Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   295
Informatika To\'plam12

KIRISH 
 
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali 
mutaxassislarning roli benihoya kattadir. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: 
«Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo’lgan yuksak 
malakali mutaxassislarni talab etadi». Shu sababli xalqimizning boy intellektual 
merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, 
texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab 
chiqildi va jadal sur'atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda. 
Ta'lim tizimidagi chuqur va keng ko’lamli islohotlarning mazmuni va 
amalga oshirish muddatlari O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida»gi 
qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uz ifodasini topgan. Jumladan, 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'kidlanganidek, «kadrlar tayyorlash tizimi 
va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy tarag’kiyoti istikbollaridan, 
jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy 
yutuklaridan kelib chiqqan holda qayta ko’rish» lozim. 
Bu ishlarni amalga oshirishda o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi vazifalari 
aloxida e'tiborga loyiqdir. Hozirgi kunda ta'lim tizimida yangi bosqich bo’lgan 
kasb-hunar ta'limini zarur me'yoriy xujjatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar 
bilan ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «O’rta maxsus, kasb-hunar 
ta'limining davlat ta'lim standarti» va «O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining 
umumta'lim fanlari davlat ta'lim standarti» tasdiqlandi. Ularda kursatib 
utilganidek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining bitiruvchilariga 


qo’yiladigan fundamental fanlar va aniq kasb sohasi doirasida nazariy va amaliy 
bilimlarga ega bo’lish, kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalana 
olish, tahsil olish uchun zarur bo’lgan bilimlar majmuasiga ega bo’lish vazifasi 
qo’yilgan. Shu talablardan kelib chiqqan holda, kasb-hunar kollejlari uchun 
«Informatika» fanidan namunaviy o’quv dasturi ishlab chiqildi va O’zbekiston 
Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar 
ta'limi Markazi tomonidan tasdiqlandi. 
«Yoshlikning epchillik va bardoshliligini faoliyatning shunday sohasini 
izlashga ishlatish kerakki, bu faoliyat yetarlicha ichki mazmunga va yetarlicha real 
qimmatga ega bo’lib, senga butun hayoting davomida tanlagan yo’nalishi bo’yicha 
unumli ishlash imkonini ta'minlasin», degan edi Kibernetika fanining asoschisi 
Norbert Viner. Bugungi kunda kasb-hunar yo’nalishlarining zamonaviyligi ularning 
kompyuterlashtirilganlik darajasi bilan o’lchanmoqda. Shu bois informatika va 
yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga jadal 
sur'atlar bilan kirib kelganligi zamonamizning xos xususiyatlaridan biri bo’lsa, 
informatika fanini uzlashtirish — davr talabidir. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə