil bo'lishini o'zlashtirishlari, sonlarni taq- qoslashni o'rganib olishlari kerak). 

qo'shish va ayirish usullarini ongli o'zlashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak. 

Nihoyat,  1-sinfda  o'qitishning  natijasi  10  ichida  sonlarni  qo'shish  jadvalini,  shu  sonlar 

tarkibining  tegishli  hollarini  ayirishni  ongli  va  puxta  o'zlashtirishni  hamda  bu  o'zlashtirishni 

avtomatizmgacha etkazishdan iborat bo'lishi kerak. Bolalar 3+6=9 ekanini, 9 bu 4 va 5 ekanini, 9-

6=3, chunki 9 bu 3 va 6 ekanini og'zaki bilishlari kerak. 

Bundan  tashqari,  bolalar  20  ichida  predmetlarni  sanay  oladigan,  0  dan  20  gacha  bo'lgan 

sonlarni  o'qiy  oladigan  va  yoza  oladigan,  ularning  o'nliklar  va  birliklardan  iborat  tarkiblarini 

bilishlari (12- bu 1 o'nlik va 2 birlikdan iborat ekanini, 1 o'nlik va 7 birlik bu 17 ekanini bilishlari) 

kerak,  20  ichida  qo'shish  va  ayirishga  doir  misollarni  (10  +  6,  13  -  3,  16  -  10)  yecha  oladigan 

bo'lishlari kerak. 

Bundan  tashqari,  bolalar  yig'indini,  qoldiqni  topishga  doir,  berilgan  sonni  bir  necha  birlik 

orttirish  yoki  kamayti-  rishga  doir  masalalarni  yechishni  o'rganib  olishlari  kerak.  Butun  yil 

davomida  bolalarning  fazoviy  tasavvurlarini  aniqlash  va  kengaytirishga  doir,  ularning  «ortiq», 

«kam», «o'shancha» munosabatlarini tushunishlarini aniqlash va kengaytirishga doir, predmetlar 

uzunliklarini (oldin istal- gan uzunlikdagi o'lchov poloskasi, so'ngra uzunligi 1 san- timetr bo'lgan 

poloska  yordamida)  o'lchash  bilan  bog'liq  bo'lgan,  kesma  uzunligini  (butun  santimetrlarda) 

chizg'ich  bilan  o'lchash  va  berilgan  uzunlikdagi  kesmani  chizish  bilan  bog'liq  bo'lgan  amaliy 

malakalarni  shakllantirish bo'yicha sistematik ish  olib boriladi.  O'qituvchi har doim shuni esda 

tutishi kerakki, bolalarning hayotiy tajribalariga doimo asoslanilgandagina, sistemali ravishda uni 

boyitil-  gandagina  o'quv  vazifalari  hal  qilinishi  mumkin,  shu  sababli  bolalarda  nutq,  xotira  va 

tafakkurning rivojlanishi haqida g'amxo'rlik qilish kerak. Bolalarning umumiy rivojlanishi uchun 

har bir darsda, imkoniyatga qarab, predmetlar grup- pasini, ayrim predmetlarni kuzatish, ularning 

klassifikat- siyasi, bolalar xotiralarining mashqi bilan bog'liq bo'lgan ish o'tkazilishi kerak. Bunda 

bolalarga eslab qolishni osonlashtiruvchi usullarni o'rgatish muhimdir. Masalan, qo'shish jadvalini 

o'rganishda bir xil sonlarni qo'shish (4 + 4, 5 + 5 va hokazo), natijalarini eslab qolish 4+5, 5+6 va 

boshqa qo'shish hollarini eslab qolishga yordam beradi. 

Shu vaqtning o'zida programmaning ko'pgina masala- larini o'zlashtirish bolaning u  yoki bu 

amalni  ongli  bajari-  shini  talab  qiladi.  Masalan,  bir  gruppadagi  predmetlarni  bolalar  oldin  bir 

tartibda,  keyin  boshqa  tartibda  sanab,  sanoq  natijasi  sanashning  qanday  tartibda  bajarilishiga 

bog'liq emas  ekan, degan xulosaga keladilar. Shuningdek, amaliy kuzatishlar natijasida bolalar 

predmetning  tartib  nomeri  har  doim  sanashning  qanday  tartibda  bajarilishiga  bog'liq  ekaniga 

ishonch hosil qiladilar va hokazo. 

Ko'pgina kuzatishlar natijasida hisoblashlarni oson- lashtirishga yordam beradigan materialdan 

o'qituvchi  o'quvchilarning  kuchlari  yetadigan  umumlashtirishlar  qi-  lishda  foydalanishi  kerak. 

Masalan,  bolalar  4  +  5,  5  +  4  ko'rinishdagi  misollar  juftlarini  kuzatib  va  taqqoslab,  yig'indi 

sonlarning  qo'shilish  tartibiga  bog'liq  emas,  degan  xulosa  chiqaradilar  va  yig'indining  bu 

xossasidan kichik songa katta sonni qo'shish hollarida foydalanadilar (2 + 7, 1+9 va hokazo). 

Olti  yoshli  bolalar  bilan  ishlovchi  o'qituvchi  har  doim  o'z  oldida  turgan  umumiy  tarbiyaviy 

maqsadlarni  unutmasligi  kerak.  Bolalarning  bilish  qobiliyatlarini  (birinchi  navbatda  ularning 

tafakkur  va  nutqini)  rivojlantirish  muhim  masala  bo'lib,  bolalar  bilan  bajariladigan  o'quv  va 



tarbiya  ish-  larining  mazmuni  ham,  metodlari  ham  bu  masalaga  bo'ysundirilgan  bo'lsagina 

muvaffaqiyatli hal qilinadi. Matematika mashg'ulotlari uchun bunday topshiriqlarni tanlash katta 

ahamiyatga  ega.  Bu  mashg'ulotlar  bolalardan  mustaqil  kuzatishlar  o'tkazishni,  qaralayotgan 

hodisalarni,  predmetlarni,  o'z  harakatlarini  va  shu  singarilarni  taqqoslash,  tavsiflashlarni  talab 

qiladi. Bolalarning nutqi o'qituvchining savollariga javob berishdangina iborat bo'lmasdan, unda 

kerakli  so'z  va  ifodalarni  o'z  ichiga  olgan  hikoyani  ravon  tasvirlashi  muhimdir  (masalan, 

predmetlarning  xossalarini  o'rganishda,  xususan,  ularning  ranglarini  farq  qilishga  o'rgatishda, 

rangning  nomini,  atrof  tevarakdagi  predmetlarning  ranglarini  aytishdan  tashqari  o'quvchilarga 

o'zlari  biladigan  mevalar  va  sabzavotlar  haqida  gapirib  berishni,  bunda  ularning  ranglarini 

aytishni  taklif  qilish  mumkin  va  hokazo).  Matematika  darslarida  beriladigan  topshiriq  va 

mashqlarning  mazmunida  bolalarga  tanish  kitob,  ertak  va  multfilmlarning  qahramonlari  qat- 

nashsa  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Butun  mashg'ulotni  ona  tili  va  boshqa  predmetlar 

mashg'ulotlarida  olingan  bilimlar,  malakalarni  hisobga  olgan  va  ularga  asoslangan  holda  olib 

borish kerak. 

Muhim  tarbiyaviy  masalalardan  biri  bolalarda  kol-  lektivda  yashash  va  o'qish  uchun  zarur 

elementar bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni tarkib toptirishdan iboratdir. Bu jihatdan har xil 

tashkil qilinadigan o'quv va o'yin faoliyatlari orqali tajriba katta ahamiyatga ega. 

Shunday qilib, ta'lim, tarbiya va rivojlantirish vazifalari bir butun kompleks tarzda hal qilinadi. 

Bunda har xil ta'lim metodlaridan va darsda ish tashkil qilishning mos formalaridan foydalanish 

katta ahamiyatga ega. 

II. Mashg'ulotlar metodikasi va mashg'ulotlarni tashkil qilish 

Olti yoshliklar bilan ishlashda asosiy talab darsda bolalarning faoliyatlarini, eng avvalo, aqliy 

faoliyatlari-  ni  maksimal  darajada  rivojlantirishdan  iborat.  Darsda  bunday  bolalarga  etti  yoshli 

bolalarga qaraganda ko'proq erkinlik berishga  yo'l  qo'yiladi.  Undan tashqari bolalarning darsga 

bo'lgan qiziqishlarini orttirish uchun darsdagi ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda har bir 

o'quvchi  aktiv  ishtirok  etsin,  darsda  ko'proq  o'quvchi  chaqirilsin.  Masalan,  o'qituvchi  sanoqni 

o'rgatishda  Qodir,  Sattor,  Anvar,  Oydin,  Nodirani  doskaga  chaqiradi  va  o'tirgan  bolalardan 

so'raydi:  «Men  nechta  o'quvchini  chaqirdim?  tekshiramiz:  Qodir,  mening  oldimga  kel..  Sen 

birinchi  bo'lasan,  undan  keyin  Sattor  turadi.  Sen  sanoqda  nechan-  chi  bo'lasan?...  hammamiz 

burilamiz. Kim birinchi bo'lib qoldi? Kim ikkinchi? va hokazo. Oxirgisi beshinchi bo'ldi, hammasi 

qancha bo'ldi? Beshinchi Qodir, O'tkir. Qancha qoldiq? Endi kim baland ekanini qaraymiz: Valimi 

yoki Sattormi, Ilhommi yoki Vohidmi, Nigorami yoki Lolami» va hokazo. 

Darsda matematika mashg'ulotlariga qiziqish uyg'otu- vchi musobaqa elementlarini o'z ichiga 

olgan  didaktik  o'yinlarga  ko'proq  o'rin  berish  kerak.  Bular  boshlang'ich  maktabda  matematika 

o'qitish  tajribasidan  ma'lum  bo'lgan  didaktik  o'yinlar  («Jim»,  «Zinapoya»,  «Estafeta»)  bo'lishi 

mumkin, bu o'yinlarni o'ynashda sinfjamoasi odatda ikkita guruhga bo'linadi yoki ikki o'quvchi 

tomonidan  o'ynala-  di.  Bunday  o'yinlarni  shunday  tashkil  qilish  muhimki,  bolalar  ba'zan 

«o'qituvchi» rolida bo'lib qolishsin, ya'ni to'g'ri bajarilganlikni tekshiradigan bo'lishsin yoki o'zlari 

topshiriqlar berishsin (bolalar o'yin paytida rollari bilan almashinib tursin). 

O'yinlarda «yutib chiqish» usulidan foydalanish muhimdir. Masalan, «Javobida 8 chiqadigan 

ikki sonni qo'shishga doir misol tuzing» ifodasi o'rniga bolalar topshiriqni qiziqish bilan qabul 

qilishlari  uchun  «D  +  P  yozuvda  qaysi  kartochkalar  aylantirib  qo'yilganini  toping»  deyish 

mumkin.  O'quvchilarni  ko'proq  faollashtirishga,  butun  e'tiborni  safarbar  qilishga  ko'pchilik 

o'qituvchilar foydalanadigan usul - o'quvchilar sevadigan ertak qahramonlarini «jalb qilish» usuli 

katta ahamiyatga egadir. Masalan: « Yunoncha misollar yechayotgan edi, u bitta misolni yecha 

olmadi...  U  sizlardan  yordam  so'rab  keldi.  Unga  yordam  bering...  Bilmasvoy  har  doimgidek 

hamma narsani chalkashtirib yubordi. U uchga ikkini qo'shib, 4 chiqardi. Uning xatosini tuzating» 

va shu singarilar. 

Bolalar  o'z  mohiyatiga  ko'ra  qiziqarli  bo'lgan  maxsus  tanlangan  mantiqiy  mashqlarni  katta 

qiziqish bilan tahlil qila oladilar. Darslik (kursning har xil temalariga bag'ishlangan) sahifalarida 

ham shu mashqlarga bag'ishlangan maxsus ikki tutash ichki betlarda (razvorotlarda) bu xildagi bir 

qator mashqlar berilgan. 




Mantiqiy  mashqlar,  o'yinlar,  didaktik  material  bilan  amaliy  ishlar,  bosma  asosli  daftar  bilan 

amaliy ishlar darsda nisbatan katta o'rin olishi kerak, ammo bular bilan bir qatorda o'qitishning 

oddiy metodlaridan ham foydalaniladi, bu metodlar ham qaralayotgan holda ma'lum xususiyatga 

ega.  Masalan,  6  yoshliklar  bilan  ishlashda  uzoq  tushuntirishlar  bo'lmasligi  kerak.  Tushuntirish 

ko'pincha  tayyorlovchi  suhbat  formasida  olib  boriladi.  Kitob  bilan  ishlash,  odatda,  o'qituvchi 

rahbarligida  o'tadi,  ammo  yil  oxirigacha  bolalarni  kitob  bo'yicha  ba'zi  topshiriqlarni  mustaqil 

bajarishga o'rgatish kerak (misollarni uncha qiyin bo'lmagan kichik matnli masalalarni yechish). 

Olti  yoshli  bolalar  bilan  mashg'ulotlarni  tashkil  qilishning  muhim  talablaridan  biri  shunday 

sharoit yaratishdan iboratki, bu sharoitda bolalar faoliyatlarining turi o'z vaqtida almashtirilishi va 

bajarilayotgan  topshiriqlarning  xilma-xil  bo'lishi  ta'minlanishi  kerak  (kuzatishlar,  didaktik 

materiallar bilan amaliy ishlar, rasm solish, suhbatda qatnashish, daftarda mustaqil ish bajarish, 

kitob bilan ishlash, sinfning og'zaki frontal ishida qatnashish, darsning borishida o'yinli dam olish 

va shu singarilar). 

Yangi  materialni  kiritishda  darsni  shunday  tashkil  qilish  kerakki,  unda  ish  doska  oldida 

o'qituvchi  yoki  chaqirilgan  o'quvchi  tomonidan  bajariladigan  har  xil  namoyishlardan,  har  xil 

predmetlar  bilan  amaliy  ishlar  bajarishdan  bosh-  lanadi  (masalan,  bolalar  navbat  bilan  doska 

oldiga  chiqishadi,  tokchada  turgan  o'yinchoqlardan  olib  juftlar  hosil  qilishadi),  shundan  keyin 

partada  individual  sanoq  materiallari  bilan  ish  bajariladi,  bunda  o'yinning  borishida  o'qituvchi 

yordamga muhtoj o'quvchilarga yordam beradi. 

Bunday  ish  odatda  kollektiv  ravishda  natijani  tekshirish  bilan  tugaydi  (masalan,  kerak  bo'lib 

qolganda topshiriqni bajarish usulini tushuntirish bilan). 

Shundan keyin kitob bilan ishlash o'qituvchi rahbar- ligida boshlanadi, undan keyin esa boshqa 

sanoq materiallari  bilan  yana amaliy ishlar bajarishga o'tiladi  (masalan, masalalar tuzish  uchun 

ko'rsatmali rasmlardan foydalaniladi). Bundan keyin esa o'qituvchi doskada tushuntirgani bo'yicha 

daftarda mustaqil ish bajariladi. 

Darsning  borishida,  o'qituvchining  xohishiga  qarab,  bolalarda  charchash  alomatlari  sezishi 

bilanoq, jismoniy tarbiya o'tkazish foydalidir, darsga bolalarning kayfiyatini ko'taruvchi, masalan, 

hazil masalalar, qiziqarli, yorqin, g'alati rasmlar, j advallar va shu singari qiziqarli elementlarni 

kiritish foydalidir. Shu xildagi ba'zi materiallar darslik sahifalarida berilgan. 

Ta'limning  o'quv,  tarbiyaviy  rivojlantirish  vazifalarini  hal  qilishga  mashg'ulotlarning  butun 

sistemasi bilan, ya'ni kuzatishlar, har xil didaktik materiallardan foydalanib amaliy ishlar o'tkazish, 

darslik, bosma asosli daftar bilan ishlash va shu singarilar bilan erishiladi. Bunda asosiy qo'llanma 

darslik  hisoblanadi.  Darslik  bilan  ishlash  darsda  ozgina  vaqtni  olsada,  ammo  aynan  shu  kurs 

sistemasi- ning izchilligini aniqlaydi, programma talablarini ochadi va aniqlashtiradi, kursning har 

bir masalasi qaysi darajada qaralayotganini ular qanday ketma-ketlikda o'rganilishini ko'rsatadi. 

Darslikni  yaxshi  bilish  o'qituvchiga  kursni  rivojlantirish  mantiqini  (mazmunni,  ishni 

rejalashtirishni,  ba'zan esa uni  tashkil qilishni,  shu bosqichda foydalanilishi  maqsadga muvofiq 

bo'lgan ko'rsatmalilik turlarini) tasavvur qila olishga yordam beradi. 

Shu sababli darslik xususiyatlarini chuqur bilib olish kerak. 

III. Darslikning asosiy xususiyatlari 

1.  Darslik  dastur  bo'yicha  tuzilgan  (har  bir  sahifa  bir  dars).  Har  bir  sahifada  yangi  darsda 

qaralishi kerak bo'lgan yangi materialgina berilgan bo'lmay, balki ilgari o'tilgan- larga asoslangan 

material ham berilgandir. Bunda dars- lik mualliflari o'z oldilariga har bir yangi masalani qarash 

uchun oldindan tayyorgarlik ko'rishni va sistemali ravishda ilgari berilgan biletlarni rivojlantirish, 

chuqurlashtirish va mustahkamlashni, shakllantirilayotgan bilim va malakalarni takomillashtirish 

hamda  puxtalashni  maqsad  qilib  qo'yishgan.  Lekin  darslikda  har  qaysi  darsga  mo'ljallangan 

umumiy  o'quv  vazifasi  aniqlanmaydi,  chunki  darsda  asosiy  o'rinni  namoyishlar,  kuzatishlar, 

didaktik  materiallar  bilan  birga  bosma  asosli  daftarlarda  o'tkaziladigan  amaliy  ishlar  egallashi 

kerak.  Bu  ishlarning  mazmuni  darslikda  aytiladi,  ammo  ularning  soni  va  turini  har  bir  darsga 

tayyorgarlik ko'rishda bolalarning tayyorgarliklari, sinfning ish sur'ati va shu singarilarni hisobga 

olgan holda o'qituvchi aniqlaydi. 



Bunda  «har  bir  sahifa  bir  dars»  degan  umumiy  qoidadan  chetga  chiqishlar  ham  bo'ladi. 

Masalan,  qo'sh  sahifalar  (kitob  «razvorotlari»)  deyarli  hamma  vaqt  rasm  syujetlari  bilan 

birlashtirilgan bo'ladi (masalan, «maktab», «o'yin xonasi», «o'yin maydonchasi», «uy», «ko'cha», 

va shu singarilar), ko'pincha bu sahifalardagi rasmlar berilgan o'quv materiali temasi bilan ham 

birlashtirilgan bo'ladi. O'qituvchi darslik tuzilishining bu xususiyatidan foydalanar ekan, sinfda u 

yoki bu materialni o'rganishga ikkita dars ajratish zarur emasligini, o'quvchilar bu masala bo'yicha 

yetarlicha  orientir  ola  bilishlarini  ko'ra  olsa,  ikki  sahifa  materialidan  bir  darsda  foydalanishi 

mumkin.  Yoki  agar  o'qituvchi  kitobning  biror-bir  razvoroti  bo'yicha  (masalan,  6-7,  8-9,  16-17 

betlar  va  hokazo)  2  ta  dars  o'tganidan  keyin  qaralayotgan  materialda  yana  to'xtalish  zaruratini 

ko'rsa, u osongina darslikning shu sahifalari materiallaridan foydalanib, yana 1 ta mustahkamlash 

darsini  o'tkazishi  mumkin.  O'zaro  bog'liq  masalalar,  savollar,  topshiriqlarning  darslik  ilovasi 

sahifalariga joylashtirilishi ularni taqqoslashni osonlashtiradi. 

2.  Kitobning  yangi  material  bilan  tanishtirish  va  mustahkamlash  sistemasini  aniqlovchi 

ilovalardan tashqari, darslikka o'z matematik mazmuniga ko'ra qiziqarli yoki musobaqa, ba'zida 

esa  didaktik  o'yinlar  o'tkazish  imkonini  beruvchi  asosiy  materialni  o'z  ichiga  olgan  18  ta  (36 

sahifa) ilova - qo'sh sahifa kiritilgan. 

Kitobga kiritilgan ilovalarning asosiy vazifasi o'tilganlarni mustahkamlashdan iborat. Ulardan 

har  xil  foydalanish  mumkin:  ba'zan  mavzu  (qism  mavzu)  bo'yicha  mustahkamlash  darslarida 

foydalanadi,  ba'zan  esa  bu  ilovalarning  ayrim  mashqlari  o'tilayotgan  istalgan  darsga  kiritilishi 

mumkin.  Qaralayotgan  muammolarning  ba'zilarida  berilgan  qiziqarli  mashqlar  va  o'yinlarning 

mazmunidan o'qituvchi namuna sifatida foydalanishi mumkin, ulardan foydalanib, o'qituvchi yil 

davomidagi darslarga mo'ljallangan shunday topshiriqlar va mashqlarni osongina tuzishi mumkin. 

Kitobning  tarbiyalovchi  ahamiyatini  kuchaytiruvchi  bu  sahifalarining  muhim  xususiyati  shun- 

daki, ularning ko'pchiligi umumxalq bayramlari-21- mart, Yangi yil, 8 Mart va shu singarilarga 

bag'ishlangan. Buni unutmaslik kerak va tegishli materialni o'z vaqtida, tegishli sanalarga bog'lab 

o'rganish kerak. 

Qarab  chiqilgan  muammoli  topshiriq  o'quvchilarning  yosh  xususiyatlariga  mos  kelibgina 

qolmay,  balki  ular  bilan  ishlashni  har  xillashtirish  bilan  birga  matematika  mashg'ulotlariga 

qiziqish uyg'otadi. Shu bilan birga har qanday holda ham bu razvorotlarga ermak deb qaramaslik 

kerak,  ular  darslikning  boshqa  sahifalari  kabi  matematik  mazmun  bilan  boyitilgan,  o'quv 

vazifalariga moslashtirilgan. 

Darslikning  ilovalarida  berilgan  topshiriqlar,  savollar,  mantiqiy  harakterdagi  mashqlar 

materialidan bolalar bilan o'tkaziladigan darsdan tashqari ishlarda ham, ertaliklar tayyorlashda va 

hokazolarda ham foydalanish mumkin. 

3.  Kitobda  butun  o'quv  materialini  berish  xususiyatlari  olti  yoshli  bolalarning  yosh 

xususiyatlari va ularning o'qitishga tayyorgarlik darajalarini hisobga olish zarurati kitobda butun 

o'quv  materialini  berish  bilan  tushuntiriladi.  Uning  sahifalariga  matnli  material  ancha  keyin 

kiritilgan,  shu  sababli  kitobning  deyarli  butun  mazmuni  unda  har  xil  rasmlar  va  matematik 

yozuvlar  yordamida  beriladi,  bu  yozuvlar  bolalarning  sonlar  va  amallar,  tegishli  raqamlar  va 

ishoralar (belgilar) bilan tanishtirilishiga qarab sekin- asta kiritiladi va qiyinlashtirib boriladi. 

Darslikda  har  xil  rasmlar  berilgan:  o'yin  xonasi,  uy,  maktab,  oila,  ko'cha,  ko'cha  harakati 

qoidalari  va  shu  singarilar.  Mazmunli  rasmlar  bo'yicha  qisqa  suhbatlar  o'tkazish  kerak,  bunda 

matematikaga  doir  savollar  harakterini  o'ylab  ko'rish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  savollar 

darsni jonlantiradi, bolalarga o'z fikrlarini aytish, nimaning rasmi ishlanganini ko'rish imkonini 

beradi. 

Ba'zan amaliy ish tashkil qilish uchun didaktik material tayyorlash zarur bo'ladi. Agar darslik 

rasmida  biror  ko'r-  satma-qo'llanma  (masalan,  raqamli  kartochkalar,  chizg'ich  va  hokazo) 

tasvirlangan  bo'lsa,  darsga  tayyorlanishda  o'qituvchi  shunday  qo'llanmalardan  foydalanishni 

nazarda tutishi kerak; agar katakli qog'ozda yozuv yoki rasm namu- nalari berilgan bo'lsa, daftarda 

shunga mos ish bajarishni o'ylab ko'rish zarur. Qo'sh rasmlar predmetlarni, rasmlarni taqqoslashga 

doir ishlar o'tkazish kerakligini bildiradi. 



Har  doim  rasmni  shu  rasm  bilan  birga  keladigan  matematik  yozuvga  mos  keltirish  kerak, 

chunki bu yozuv rasmning vazifasini ochib ko'rsatadi. Buni darslikning bir sahifasi namunasida 

ko'rsatamiz.  Bolalarni  7  soni  7  raqami  bilan  tanishtirishga  bag'ishlangan  40-  betda  yuqoridagi 

mazmunli rasm ostida ikkita 6+1=7, 7-1=6 yozuvi turibdi. Bu rasm oldingi songa 1 ni qo'shish 

bilan  7  sonini  hosil  qilishni  (oldingi  son  6  ni  7  dan  1  ni  ayirish  bilan  hosil  qilishni)  qarashga 

mo'ljallanganligini bildiradi. Sonlar hosil bo'lishini syujetli rasmlar bilan tushuntirishdan maqsad 

matematikaning  hayot  bilan  bog'liqligini,  matematik  jarayonlarning  turmushda  sodir  bo'lishini 

ko'rsatish- dan iboratdir. Bu holda rasm bo'yicha masala tuzish talab qilinmaydi. 

Darslikda o'lchash bilan bog'liq bo'lgan amaliy ish tashkil qilishni talab qiladigan rasmlar ham 

bor  (masalan,  41  va  boshqa  betlarga  qarang).  Bolaning  o'zi  o'lchash  poloskalari,  keyinroq  esa 

chizg'ich bilan ishlamasa, unga o'lchash g'oyasi tushunarli bo'lmaydi. 

Darslik  ishda  ma'lum  metodik  bosqichlarni  belgilaydi.  Masalan,  darslik  masalalar  ustida 

ishlashda  sekin-asta  to'la  ko'rsatmalilikdan  (bolalar  hamma  predmetlarni  sanay  oladigan 

bo'lganda)  noto'la  (masalada  berilganlardan  biri  son  shaklida,  boshqasi  esa  rasm  shaklida 

berilganda, ikkala berilganlar son shaklida ifodalanganda) ko'rsatmalilikka o'tishni rejalashtiradi. 

Bu masalalar yechishda predmetlarni qayta sanashdan qo'shib sanashga o'tishni bildiradi (bola 3 

raqami  yozilgan bir quti konfetni va 2 ta alohida konfetni ko'radi, u 3 deydi va hisobni davom 

ettiradi «to'rt», «besh», «hammasi 5 ta konfet»). 

Qayta  sanashdan  qo'shib  sanashga  o'tish  masalalar  yechishdagina  emas,  shu  bilan  birga 

misollar  yechishda  ham  sodir  bo'ladi.  Bolalar  qo'shish  va  ayirishni  sonlar  qatoriga  asoslanib 

bajarishadi. 

Oldin  maxsus  o'rganish  namunasi  bo'lgan  raqamlar  va  belgilar  endi  sekin-asta  ko'rsatma 

materiali  bo'lib  qoladi.  Yozuv  amal  bajarish  uchun  tayanch  bo'lib  qoladi.  Masalan,  qo'shishda 

sonlarning o'rinlarini almashtirish usuli o'rganilgandan keyin darslikda ushbu ko'rinishdagi yozuv 

taklif qilinadi: 

4 + 6 = 10, 6 + 4 = 10 

Ishlanayotgan misolning tagiga chiziq chizib qo'yilgan, uning ostida esa «yordamchi» misol 

berilgan  bo'lib,  bolalar  bu  misoldan  foydalanib  va  o'rganilgan  usulni  qo'llab,  birinchi  misolni 

yechishlari mumkin. 

4.  Boshlang'ich  maktab  uchun  mo'ljallangan  hamma  matematika  darsliklari  kabi  olti  yoshli 

bolalarning  1-sinfiga  mo'ljallangan  darslik  kursini  maqsadga  muvofiq  tanlangan  masalalar  va 

savollar  ochib  beradi.  O'qituvchi  mashqlar  sistemasining  hammasini  butunicha  tasavvur  qila 

olishi,  ularning  kursdagi  va  har  bir  darsdagi  o'rnini  ko'ra  olishi  muhimdir.  Bu  mashqlar  ichida 

hisoblash ko'nikmalarini puxtalashga yo'naltirilgan mashqlar katta o'rin oladi. 

Shu  bilan  birga  hisoblashga  oid  mashqlarni  tanlash  taqqoslashlar,  kuzatishlar  o'tkazish, 

umumlashtirishlar qilish imkonini ochadi. Masalan, 46 - betda misollar berilgan: 

9 + 1, 8-1, 3 + 2, 10-1, 8+1, 5-3. 

Ulardan ba'zilari (II ustun) sonlar qatori xossalarini qarashga material beradi, boshqa ba'zilari 

esa  qo'shish  bilan  ayirish  orasidagi  o'zaro  bog'lanishlarni  tushunishga  tayyorlaydi.  O'qituvchi 

darsda og'zaki ishlash uchun shunga o'xshash mashqlar tuzishi mumkin. 

Darslik  bolalar  oladigan  bilimlarni  sistemaga  solish  va  umumlashtirishni  nazarda  tutadi. 

Masalan, 2 ni qanday hosil qilish (2 - bu 1 va 1), 3 ni qanday hosil qilish (3 - bu 2 va 1) ni bolalar 

birinchi darsdan boshlaboq ko'rsatma materialda qaraydilar. 

9  +  1,  10  -  1  ko'rinishdagi  qo'shish  va  ayirish  hollarini  qarashda  bolalar  bilimlari  sistemaga 

solinadi  va  umumlashtiriladi,  bunda  ko'rsatmalilik  formasi  ularni  sistemalashtirish  imkonini 

beradi:  ish  oldin  syujetli  rasmga  tayanib  bajariladi,  keyin  esa  sekin-asta  abstrakt  materialga 

(kubchalarga, doirachalarga) o'tish amalga oshiriladi yoki bir necha dars davomida bolalar 3 sonini 

qo'shish (ayirish) usulini o'rganishadi, shundan keyin esa umumlashtiruvchi ish bajariladi, 3 sonini 

qo'shish  va  ayirishga  doir  jadval  tuziladi  va  o'rganiladi;  jadvaldagi  qo'shish  va  ayirishga  doir 

misollar qatorasiga yechiladi, oralatib yechiladi, ikkitalab yechiladi va hokazo. 

Darslikning  ko'pgina  mashqlariga  bir  marta  emas,  ko'p  martalab  murojaat  qilish  mumkin. 

Masalan, qo'shish va sonlar tarkibiga oid jadvallardan tegishli hollarni (natijani topish mumkin) 




eslab qolish bosqichida ham, jadvalni bilganlikni tekshirish uchun ham (agar o'qituvchi chap ustun 

yoki yuqori satrni berkitsa: 7 - bu 4 va necha? 6 - bu 5 va necha? yoki 3 va 5, 3 va 4 nimaga teng? 

va hokazo) foydalaniladi. 

5. Darslikda bolalarni matnli arifmetik masalalarni yechishga o'rgatishga yo'naltirilgan tobora 

qiyinlashib boruvchi har xil mashqlar sistemasi katta o'rin oladi. Ammo bu «matnli» masalalar 

darslikda oldin matn bilan emas (hali bolalar o'qishni bilmaganliklari tufayli), balki rasmlar bilan 

ifodalangan.  O'qitish  muvaffaqiyatli  bo'lishi  uchun  bu  rasmlarning  vazifalari  va  ularning 

xususiyatlarini yaxshi tasavvur qilish muhimdir. Shu munosabat bilan eng oldin shuni ta'kidlash 

lozimki, har qanday holda ham birinchi vaqtlarda rasmlardan matnini o'qituvchining o'zi aytadigan 

masalalarga oid rasmlar tariqasida foydalanish kerak. Bu holda rasm bolalarga masala mazmunini 

o'z- lashtirishga yordam beradi va uni yechishda ko'rsatmali tayanch bo'ladi. Bolalarni rasmlarga 

qarab  mustaqil  masalalar  tuzishga  jalb  qilish  o'qitishning  navbatdagi  bosqichlarida,  bunga  ular 

yyetarlicha tayyor bo'lganlaridan keyingina mumkin bo'ladi. Darslikdagi rasmlar masalalar ustida 

ishlashning ma'lum metodikasini aks ettiradi, bu ishning asosiy bosqichlarini belgilab beradi: to'la 

predmet ko'rsatmalilikdan (berilganlar predmetlarning mos grup- palari ko'rinishida tasvirlangan 

va  masala  savoliga  predmetlarni  sanash  bilan  javob  olinadigan  bo'lganda)  noto'la  predmet 

ko'rsatmalilikka  (predmetlar  gruppasi  ko'rinishida  faqat  bir  ma'lumot  tasvirlanganda,  ikkinchisi 

esa son bilan berilganda darslikning boshqa rasmlariga qarang) sekin- asta o'tiladi. Bu holda javob 

oddiy sanash bilan olinmaydi, balki yechishda berilgan sondan foydalanish malakasi talab qilinadi. 

Nihoyat,  ko'rsatmalilik  masala  mazmunini,  uning  formulasini  tushunishga  yordam  beruvchi 

illyustrasiya bo'lib qoladi, masalani yechish uchun esa sonlar bilan amallar bajarishga to'g'ri keladi 

(darslikning  boshqa  bet-  lariga  qarang).  Darslikdagi  rasmlarning  bu  va  boshqa  xususiyatlarini 

bolalar ishlarini tashkil qilib va boshqarib, hisobga olish zarur. 

Quyida  darslarga  oid  tavsiyalarda  masalalar  ustida  ishlash  metodikasi  haqida  to'laroq  fikr 

yuritiladi. 


Yüklə 286,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə