Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari


o`lchash, qismlarga bo`lish, taqqoslash



Yüklə 286,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix30.01.2022
ölçüsü286,44 Kb.
#83287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-maruza

o`lchash, qismlarga bo`lish, taqqoslash. 

Ko`p xonali sonlar ichida 

«Minglik», «sinf» tushunchasi, sonlarning o`nli tarkibi, 4-6 xonali sonlarni o`qish va yozish, 

taqqoslash,  sonlarni  10,  100,  1000  marta  orttirish  va  kamaytirish.  O`nli  sanoq  sistemasi, 

pozitsion  va  nopozitsion  sanoq  sistemalari,  miqdorlar  orasidagi  munosabatlarni 

mustahkamlash, sonni tahlil qilish. 

1. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari. 

Natural  son 

 

va  nolni  nomerlash  va  ular  ustida  arifmetik  amallar  bajarish  boshlangich 



matematika  kursini  asosini  tashkil  qiladi.  Unga  qo'shib  algebra  va  geometriya  elementlari 

o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin o'nlik, yuzlik, minglik 

va ko'p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o'nlik sanoq sistemasining 

xususiyalari bilan, og'zaki va yozma nomerlashni takror-takror qo'llash orqali beriladi. 

Birinchi o'nlikni nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlarni aytish, ketma-ketligini, katta-

kichikligini o'zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o'nlik bilan nol' soni ham birga o'rgatiladi. Uni bo'sh 

to'plamning  harkteristikasi  sifatida  berilgan.  Nomerlash  davomida  11-20,  keyin  21-100  ichida 

sonlarni  nomerlash  qaraladi.  1-,2-,  ....o'nliklarni  hosil  qilish,  birgalikda  o'nliklarni,  ya'ni  o'nli 

sanoq  sistemasining  mohiyati  tushuntiriladi.  Keyingi  sinflarda  100  ichida,  1000  ichida  va  ko'p 

xonali  sonlar  og'zaki  va  yozma  nomerlash,  arifmetik  amallar  bajarish,  komponentlarning 

nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi. 

Butun nomanfiy sonlarni  nomerlash va ular ustida amallar bajarish boshlang`ich matematika 

kursida  asosiy  mavzulardan  hisoblanadi.  Algebra  va  geometriya  elementlari  arifmetik  bilimlar 

tizimiga  imkoni  boricha  kiritiladi,  natijada  son,  arifmetik  amallar  va  musbatlar  haqidagi 

tushunchalarni yuqoriroq darajada o`zlashtirish ta'minlanadi. 

 

Natural son va nol ustida ishlash boshlang`ich sinflarda 4 yil o`qish davomida olib boriladi. 



Matematika dasturi natural son va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, ko`p xonali 

sonlar konsentrlari bo`yicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan. 




 

Kontsentlarga  ajratish  o`nli  sanoq  sistemasining  xususiyatlari  bilan,  sonlarni  og`zaki, 

yozma nomerlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy masalalarni takror-takror qarashga imkon beradi.  


Yüklə 286,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə