Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


EXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   295
Informatika To\'plam12

EXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari 
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma'lumotlar jadval ko’rinishida namoyon 
bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang’ich 
va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar 
va boshlang’ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat 
bo’lgan axborotlardir. 
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin: 
— matnli;
— sonli ifodalar; 
— formulalar. 
Matnli ma'lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o’z ichiga oladi. 
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. 
EXCELning asosiy ishlov berish ob'ekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. 
EXCEL hujjatlari (dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va .
xls
kengaytmasiga 
ega bo’lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Uar 
bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. 
Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Ular bir ishchi varaq uz nomiga ega 
bo’ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga 


tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni 
elektron jadval hisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa 
yacheyka
va 
diapazonlar
dir. 
Yacheyka 
— bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir 
ustun kesishmasi oralig’ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida 
hosil bulgan ustun va kator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. 
Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 
deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni 
joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh
diapazon 
deb ataladi. 
Diapazon manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap 
yuqori va o’ng quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib 
yoziladi. Masalan: A1:A4 
Ishchi jadvallarni ko’rib chiqishda yoki yacheykalarni bichimlashda ish olib 
borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan 
ishlayotganda bu narsa juda muhimdir. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə