S t a t I s t I k a



Yüklə 8,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/224
tarix19.12.2023
ölçüsü8,69 Mb.
#152907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Shadiyev Xamid Azimovich- Statistika- Darslik

Shadiyev Xamid Azimovich.
Statistika: darslik/ X.A. Shadiyev, I.Xabibullayev, B. Maxmudov, N. 
Rashitova, M. Umarova; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’limi vazirligi; - Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2013. - 384 b.
KBK 60.6ya73
Darslikda statistikani tarixi, rivojlanish bosqichlari, tashkil etilishi, 
predmeti va vazifalari, statistik kuzatish m a’lumotlariga ishlov ber- 
ish metodlari, statistik ko‘rsatkichlar, o'rtacha miqdorlar, variatsiya 
ko‘rsatkichlari, tanlab kuzatish, dinamika qatorlari, statistik indekslar, 
o‘zaro bog'liqlanishlami statistik o‘rganish, aholi statistikasi, mehnat 
bozori statistikasi, milliy boylik statistikasi, moiiya bozori statistikasi, 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlami hisoblash uslubiyati va ulaming o‘zaro 
bog'liqligi, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish so- 
halarining statistik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish harajatlari va moli- 
yaviy natijalar statistikasi, milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini hiso­
blash va ulaming iqtisodiy statistik taxlili metodologiyasi keng yoritil- 
gan. Iqtisodiy-statistik taxlilda qo‘llaniladigan asosiy atamalar lug‘oti, 
statistik hisob-kitoblarni amalgaoshirishda ko‘mak beruvchi yordamchi 
jadvallar, o'quvchi olgan bilimlarini sinab ko‘rish uchun savollar ro‘yxati 
keltirilgan. Darslik statistik metbdlar yordamida hodisa va voqealarni 
o‘rganuvchi barcha ixtisosliklar talabalari, magistrlari va ilmiy izlanu- 
vchilar hamda mutaxassis amaliyotchilarga moijallangan.
ISBN - 978-9943-362-76-5 
© Tafakkur bo‘ stoni, 2013
© H. Shodiyev va bosqalar, 2013


KIR1SH
0 ‘z fikir va muloxazalarimizni tasdiqlash yoki isbotlash uchun har 
kuni bir qancha tushuncha yoki ma' lumotlami ishlatamiz va qo‘llaymiz. 
Masalan, inflyatsiya, aholi, hosildorlik, o‘rtacha yosh yoki oylik, valyuta 
kursi, kasalning tuzilish vaqti, yalpi ichki mahsulot, o‘rtacha tezlik va baho, 
tannarx va h. k. Ushbu ko‘rsatkich yoki ma’lumotlar qanday aniqlanadi 
degan savolni o‘rtaga tashlasak, to-g‘ri aminmizki, ko‘pchilik to‘g‘ri ja- 
vob bera olmaydi. To‘g ‘ri javob berish uehun statistikani o'rganish kerak. 
Statistikani o‘rganish uchun darslik va praktikumlar zarur. Respublikada 
statistikaning ayrim sohalari (statistika nazariyasi, iqtisodiy statistika va 
h. k) bo‘yicha darsliklar mavjud. Ular, birinchidan, eskirgan, ikkinchidan, 
oliy o‘qtiv yurtlari uchun tasdiqlangan va amaldagi namunaviy darstur va 
o‘quv rejasi asosida yozilmagan, uchinchidan va eng asosiysi, XX asrda 
chop etilgan (ayniqsa, rus tilida) darsliklardan farq qilmaydi.
Yuqoridagilami e’tiborga olgan holda Toshkent moiiya instituti statis­
tika kafedrasining professor o‘qituvchilari va Iqtisodiyot vazirligi xodim- 
lari hamkorligida Statistika darsli tayorlandi.
Mazkur dars lik statistikani o‘rganuvchi barcha mutaxasisliklar uchun 
mo'ljallangan. Darslikningjushbu tartibda yozilishi, uning mazmuni va 
tarkibini, nazariy va amaliy (ayrim paytlarda tashkiliy) masalalarni yori- 
tishni, prinsipial holatlai;ni imisollar yordamida ko‘rsatib berishni oldin- 
dan belgilabber&di. 
f
Bugungi kunda statistikani o‘rganishda o‘quvchi ayrim qiyinchiliklar- 
ga va qarama-qarshi fikr hainda yo‘nalishlarga duch kelish mumkin. Bu 
to‘g‘rida ortiqcha savollar tug‘ulmasdan, biz o ‘quvchini oldindan ogoh- 
lantirib qo'ymoqchimiz. Masalan, republikada turli salohiyat va iqtisodiy 
holatda bo‘lgan korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyotiga bir 
vaqtda o‘tishi, bir paytning o‘zida xizmatlarning to‘liq pullik xizmatga 
aylantirilishi va ayni vaqtda, ayrim imtiyozlaming saqlab qolinishi, xalq 
tushunchalarining evolyutsion yo‘l bilan o‘zgarishi va h. k. Shuning 
uchun ham o‘quvchiga yuqoridagi o‘zgarishlami hisobga olgan holda 
statistik metodlami qo‘llash tavsiya etiladi.
Darslik ikki qisimdan iborat. Birinchi qismida (1-9 boblar) statistika 
nazariyasi va metodologiyasi masalalari batafsil yoritilgan, ya’ni statistik
3


kuzatish, jamlash, guruhlash, jadvallar, grafiklar, nisbiy, o‘rtacha ko‘rsat- 
kichlar va variatsiya’ni o‘rganish metodlari, tanlab kuzatish, dinamikani 
o‘rganish, indeks, korrelyatsiya-regressiya metodlari va boshqalar ko‘rib 
chiqilgan.
Darslikda, shuningdek, (10-16 boblar) sotsial-iqtisodiy statistika ma- 
salalari, ya’ni aholi, mehnat bozori, milliy boylik, moiiya bozori, iqti­
sodiy ko‘rsatkichlami hisoblash texnologiyasi va tahlil qilishning statis­
tik metodlari aniq va amaliy misollar yordamida o‘quvchiga tushuntirib 
berilgan. Statistika metodologiyasining namunaviy va amaliy misollar 
bilan to ‘ldirilganligi darslikning ilmiy-amaliy ahamiyatini oshiradi va 
uni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishni osonlashtiradi.
Darslikning maqsadi - barcha hodisa va voqealami xarakterlovchi 
ko‘rsatkichlami hisoblash texnologiyasini, ularning tarkibini, dinamika- 
sini, o ‘zaro bogiiqligini, ularga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashda va 
tahlil qilishda zarur b o ig an iqtisodiy - statistik metodlami qo‘llash ham- 
da statistik tahlil yordamida mavjud imkoniyat va ishlamayotgan zaxi- 
ralami aniqlab ularni tezkorlik bilan xo‘jalik oborotiga kiritish yoilarini 
o‘rgatishdir.
Darslikning 1-5, 7, 8, 13-boblari professor X. Shodiyev, 6, 9-bob- 
lari professor I. Habibullayev, 10,12-boblari dotsent N. Rashitova, 11, 
15-boblari dotsent M. Umarova, 14,16-boblari dotsent B. Maxmudov to- 
monidan yozilgan. 5-bobini tayyorlashda assissent A.Ro‘ziyev ishtirok 
etgan.
Darslik mualliflari taqrizchilarga va uni nashrga tayyorlashda ko‘mak- 
lashganlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda o‘quvchilardan kitob 
haqidagi taklif, mulohaza, maslahat va istaklami kutub qoladi.
4



Yüklə 8,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə