Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari


Buning uchun o'quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta'minlash zarur



Yüklə 286,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix30.01.2022
ölçüsü286,44 Kb.
#83287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-maruza

Buning uchun o'quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta'minlash zarur: 

1)

 

o'quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi: 



2)

 

Predmetlarni sanashni shakllantirish: 



3)

 

1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o'zlash- tirib olishlari kerak



4)

 

Narsalarni  sanashni  va  sanash  tartibi  ko'rsatilganda  har  bir  narsaning  berilgan  guruhdagi 



tartib nomerini aytib bera olishlari kerak

5)

 



Sonlarning  1  dan  10  gacha  qatoridagi  har  bir  son  qanday  hosil  bo'lishini  ongli 

o'zlashtirishlari kerak; 

6)

 

Raqamlarni o'qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo'ya olishlari 



kerak; 

7)

 



Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak

8)

 



2,3,4,5  sonlarning  ikkita  qo'shiluvchilardan  iborat  sonlar  tarkibini  barcha  hollarini 

mustahkamlab, o'zlashtirib olishlari kerak; 

9)

 

2+1,  4-1,  1+3,  va  hokazo  ko'rinishdagi  matematik  yozuvlarni  o'qiy  olishlari  va  bunday 



yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo'yishlarini bilishlari kerak. 

10)


 

miqdorlar yordamida predmetlarni o'zaro taqqoslash, «Ko'p», «Kam», «Ortiq», «Baland», 

«Past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi: 

- Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak. 

Nomerlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p 

xonali sonlar konsentirlari bo'yicha kiritishni nazarda tutadi. 

Birinchi  prezidentimiz  I.Karimov  2004-2008  yillarda  halq  ta'limini  isloh  qilish  to'g'risidagi 

ko'rsatmasida,  ayniqsa,  boshlang'ich  ta'limga  e'tibor  berish,  uni  malakali  o'qituvchilar  bilan 




ta'minlash zarurligini eslatib, boshlangich ta'lim halq ta'limining poydevori, ya'ni asosi, deb aytgan 

edi. 


Shuning  uchun  boshlangich  ta'limning  dasturini,  darsliklarini  va  ish  tartiblarini  qayta  ko'rib 

chiqish  zarurligi  kelib  chiqadi.  Ayniqsa,  boshlangich  ta'lim  predmetlari  ichida  matematikani 

o'qitish asosiy o'rin tutadi. Matematika dasturi o'z ichiga avvalo natural sonlar bilan to'rt arifmetik 

amal  bajarishni  oladi.  Bu  matematikaning  yadrosini  tashkil  qiladi.  Shu  bilan  birga  algebra  va 

geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar va kasr sonlar metodikasi kiritilgan, ular 

arifmetik amallar bilan zaruriy o'rinda qo'shib o'qitiladi. 

 


Yüklə 286,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə