Samarqand davlat universiteti


Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda o‘yin faoliyatining ahamiyati. Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə40/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda o‘yin faoliyatining ahamiyati. Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar
1.O’yin faoliyati nazariyasi
2. O’yinning ahamiyati
3.Bolaning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati


2.2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasiga oid maqsadlarni amalga oshirishda foydalanishga tavsiya etiladigan ta’limiy o’yinlar
Ma’lumki, bolalar faoliyatida o’yin, mehnat, san’at (rasm chizish, raqsga tushish, ashula yoki she’r aytish va shu kabilar), bilishga qiziqish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli murabbiylar va tarbiyachilar bolalarning shu turdagi faoliyatini sun’iy deb emas, balki bu tabiiy hol deb ularni qo’llab – quvvatlash kerak. Mulohazamizga tarbiyashinos olimlarimizning quyidagi fikrlari ham asos bo’la oladi. Bu borada Shorasul Zunnunov: “Bolalikning vazifasi o’yin bo’lib, u vazifani to’la-to’kis ado etish uchun bolalarning yoshlik vaqtlarida o’ynab qolishlariga harakat etish lozim. Shuning uchun bolalar berilib o’ynab turgan vaqtlarida: “... Qani ketinglar!” deb ularni o’yindan mahrum qilish bolalar jamiyatining Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’yini xilma-xildir. Ularni o’yin turlarini asosan quyidagi klassifikatsiya kilish mumkin. 1) syujetli va rollarga bulib qynaladigan o’yinlar; 2) Dilaktik o’yinlar; 3) Harakatli yoki qoidali o’yinlar; 4) Aralashtirilgan o’yinlar; 5) Ko`rish va yasash o’yinlari. Syujetli va rollarga bo`lib o`ynaladigan bog`cha yoshi bolalarni eng asosiy o’yin formasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko`proq «bog`cha-bog`cha», «poezd-poezd» kabi qizikarli bo`lgan o’yinlar o`ynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning o’yinlari bir xil bo`lsa ham syujeti har xil buladi. Masalan: kichik guruh bolalari «bog`cha-bog`cha» o’yinini o`ynar ekan ular peshinga ovqat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Ammo kesilgan non qug`irchoklarga berilmaydi, pishirilgan ovqat suzilmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishda didaktik o’yinlarni roli katta. Didaktik o’yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida maxsus dastur asosida olib boriladigan mashg`ulotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishga, katta gurux bolalarini maktabdagi o`kish faoliyatiga tayyorlashga katta yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlari ichida harakatli yoki qoidali o’yinlar ham muximdir. Chunki harakatli o’yinlar bolalarni jismoniy jihatdan chiniqtiradi, dadil, qo`rqmas, epchil bo`lishga undaydi. Psixologiya qabul qilinganidek, rolli o’yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda, o’yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. O’yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq holda yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bo’lsa, o’yinnnig syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks ettiradi. O’yinlarning syujeti xilma-xilligiga qaramay, ularin maxsus guruhlarga biriktirish imkoniyati mavjuddir. Masalan, yirik psixolog E.A.Arkin o’yinlarning quyidagi tasnifini tavsiya qiladi: 1) ishlab chiqarishga (texnikaga); sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, kasb-hunarga oid o’yinlar; 2) maishiy va ijtimoiy siyosatga ro’zg’or: bog’chaga, maktabga, kundalik turmushga oid o’yinlar; 3) harbiy : urush-urush o’yinlari; 4) drammalashtirilgan: kino, spektakl va boshqalarga oid o’yinlar. Biz shu tasnif haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin singari psixologlarning tanqidiy mulohazalariga to’la qo’shilamiz, chunki harbiy va drammalashtirilagn o’yinlarni ham ijtimoiy-siyosiy guruhga kiritish mumkin. Bizningcha, D.B.Elkoninning tasnifi ma’quldir. U maktabgacha yoshdagi bolalarga xos rolli o’yinlarning syujetiga ko’ra uchta guruhga ajratishni tavsiya qiladi: 1) maishiy mavzu syujetiga oid o’yinlar; 2) ishlab chiqarish syujetiga maaluqli o’yinlar; 3) ijtimoiy-siyosiy syujetli o’yinlar. Muallif ayrim o’yin turlari maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha bo’g’inlariga mosligini, syujetlar maishiydan ishlab chiqarishag qarab va undan ijtimoiy-siyosiy voqealarni aks ettirishga qarab rivojlanishini alohida uqtiradi. Uning fikricha, o’yin syujetidagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasi kengayishi, uning katta yoshdagi odamlar turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog’liqdir. Darxaqiqat, o’yin syujetining o’sishi turmushning tobora yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan syujetning o’ziga xos boshqa ko’rinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi. Bolalarga tashabbuskorlik, jamoa, burch xislarini ustiradi. Bunga «Kim birinchi», «Koptok», «Oq quyoncha o`tiribdi», «Yetib ol» o’yinlari kiradi. Harakatli o’yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida o`tkaziladi. Drammalashtirilgan o’yinlarni ham bolalar sevib o`ynaydilar. Bu o’yinlar turli xil ertak va hikoyalar sahnaga quyiladi, rollarni esa bevosita bolalarni o`zlari ijro etadilar. Masalan: «Qizil shapkacha», «Sholg`om» drammali o’yinlar bolalarni nutqi xayol va qobiliyatlarini tarkib toptiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlari orasida ko`rish-yasash o’yinlari hammaga ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo`ladi. O’yin faoliyati bolalarni individual ravishda o`rganish imkonini beradi. Ayrim bolalar jamoa bulib uynashni yoktiradilar bu psixologik bolani umumiy tarakkiyotiga ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyachilar jamoa o’yinlarga tortishlari kerak. Ijodiy va syujetli o’yinlarda bolalarning barcha psixik proseslari bilan birlikda individual (shaxsiy) xislatlari ham shaklllanadi. Mana shu nuqtai nazardan o’yin maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim – tarbiya ishlari orasida eng asosiy, markaziy o’rinda turadi. Demak, maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim – tarbiya ishlarini muvaffaqiyati ko’p jihatdan bolalarning o’yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog’liqdir.
vazifalar o’tash yo’lidagi tashabbus, azm va amallariga qarshi bo’lib, unga chegara qo’yishdir. Buni ularning ruhiga xiyonat deb ta’bir etish mumkindir”, desa, Ya.A. Komenskiy quyidagi fikrni bildiradi: “Bolalar hamisha nima bilandir bajonidil band bo’ladilar. Bu juda foydali, shuning uchun unga xalaqit berish emas, aksincha, ularning doimo biror - bir ish bilan mashg’ul bo’lishlarining chora - tadbirlarini ko’rish kerak”. Demak, murabbiy va tarbiyachilarning bolalar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish va jamoaviy ijodiy ishini o’tkazish, ma’lum muddatda ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni olib borishi uchun ulardan kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar asosida shakllanggan pedagogik mahorat talab qilinadi.
Shu sababli ham MTT dagi tarbiyachilar va murabbiylar bolalar bilan ishlash uchun aniq kasbiy malaka va shaxsiy xislatlarga ega bo’lishi kerak. Shularni hisobga olib bu borada ularga qator talablar qo’yiladi. Tarbiyachi va murabbiylarning kasbiy faoliyatida pedagogik mahorat muhim ahamiyat kasb etadi va bu MTM da bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda yordam beradi.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak,
aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk
ko’rtaklari namoyon bo’la boshlaydi”.
Quyida ana shunday rukndagi o`yin mashg’ulotlaridan namunalar keltiramiz.
O`zbekiston - mening vatanim” o`yini

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə