Samarqand davlat universiteti


ATROF-OLAM BILAN TANISHTIRISH



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə33/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

ATROF-OLAM BILAN TANISHTIRISH
«Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti». «Samarqand – qadimiy shahar». «Vatanimiz ramzlari». «Maktabga sayohat». «Bozorlar va ularning turlari», buyuk siymolar, mashhur sarkardalar, bayramlar, xalq amaliy san’ati: «Kim bo‘lsam ekan?», «Kashtachilik», «Zardo‘zlik», «SHifokor», «Oshpaz» kasblari va hokazo. Bu mavzulardagi suhbatlar bolalarga tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatlarni mushohada qilib eshitib, tushungalarini bayon etish qobiliyatlari, ijodiy tafakkurini qay darajada rivojlanganligini namoyon etadi. Tevarak atrof, buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga ya’ni analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi.Masalan, issiq-sovuq, g‘adir-budur va hokazo. Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Suhbatlar
Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan mavzular bo‘yicha uyushtiriladi. Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quyidagicha tuziladi: dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi, savollar tuziladi. Lekin bularning har biri nimaga? nima uchun? nimadan? qanday qilib? kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida bo‘lishi zarur. SHu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin.Bunda muloqot mashg‘uloti suhbat, muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘ladi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va anglashga o‘rgatish. Bolalarning tevarak-atrof bilan muloqoti qancha ko‘p bo‘lsa, ularning bog‘lanishli nutqi shunchalik samarali rivojlana boradi. Tevarak-atrofdagi rangin dunyo ular tasavvuri va dunyoqarashini shakllantirishga, so‘z zahirasini boyitishga, nutqini o‘stirishga rag‘bat uyg‘otadi.Ayniqsa, qish fasli bilan bog‘liq mashg‘ulotlar bolalarning qiziqishiga yanada mos tushadi. Masalan, bog‘cha hovlisida qor yog‘ishini kuzatish jarayonida quyidagi savollar asosida suhbat uyushtirish mumkin:
 Qor uchquni nimaga o‘xshaydi?
 Nima uchun qor uchquni kapalakka o‘xshatiladi?
 Qor uchqunlari nima uchun har xil bo‘ladi?
 Qorda yurganida odam nima uchun sovqotadi-yu, qorbo‘ron o‘ynaganida
isib ketadi?
 Qor odam qachon erib ketadi?
 U nima uchun erib ketadi?
 Sirpanchiq o‘ynash uchun nima qilish kerak?
Savol-javob jarayonida tarbiyachi bolalarni kundalik hayot bilan tanishtira boradi, tabiatdagi o‘zgarishlarni kuzatish vositasida bilimini boyitadi, nutqini rivojlantiradi. Savol-javob orqali bolalar qor uchqunlarining har xil shaklda bo‘lishi, uning turli tezlikda yog‘ishi sabablarini bilib oladilar, havo harorati bilan bog‘liq o‘zgarishlarni tushunib etadilar, qish mavsumidagi qiziqarli mehnat jarayoni bilan tanishadilar; qor kurash, supurish, qor bosgan joylarda qushlarga don tashlash uchun joylar tayyorlash kabi ishlarni zavq-shavq bilan, hamkorlikda bajaradilar va tarbiyachi, tengdoshlari bilan faol muloqotda bo‘ladilar. So‘zlashuv jarayonida ishlatiladigan «qor uchqunlari», «kapalak qor», «lo‘ppi-lo‘ppi qor uchquni», «qor kurash», «muz yo‘lak», «don xo‘rak», «qor odam», «muztepa» kabi so‘z va so‘z birikmalari dialogik nutqni shakllantirishga yo‘l ochadi.
Bolalar nutqini rivojlantirish mavzu rejasiga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq deb topdik:
1. Tevarak – atrof va ona Vatan.
O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish
 O‘zbekistonning qadimiy shaharlari Samarqand, Buxoro, Toshkent,
ko‘hna Urganch, SHahrisabz, Xiva, Qo‘qon va Buyuk ipak yo‘li.
 I.A.Karimov – O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan boshqariladi.
 Konstitutsiya saboqlari.
 Davlatimiz ramzlari: gerb, bayroq va madhiyasi.
 O‘zbekistonda davlat tili – o‘zbek tili ekanligi.
 O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahri ekanligi.
 Toshkent metropoliteni.
 Toshkent teartlari.
Mening shaxrim, mahallam.
 Bir bolaga etti qo‘shni ota-ona.
 Oilamiz shajarasi.
 Bizning oila.
 Ona tilim –jonu dilim.
 Til bilgan – el biladi.
 Jonajon o‘lka tabiati.
 Hamdo‘stlik mamlakatlari.
 O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida bola qalbida o‘z millatiga muhabbat, milliy g‘urur hissini tarbiyalash.
2. Buyuk siymolar:
Bolalarni tariximiz va SHarqning buyuk allomalari, ularning hayoti va
ijodi bilan tanishtirishni davom ettirish; ulug‘ allomalar:
 Alisher Navoiy;  Al Beruniy;  Abu Ali ibn Sino;  Mirzo Ulug‘bek;  Musavvir Kamoliddin Behzod haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash.
Mashhur sarkardalar:
 Amir Temur;
 Jaloliddin Manguberdi;
 Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi bilimlarini kengaytirish;
 O‘zbekiston harbiy qo‘shinlari va ularning vazifasi, 14 yanvar harbiylarning kasb bayrami ekanligi hamda sportchilar, adiblar, san’atkorlar haqida tasavvurlarini kengaytirish.
Bayramlar va marosimlar, sayllar, urf-odatlar
Bolaning umumxalq bayramlari; 1 sentyabr – “Mustaqillik kuni”, 1 oktyabr – “Ustozlar va murabbiylar kuni”, 8 dekabr – “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni”, 1 yanvar – “YAngi yil” bayrami, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21 mart – “Navro‘z” bayrami, 9 may – “Xotira va qadrlash” kuni haqidagi tasavvurlarini yanada kengaytirish va boyitish; bolalar bilan birgalikda 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni va “Xayr bog‘cham” bayramlarini nishonlash; shakl va mazmun jihatdan xilma-xil bo‘lgan bayramlar, sayllarni muntazam ravishda tashkil qilib turish. Masalan, “Mehrjon”, qovun sayli, qushlar, gullar bayramlari va boshqalar.
4. O‘zbek xalq ijodi:
 O‘zbek xalqining hunarmandchilik san’ati.
 Xalq me’morchilik san’ati.
 Xalq qo‘shiqlari, laparlari, alla, ertak, maqol va topishmoqlar, tez
aytishlar.
 Tasviriy san’at asarlari.
Bolani o‘zbek xalq amaliy san’ati, milliy hunarmandchiligidan: zargarlik, zardo‘zlik, misgarlik, ganchkorlik kabilar bilan tanishtirish; xalq ustalari tomonidan tayyorlangan buyumlardagi; kashtachilarning tikkan so‘zanalari, zargarlarning nozik did bilan yasagan taqinchoqlardagi go‘zallikni, ranglar jilosini his qilishga undash. SHu tariqa bola qalbida xalq ijodiyotiga, amaliy san’at asarlariga nisbatan qiziqish hissini tarkib toptirish.
3. Bolalarning kattalar mehnati hamda sog‘lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlarini boyitish, bilimlarini kengaytirish.Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muxabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish va ko‘nikmalar hosil qilishda, ularning qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojni tarbiyalashga, boshqalarning mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o‘rgatishga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar mehnati haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish, mehnatga nisbatan mas’uliyatni his etib yondashishini tarbiyalaydi. Bolalarni kattalar mehnatiga nisbatan mas’uliyatni tarbiyalash uchun o‘zlari mehnat malakalarini egallab olgan bo‘lishlari va o‘z mehnatlarining ahamiyatini tushunishlari lozim. Kattalar mehnatini kuzatish bolalarda kuzatuvchanlikni o‘stirishning usullaridan biridir. Kattalar mehnatini kuzatish jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta’limiy vazifalar ham hal qilinadi.
Bolalarda o‘z yoshidan kichik bo‘lgan bolalarga o‘yinchoqlarini yig‘ishtirish va tuzatishda, er maydonchasini tozalashda, qum saqlanadigan joyni tartibga keltirishda yordam qilish istagi va ko‘nikmasini tarbiyalash; kasb-hunarga oid turli o‘yinlar (“CHevar”, “Pedagog”, “Hamshira”, “Bozor-bozor”) o‘ynashga o‘rgatish kabi.
Transport va aloqa vositalari haqida quyidagilarni bilishi lozim:bolaning yo‘l harakati qoidalari haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash; transport vositalari, pochta aloqa xizmati, pochtaning vazifasi va ahamiyati haqida ma’lumot berish; telefon aloqasi va telegrafchilar, ularning mehnati, telefon xizmatining hayotimizda tutgan o‘rni haqida tushuncha berish. Bu kabi bilimlarni bolalarga singdirishda “Pochta-pochta”, “Kimga nima kerak?”, “Telefon-telefon”, “Kompyuter” kabi mavzularda suhbat va o‘yinlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. SHu bilan birga, bolalar tomonidan buyumlarning bir necha xil belgilari va ulardan foydalanish haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash; matodan qilingan buyumlar, ularning turlari va foydalanish usullari; temir va yog‘ochdan ishlangan buyumlar va ulardan to‘g‘ri foydalanish haqidagi tasavvurlarini yangi mavzular bilan boyitish; buyumlarning yasalishi va ishlatilishi haqida suhbatlar tashkil etish lozim.
Dasturda bola o‘z tanasining qismlarini va gigienani o‘rganishi: ularni sog‘lom turmush tarziga odatlantirish; ularga odamning ichki a’zolari (yurak, jigar, oshqozon o‘pka) va ularning joylashuvi, vazifalari haqida (inson o‘pka orqali nafas oladi, havo qanchalik toza bo‘lsa, o‘pka shunchalik yaxshi ishlaydi. YUrak inson hayoti uchun eng kerakli a’zolardan hisoblanadi. U ishlayotganini bildirib doim “duk-duk” urib turadi. Jigar qonni tozalaydi. Biz istemol qilayotgan ovqat oshqozonga tushadi va hazm bo‘ladi) ma’lumot berish; bu a’zolar tananing qaerida joylashganini ko‘rsatish va nomini aytishga o‘rgatish; bolaning sog‘lom hayot kechirish (ozodalikka va kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bajarib, tanani chiniqtirish va sog‘lom ovqatlanish) haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash; odam va hayvon o‘rtasidagi bir necha farqlanuvchi va umumiy jihatlar haqidagi
tushunchalarni aniqlash va kengaytirish; mashg‘ulotlarda odamning tuzilishi aks ettirilgan turli rasm va badiiy asarlardan foydalanishi lozimligi qayd etilgan.
Bu kabi ish turlarini tashkil etishda tarbiyachi va bolalar kattalar mehnatini nazorat qiladilar hamda unga baho berishga o‘rganadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-olam bilan tanishtirishda quyidagi metodlardan foydalaniladi: ko‘rgazmali, amaliy, og‘zaki metodlar. Bolalarni atrof-olam bilan tanishtirish jarayonida ko‘rgazmali (kuzatish, rasmlarni ko‘rish, diafilm va kinofilmlarni namoyish qilish), amaliy (o‘yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar), og‘zaki (tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni o‘qish, suhbat) metodlaridan va xilma-xil ish shakllaridan: mashg‘ulotlar, ekskursiyalar, kundalik turmushdagi kattalar mehnatini, bayramlarni kuzatish, ta’limiy o‘yinlardan foydalaniladi.



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə