Yaxlit bichimli yoqalarni loyihalash.
Reja: 1. Yoqa eskizini chizish. 2. Yaxlit bichimli yoqalarni chizmasini chizish.M1:4
Tayanch iboralar: ko’tarma, urinma, perpendikulyar.
Yaxlit toqalarning ostki qismi old bo`lak bilan birgalikda, ustki yoqa esa bort adipi bilan birgalikda bichiladi. Yaxlit yoqalar ham o`tkazma yoqalarga o`xshab: tik yoqa, yarim qaytarma va buklangan qaytarmali yoqa bo`lishi mumkin. Yaxlit yoqalar old bo`lak asos chizmasidan, yaxlit tik yoqa esa old va ort bo`lak asos chizmalarida loyihalanadi.
Buklangan qaytarmali yoqalarning shakli ko`tarma balandligiga, buklanish xususiyatiga v abo`yinga yopishib turish darajasiga bog`liq. Bunday yoqalarning bir nacha turlari mavjud.
Buklangan qaytarmali yoqalar (1- variant).
-
A4 nuqtadan yelka chizig’ining davomida yuqoriga ko’tarma balandligi A4V = 2-4 sm o’lchab qo’yiladi. Ko’tarma balandligi oshgan sari u bo’yinga zichroq yopishadi.
-
Bort chizig’ida qaytarma buklanish chizig’ining, pastki uchi qaytarmaning boshlanish nuqtasi L nuqta aniqlanadi. U yuqori petlyadan 0,5-1,5 sm teparoq joylashgan.
-
L va V nuqtalar birlashtiriladi va bu chiziq bort qaytarmasining buklanish chizig’i hisoblanadi. Yoqa o’mizi bilan kesishgan chiziq F nuqta deb belgilanadi.
-
Old bo’lak chizmasida bort qaytarmasining shakli, rasker chizig’i bilan yoqaning old uchlari, yoqa o’mizining chizig’i modelga mos holda perpendikulyar usuli yordamida aniqlanadi. (13-rasm).
-
L nuqtadan yoqa o’miziga urinma chizig’i o’tkaziladi. Yelka chizig’i bilan kesishgan chiziq F1 nuqta deb belgilanadi. Yoqa o’miziga urinish chizig’i F2 nuqtani hosil qiladi.
-
F1 nuqtadan LF1 chiziq davomida orqa yoqa o’mizining uzunligi o’lchab, egri chiziq bo’ylab chiziladi va V1 nuqta belgilanadi.
-
F2 nuqtadan markazga va V1nuqtadan chapga yoy chiziladi, unda V nuqta aniqlanadi. V1 teng V2 nuqtaga. a) 2,5-3 sm kengaygan qomat uchun; b) 3,5-4 sm proporsional qomat uchun; v) 4,5-5 sm bukchaygan qomat uchun.
-
V2 va F2 nuqtalar to’g’ri chiziq yordamida birlashtiriladi. Keyin 0,4-0,6 sm egilgan ravon chiziq o’tkaziladi.
-
Yoqaning ulanish chizig’i V2, F2, F, A7 nuqtalardan o’tadi.
-
V2 nuqtadan perpendikulyar chiziq bilan uning o’rta chizig’i o’tkaziladi.
-
V2 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab yuqoriga 2-4 sm ko’tarma balandligi V3 va V4 nuqtalar belgilanadi. V3 V4 nuqtalar qaytarma kengligiga, modelga moslanadi.
-
Yoqa uchining holati A6 nuqta modelga mos holda aniqlanadi. Konstruksiyaning tipavoy yechimlarida yelka qirqimlarining sathida yoqaning kengligi o’rtasining kengligiga teng, ya’ni V4V5 yoqaning o’mizga biriktirish chizig’iga parallel.
-
Agar rasker 0 ga teng bo’lsa, yoqa buklanish chizig’idan boshlab ulanadi.
V4
V3
V1
V2
V5
A6
A7
A4
V
F1
F2
F
L
Buklangan qaytarmali yoqalar (1- variant).
Buklangan qaytarmali yoqalar (2- variant).
-
L, A7 aniqlanadi.
-
A4 nuqtadan o’ngga gorizontal chiziq bo’ylab yelka qirqimining davomida ko’tarma balandligi 2-3,5 sm qo’yib chiziladi va V nuqta belgilanadi A4V = 2-3,5 smga.
-
L1 va V nuqtalar birlashtirib chiziladi va bu chiziq bort qaytarmasining buklanish chizig’i hisoblanadi. O’miz chizig’i bilan kesishgan chiziq F5 nuqta deb belgilanadi.
-
Qaytarmaning buklanish chizig’iga, parallel yoqa o’miziga urinma o’tkaziladi. Urinish chizig’i F4 nuqtasi va yelka chizig’i bilan kesishgan nuqta F5 deb hisoblanadi.
-
F5 nuqtadan vertikal chiziq bo’ylab yuqoriga, urinma bo’ylab orqa yoqa o’mizining uzunligiga 0,5 sm haq qo’shib chiziladi va V1 nuqta belgilanadi.
-
F4 nuqta markazidan chapga V1 nuqtadan yoy chiziladi va V2 nuqta belgilanadi. V1V2= 1-3 sm baland ko’tarmali chiziq. V1V2= 3,5-7 sm yassi, past ko’tarmali yoqalar uchun.
-
V2 nuqtadan yoqa o’miziga urinma o’tkaziladi.
-
V2 nuqtadan ulanish chizig’iga, perpendikulyar chiziq bo’ylab yuqoriga yoqaning o’rta chizig’i chiziladi.
-
V2 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab yuqoriga yoqa ko’tarmasining va qaytarmasining kengligi o’lchab chiziladi va V3- V4 nuqtalar belgilanadi.
Yoqa uchining holati modelga moslab chiziladi va V5 nuqta qo’yiladi.
V4
V3
V1
V2
F5
V
A4
F4
F
A7
V5
L
Buklangan qaytarmali yoqalar (. 2- variant).
Buklangan qaytarmali yoqalar (3- variant).
-
L, A7 nuqtalar holati aniqlanadi.
-
A4 nuqtadan chapga yelka chizig’ining davomiga chiziladi va V nuqta belgilanadi. A4V= Vst – 0,1 Shot. Bu yerda Vst – ko’tarma balandligi, Shot – qaytarma kengligi.
-
L va V nuqtalar birlashtiriladi va bu chiziq bort qaytarmasining buklanish chizig’i hisoblanadi. Yoqa o’miz bilan kesishgan chiziq F nuqta deb belgilanadi.
-
Bort qaytarmasi va yoqaning shakli aniqlanadi.
-
V nuqtadan vertikal chiziq bo’ylab yuqoriga, LV chizig’ining davomiga, orqa yoqa o’mizining uzunligiga 0,5-1 sm qo’shim qo’shiladi va V1 nuqta belgilanadi.
-
F nuqtani markaz qilib V1 nuqta orqali chapga yoy chiziladi va V2 nuqta belgilanadi. V1V2 = 1,2 Shot (3,5 –7 sm).
-
V2 nuqtadan yoqa o’miziga urinma o’tkaziladi va bu chiziq F2 urinish nuqtasi hisoblanadi.
-
V2 nuqtadan pastga V2F1 chiziq bo’ylab, V2V7 kesma qo’yiladi. V2V7 = ⅓ V2F1.
-
V7 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab chapga V2F1 nuqtalari bo’ylab chiziladi va V8 nuqta belgilanadi. V7 V8 = 0,1 Shot.
-
V2, V8, F1, A7 nuqtalar yoqaning ulanish chizig’i hisoblanadi.
-
V2 nuqtadan V8 nuqtaga yoqaning o’rta chizig’i perpendikulyar chiziq chiziladi.
-
V2 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab ko’tarma balandligi chiziladi va V3 nuqta belgilanadi. V3 nuqtadan yoqa qaytarmasining kengligi chiziladi va V4 nuqta deb belgilanadi.
-
Ko’tarma chizig’i V3F.
Yoqaning qaytarmasi modelga mos. Yoqaning ushbu keltirilgan hisobi va chizmasi eng aniq hisoblanadi.
V4
V3
V2
V1
V8
V7
A4
A5
A7
F1
F
L
Buklangan qaytarmali yoqalar (3- variant).
Apash tipidagi yoqa.
-
L nuqtadan shakli belgilanadi.
-
A4 nuqtadan A3A4 chizig’ining davomida orqa yoqa o’mizining kengligi AA1 chiziladi va O nuqta belgilanadi.
-
O nuqtadan yuqoriga perpendikulyar A4O chizig’iga o’tkaziladi.
-
O nuqtadan yuqoriga perpendikulyar chiziq bo’ylab kesma V3 hosil qilinadi.
-
V3, A4 nuqtalar birlashtiriladi.
-
A4 nuqtadan chapga 1-2 sm qo’shim qo’shiladi va A14 nuqta belgilanadi.
-
V nuqtadan V3 A14 ga perpendikulyar chizig bo’ylab yoqaning o’rta chizig’i aniqlanadi.
-
V3 nuqtadan yuqoriga perpendikulyar chiziq bo’ylab yoqa kengligiga 2,5-3 sm qo’shim qo’shiladi va V1 nuqta belgilanai.
-
V1 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab yuqoriga qaytarma kengligi aniqlanadi. V1V2 = VV1 + (3-4 sm).
modelga mos bo’lgan yoqa qaytarmasining chizig’i. Klassik shaklidagi «shol» da qaytarma chizig’i bort chizig’ida o’tadi.
-
V2
V1
V3
A4
A5
A3
O
L
Apash tipidagi yoqa
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Q.M.Abdullayeva,N.S.Gaipova,M.A.Gafurova “Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash” T.: 2010
2. F.Otaxonova “Zamonaviy liboslarni modellashtirish” T.2008
Dostları ilə paylaş: |