Reja: Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi va ularni muxofaza qilishning asosiy vazifalari Ekologik munosabatlarning o`zgarishi va isloh qilinishi. Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari. Хулоса


-§Ekologik munosabatlarning o‘zgarishi va isloh qilinishi



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə4/7
tarix26.12.2023
ölçüsü210,5 Kb.
#161661
1   2   3   4   5   6   7
turpoq ifloslanishi

2-§Ekologik munosabatlarning o‘zgarishi va isloh qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng (1991) barcha sohalarda, xususan ekologik sohaning tubdan isloh qilinishi va bugungi kunda uning yanada takomillashtirish ishlari olib borilmokda. Davlatning atrof-muhitga, jumladan yer resurslariga bo‘lgan e’tibori va munosabati tubdan o‘zgarib, har bir jamiyat a’zosi atrof-muhitga xususan yer resurslariga o‘zining mulki, boyligi va g‘ururi sifatida qaramoqda.
Yer resurslari bo‘yicha munosabatlarning o‘zgarishi misolida qaraydigan bo‘lsak, Mustaqillikka erishgandan kundan boshlab, O‘zbekistonda bir kancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bir qator Qonun va Qarorlar qabul qilindi hamda Dasturlar ishlab chiqildi. Ayni kunda respublika bo‘yicha fermerlar uyushmalari tashkil etilib, yerlar haqiqiy egasiga topshirilmokda, provardda esa ularning holati va kelajagi yaxshilanmokda.
Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishi bo‘yicha va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid huquqiy va meyoriy hujjatlarning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
♦ O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (08.12.1992 y);
♦ Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida" (09.12.1992Y);
♦ Yer to‘g‘risida" (20.06.1990 yilda qabul kilingan 07.05.1993 yilda o‘zgartirish va ko‘shimchalar kirigilgan);
♦ "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida" (06.05.1993 y);
♦ "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida" (27.12.1996 y);
♦ "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida" (26.12.1997 y);
♦ "Davlat yer kadastri to‘g‘risida" (28.08.1998 y);
♦ "Yer kodeksy to‘g‘risida"(08.07.1998 y);
♦ "Radiatsiyaviy havfsizlik to‘g‘risida" (31.08.2000 y);
♦ "Chiqindilar to‘g‘risida" (05.04.2002 y);
"Ekologii havfli mahsulotlar va chiqindilarni O`zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risvda" (19.04.2000 y);
♦ "O‘zbekiston Respublikasida yer monitoringa to‘g‘risdagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida" (23.12.2000);
♦ "O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" (01.05.2005);
♦ "1999-2005 yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Harakatlar Dasturini amalga oshirish masalalari to‘g‘risida" (09.10.2000Y); kabilar.
Shuningdek, Prezident farmonlari va boshqa tegishli xukuqiy hujjatlar atrof-muhit, xususan tuproqlarni muhofaza qilishda xukuqiy poydevor bo‘lmoqda.
Yuqorida ta’kidlagandek vujudga kelgan ayrim ekologik muammolarni bir davlat miqiyosida emas, balki muayyan mintaqa yoki butun jahon hamkorligida hal etiladi. Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishiga har tomonlama yondashilib, halqaro miqiyosida hal etiladigan muammolar qatoriga kiradi.
♦ Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishning muhofaza qilish tadbirlari 3 ga bo‘linadi:
♦ Muhofaza qilishning huquqiy-meyoriy asoslari;
♦ Muhofaza qilishning ilmiy va fundamental yechimi hamda asosini yaratish;
♦ Muhofaza qilishning amaliy bosqichi, mavjud muammolarni amaliy tarzda hal etish.
Albatta bular shartli ravishda belgilangan tadbirlar bo‘lib, eng muhimi har bir inson o‘z ongi va qalbi bilan atrof-muhit, hususan "Oltin yer" fondimizni asrashi, qolaversa kelajak avlodga sog‘lom topshirishi lozimdir.
O‘zbekiston Respublikasi bunday muammolarni quyidagi hamkorliklar zamirida hal etmoqda: Halsaro hamkorlik
O‘zbekiston 1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib, o‘zining hududidagi va mintaqadagi ekologik muammolarni halqaro miqiyosda hal etmoqda. Bu boradagi harakatlarni bosqichma-bosqich mustahkamlab bormoqda. Milliy siyosatni va halqaro hamkorlik asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish mamlakat ekologik salohiyatini saqlab qolishga asoslanadi. Misol o‘rnida butun jahonda yadro qurollaridan foydalanishning taqiqlanishini keltirish mumkin, bunda halqning tinchligi, salomatligini yaxshilanishi hamda tuproqning radioaktiv ifloslanishi kamayishi kuzatiladi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi bilan hamkorlik
O‘zbekistonda mintaqaviy integratsiya masalalari hamkorlikning alohida MDH a’zolari bilan ikki tomonlama kelishuvlar asosida ekologik kengashlar bilan hal etilmoqda. 2000 yilda tayyorlangan va davlat rahbarlari tomonidan imzolangan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda MDH rivojlanish Dasturida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qator tadbirlar ko‘zda tutilgan. (atrof-muhit monitoringa, ekologik havfsizlik, sanoat chiqindilarini klassifikatsiyalash hamda ularni markirovka qilish yagona tizimi va boshqalar).
Ikki tomonlama hamkorlik
Hozirgi kunda O‘zbekiston AQSH (1994), Yaponiya (1994 yildan), Gruziya (1995 yildan), Janubiy Koreya Respublikasi (1995), Hindiston (1996), Qirg‘izisiton (1996), Malayziya (1996), yildan), Turkm.aniston (1996), Qozog‘iston (1997 yildan), Xitoy (1997 yildan), Slovakiya (1998 yildan), Birlashgan Arab Amirliklari (1998) bilan ikki tomonlama hamkorliklar olib bormokda.
Mintaqaviy hamkorlik
O‘zbekiston ESKATO ga a’zo davlatlar bilan hamkorlik, (asosan kadrlar tayyorlash masalalari) jumladan Yaponiya va Koreya halqaro hamkorlik agentligi yo‘nalishi hamda Hindiston mintaqaviy o‘quv markazlari, Xitoy (chiqindilar boshqaruvi), Malayziya - Tailand (ekologik menejment) yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik
O‘zbekiston 1999 yildan boshlab Yevropa hamkorigi jamiyati Hamda uning a’zo davlatlari o‘rtasida hamkorlik va sherikchilik Bitami imzolandi. Bitimning 52 bandi atrof - muhitni va sog‘liqni saqlashga bag‘ishlangan hamda hamkorlikning 22 ta maqsad va sohalarini o‘z ichiga oladi:
- suvning sifati;
- transchegaraviy suvlar va havoning ifloslanishi;
- chiqindilar boshqaruvi va Bazel konvensiyasini bajarish;
- biologik xilma-xillikni saqlash va iklimning global o‘zgarishi bilan kurashish;
- sanoat korxonalari havfsizligi, kimyoviy havfsizlik va ekologik toza texnologiyalardan foydalanish;
- mamlakat ekologik qonunchiligini Yevropa ittifoqi qonunchiligiga moslashtirish.
Yuqoridagi hamkorliklardan ko‘zlangan asosiy maqsad respublika tabiatini va mavjud yer hamda suv resurslarini asrash, turli kimyoviy ifloslanish holatlarini oldini olish va vujudga kelgan muammolarni keng miqiyosda hal etish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng ekologik masalalar, ayniqsa qishloq xo‘jaligida mavjud ekologik muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot va amaliy ishlar amalga oshirildi. Eng muhimi jamiyat orasida "Ekologik ong" va atrof-muhitga nisbatan jamiyat a’zolarining tushunchalari tubdan o‘zgardi. Bu sohada Davlat ta’lim tizimida ham ekologik tushunchalar turli darajada maktabgacha ta’lim muassasalari, o‘rta maktablar, kasb-xunar kollejlari, akademik litseylar, Oliy ta’lim muassasalarida o‘rgatilib kelinmokda.
Shu bilan birgalikda shahar va qishloq aholisi orasida ham "ekologik ong" masalalariga doyr tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ekologik ta’lim tizimi O‘zbekistonda Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida" gi, "Ta’lim to‘g‘risida" gi qonunlari va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu borada "Ekologik ta’lim standarti" va "Uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasi" ishlab chiqildi va amaliyotda tadbiq etilmoqda.
Bundan tashqari ekologik masalalar xususan tuproqlarning inson hayotidagi o‘rni, ifloslanish muammolari va muhofaza qilishga oid tadbirlar ommaviy axborot vositalarida ham yoritilib borilmokda.
Davlat miqyosida olib borilayotgan ekologik ta’lim tarbiyaning bosh maqsadi- mamlakatimiz tabiatini, undagi betakror resurslarni asrash, xususan yer resurslaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza etish hisoblanadi.



Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə